Kastomerizatsiya
Segmentning oxirgi darajasida biz “bir kishilik segment”—
“kastomerizatsiyalashgan marketing” bilan ish ko‘ramiz. Bugungi kunda
xaridorlar nimani va qanday sotib olish haqida o‘zlari jonbozlik
ko‘rsatmoqdalar. Ular internetga chiqib tovarlar haqida ma’lumotga ega
bo‘lmoqdalar, xizmat haqida ma’lumotga egalar, tovar yetkazib
beruvchilar, iste’molchilar, tanqidchilar bilan muloqotga kirishmoqdalar,
hattoki, mahsulot ishlab chiqarishda ham ishtirok etmoqdalar. Ko‘pgina
onlayn kompaniyalari o‘z xaridorlariga “Choiseboard” – xizmat dasturi-
ni taklif qilishmoqda - bu interaktiv sistema bo‘lib, xaridorlar o‘zlari
uchun tovar - xizmatni ishlab chiqishlari mumkin, bunda ular turli
komponent, narx va yetkazib berishni tanlashlari mumkin. Buyurtma
to‘g‘ri ishlab chiqarish sistemasiga yetkazib beriladi, u yerda “g‘ildirak”
aylanishi moddiy – texnik ta’minot, yig‘ish va yetkazib berish
boshlanadi. Dj.Vindi va A.Renujasveli “Choiceboard” sistemasi firmani
“kastomerizatsiyalash” tomon qo‘yilgan qadam bo‘lib, uning yo‘nalishi
— ommaviy tovarlarning individual xaridor tomon moslashishini
ta’minlaydi, deb ta’kidlaydilar. Kastomerizatsiya iqtisodiy rivojlanishni
va personal marketingni ham birlashtiradi, shu tufayli xaridorlar
o‘zlarining xohishlariga qarab tovar va xizmat qilishni ishlab chiqishlari
mumkin. Firmaga endi xaridor va ishlab chiqarish haqidagi ma’lumot-
ning keragi yo‘q. U faqat ishlab chiqarish vositalarini “arendaga
topshiradi”, kerakli “platformani” va ishlab chiqarish qurollarini ham
beradi. Kompaniya kastomerizatsiya qilish orqali alohida xaridorlar
talabini qondirsa, shundagina u kastomerizatsiyalashgan hisoblanadi.
Kastomerizatsiya hamma kompaniyalarga to‘g‘ri kelavermaydi,
avtomobilsozlikda bu prinspga amal qilish juda qiyin. Kastomerizatsiya
tovarning narxini iste’molchiga ma’qul kelgan narxdan bir necha
barobarga ko‘tarishi mumkin. Ba’zi xaridorlar hattoki, o‘ziga kerakli
bo‘lgan tovarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmaguncha bilmaydilar.
177
Kompaniya olingan buyurtmani ishlab chiqarishni boshlagandan so‘ng
xaridorlar o‘z buyurtmalarini o‘zgartira olmaydilar. Shunga qarmay
kastomerizatsiya ba’zi tovarlarda muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
Masalan, Minnesota shtatidan Andersen Windows kompaniyasi oyna va
oynali eshiklar ishlab chiqarishda yetakchi ishlab chiqaruvchi
kompaniya. U diler va sotib oluvchilar uchun o‘z mahsulotini interaktiv
elektrokatalogini ishlab chiqdi. Tizimdan foydalanib mijoz va menejer
oynaning konstruksiyasi, uning chidamliligi va narxini bilishi mumkin.
Shu tizim tufayli Andersen Windows ishlab chiqarish jarayonini
byurtma qilishga moslashtiradi. Bu esa tayyor mahsulotlar zaxirasining
kamayishiga sabab bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |