Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

Fizik  yoki  mexanik  nurash
  haroratining  o’zgarishi  ta’sirida  yuz  beradi. 
Kechasi esa, odatda, kunduziga nisbatan sovuqroq bo’lganligi sababli ular soviydi. 
Ayniqsa,  bahor  va  kuz  fasllarida  kunduzi  issiq,  kechalari  esa  sovuq  bo’lganidan 
issiqning sovuq bilan va sovuqning issiq bilan almashinishi juda keskin yuz beradi. 
Tog'  jinslari  issiqdan  kengayib,  sovuqdan  esa  torayadi.  Tog'  jinslarining  torayib 
kengayishi  unchalik  katta  bo’lmaydi,  lekin  bu  jarayonning  kunlab  emas,  balki 
yuzlab va minglab yillar davomida yuz berish natijasida tog' jinslarini tashkil etgan 
donalar  bo’shab  bir-biridan  ajraladi.  Bu  jarayonning  borishi  donalarining  katta-
kichikligiga hamda rangiga bog'liqdir. Yirik donalar maydalariga nisbatan ko’proq 
kengayib  qisqaradi.  To’q  rangdagi  tog'  jinslari  oqish  ranglilarga  nisbatan  ko’proq 
qiziydi, demak ko’proq kengayadi. Tog' jinslarini tashkil qilgan ayrim donalarning 
(minerallarning)  rangi  ham  katta  ahamiyatga  ega,  chunki  oq  qizg'ish  va  qora 
donalardan  tuzilgan  granit  kabi  tog'  jinslari  bir  xil  rangdagi  minerallardan  tashkil 
topgan,  masalan  liparidga  nisbatan  tezroq  bo’shashadi.  Shu  sababli  turli  rangdagi 
minerallardan  tashkil  topgan  tog'  jinslari  issiq  va  sovuq  almashinib  turadigan 
sharoitda  chidamsizroq  va  ancha  bo’shroq  bo’ladi.  Tog'  jinsini  tashkil  etuvchi 
donalarning  bir-biridan  ajralishi  tog'  jinsining  o’z  mustahkamligi  yo’qotishiga  va 
uvalanib  mayda  donalarga  aylanishiga  sabab  bo’ladi.  Yuqorida  bayon  qilingan 
jarayon  davom  etishi  mobaynida  minerallarning  hajmi  o’zgarib,  asta  sekin 
kengayib boruvchi yoriqlar paydo bo’ladi. 
Suv ta’sirida fizik nurash  yana ham tez rivojlanadi, tog' jinslari  yoriqlarida 
suv  bo’lsa,  suv  muzga  aylanayotgan  vaqtda  hajm  kengayishi  ro’y  berib, 
yoriqlarning kengayishiga olib keladi. Bu jarayonda ham tog' jinslari maydalanadi. 
Bundan tashqari yomg'ir yog'ganda yoriqlari bor bo’lgan tog' jinslari ko’proq, zich 


62 
 
 
tog'  jinslari  esa  ozroq  ho’llanadi,  ular  keyin  yana  quriydi.  Ketma-ket  ro’y 
beradigan  ho’llanish  va  qurish  jarayoni  ham  tog'  jinsi  donalarini  bir-biridan 
ajratadi. 
Fizik nurash, ko’pincha tog'larning yuqori joylarida ro’y berib, maydalangan 
parchalarning  bir  qismi  o’z  joyida  qoladi,  bir  qismi  esa  tog'  yon  bag'ri  bo’ylab 
pastga  tushadi.  Nurash  jarayoni  natijasida  hosil  bo’lgan  va  o’z  joyida  qolgan 
mahsulotga 
elyuviy
 yoki 
elyuvial yotqiziqlar
 deb ataladi.  
Tog' jinslarining nurashida kimyoviy jarayonning ta’sirida ham kattadir.  
 
    
 
18-rasm. Fizikaviy nurash 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish