Qumli tog’ jinslari.
Bular ham bo’lakli bog’lanmagan tog’ jinslari bo’lib,
o’lchami 2 – 0,05mm gacha bo’lgan donalardan tashkil topgan. Qumlarda
ko’pincha nurash jarayoniga bardosh bera oladigan – kvars, slyuda, dala shpati va
boshqa minerallar uchraydi. Qumlar donalarining o’lchamiga qarab: yirik qum – 2
- 0,5 mm: o’rtacha qum 0,05 – 0,025: mayda qum 0,25 – 0,1mm: juda mayda 0,1 –
0,005 mm gacha turlarga ajratiladi. Qumlar shamol, atmosfera yog’inlari oqar
suvlar, dengiz, ko’l, daryo suvlarining geologik ishi natijasida hosil bo’ladi.
Qumlarni hamma yerda uchratish mumkin va ular qurilishda, sanoatda keng
qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |