1920-yillar. Radioreklamalar
1920 – yillarda radiodetallar va radio apparatlar ishlab
chiqaruvchilar soni ortib ketdi. Ular o‘z mahsulotlari sotuv hajmini
oshirish uchun o‘z radiostansiyalari ochadilar va unda o‘z mahsulotlarini
reklama qila boshladilar. Vaqt o‘tishi bilan turli klublar, xususiy maktab
va notijorat uyushmalar radioda reklamalar bera boshladilar.
Radiodasturlarga homiylik qilish tobora kengayib borgani sari har bir
radiodastur o‘z homiysiga ega bo‘la boshladi. Buning evaziga esa o‘sha
radiodastur davomida homiy kompaniyani ko‘klarga ko‘tarib maqtashi
kerak edi.Vaqt o‘tishi bilan radiostansiya egalari radiodasturlarga
homiylik qilish huquqlarini qisqa muddatga avvalgidan kattaroq pul
evaziga sota boshladilar. Keyinchalik esa bitta radioeshittirish davomida
bir necha kompaniyalar va ularning mahsulot va xizmatlari yangray
boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |