Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

 
 
 
 
 


33 
 
 
III  BOB. TOG’ JINSLARI VA MINERALLAR 
4-§.Minerallar haqida umumiy tushuncha 
 
Yer  shari,  asosan,  tog’  jinslaridan,  tog’  jinslari,  o’z  navbatida, 
minerallardan  tashkil  topgan.  Inshootlarni  zamin  va  qurilish  materiallari  bo’lib 
xizmat qiluvchi tog’ jinslarining mustahkamligi, mahkamligi ularni tashkil etuvchi 
minerallarning  tarikibiga  va  xususiyatiga  bog’liqdir.  Shu  sababli  quyidagi 
minerallar haqida fikr yuritamiz. 
 
Mineral
  deb  ma’lum  bir  fizikaviy  xossalari  va  kimyoviy  tarkibi  bir  xil 
bo’lgan  moddaga  aytiladi.  Minerallarni  o’rganuvchi  fan  geologiya  fanining  bir 
bo’limi  bo’lib,  mineralogiya  deb  ataladi.  “Mineral”  atamasi  qadimgi  lotincha 
“mineral”  so’zidan  olingan  bo’lib,  rudali  tosh,  ruda  parchasi  degan  ma’noni 
anglatadi.  
 
Minerallar  tabiatda  suyuq,  gaz  va  qattiq  holda  uchraydi.  Suyuq 
minerallarga neft, gaz holatidagi minerallarga esa metan gazi, vodorod sulfit gazini 
misol  qilib  keltirish  mumkin.  Tabiatda  eng  ko’p  tarqalgan  minerallar  qattiq 
holatdagi  minerallar  bo’lib,  ularni  sof  holatda  hamda  tog’  jinslarining  tarikibida 
uchratish  mumkin.  Hozirgi  vaqtda  7000  dan  ortiq  mineral  mavjud  bo’lib,  ulardan 
faqat  50-100  tasi  tog’  jinslari  tarkibida  uchraydi.  Har  qaysi  mineral  ma’lum  bir 
kimyoviy  tarkibga  ega  bo’lib,  ichki  tuzilishi  va  tashqi  ko’rinishi  bilan  boshqa 
minerallardan farq qiladi.  
 
Minerallar  ma’lum  bir  tabiiy  sharoitda  mavjud  bo’lib,  agar  bu  sharoit 
o’zgarsa,  u  holda  minerallar  yo  parchalanadi  yoki  ularning  tarkibi  butunlay 
o’zgarib  ketadi.  Shu  sababli  minerallar  birlamchi  va  ikkilamchi  minerallarga 
ajratiladi. 
 
Birlamchi  minerallar,  asosan,  magmaning  kristallanishi  davrida  vujudga 
keladi.  Bularga  kvars,  dala  shpati,  slyudalar,  amfibodlar,  alyuven,  piroksenlar  va 
boshqalar kiradi.  


34 
 
 
 
Tog’  jinsi  tarkibida  birlamchi  minerallardan  tashqari  ikkilamchi 
minerallar  ham  uchraydi.  Bu  minerallar  tog’  jinslarining  nurashi  jarayonida, 
birlamchi minerallarning o’zgarishidan hosil bo’ladi.  
 
Minerallar  hosil  bo’ladigan  sharoit  juda  murakkab  bo’lib,  ular  quyidagi 
turlarga ajratiladi: endogen, ekzogen va metomorfik jarayonlar.  
 
Endogen  jarayonlar  yerning  ichki  kuchlari  bilan  bog’liq  bo’lib,  u  Yer 
ostida  ro’y  beradi.  Magmaning  qotishi  va  kristallanishi  natijasida  kvars,  har  xil 
silikatlar va boshqa minerallar hosil bo’ladi. Bu turdagi minerallar  yuqori harorat, 
bosim ostida hosil bo’lib, qattiq va mustahkam xususiyatga ega.  
 
Ekzogen  jarayonlar  Yer  qobig’ining  ustida,  asosan,  litosferaning 
gidrosfera,  atmosfera  va  biosfera  bilan  o’zaro  ta’sirida  ro’y  beradi.  Bu  jarayonda 
minerallar quruqlikda hamda suvda eritmalardan cho’kmalar tarzida hosil bo’ladi. 
Bu  yo’l  bilan  gilli  minerallar,  temir  birikmalari  hosil  bo’ladi.  Suv  eritmalaridan 
hosil  bo’ladigan  minerallarga  har  turli  minerallar  –  galit,  silvin  va  boshqa 
minerallar  misol  bo’la  oladi.  Har  turli  organizmlarning  faoliyati  natijasida  ham 
ekzogen  minerallar  hosil  bo’lishi  mumkin.  Ekzogen  minerallarning  xususiyatlari 
turlicha  bo’lib,  ko’pincha,  ularning  qattiqligi  kam  suv  ta’sirida  o’zgaruvchan  va 
eruvchan hisoblanadi.  
 
Metamorfik  jarayonlarda,  oldin  hosil  bo’lgan  minerallar  yuqori  bosim, 
harorat,  har  xil  gazlar  ta’sirida  o’zgarishidan  yangi  minerallar  yuzaga  keladi.  Bu 
yo’l bilan shoh aldamchisi, aktinolit va boshqalar paydo bo’ladi. 
 
Tabiatda ko’pchilik qattiq minerallar kristall holida uchraydi, ba’zilari esa 
amorf yoki kristallanmagan holda ham bo’ladi.  
 
Tog’  jinslari  tarkibida  uchraydigan  minerallarni  tog’  jinsi  hosil  qiluvchi 
minerallar  deb  ataladi.  Tog’  jinsi  hosil  qiluvchi  minerallarning  tarkibini, 
xususiyatlarini  o’rganish  muhandislik-geologiyasi  fanida  katta  ahamiyatga  ega. 
Chunki minerallar tog’ jinslarining asosiy qurilish xossalariga ta’sir ko’rsatadi. Shu 
sababli  asosiy  tog’  jinsini  hosil  qiluvchi  minerallar  (tog’  jinslari  tarkibida  ko’p 
uchraydigan)  birlamchi  silikatlar  (kvars,  dala  shpati,  oliven  va  boshqalar);  oddiy 


35 
 
 
tuzlar  (karbonatlar,  sulfatlar,  galloidlar);  va  gilli  (kaolinit,  gidroslyuda, 
montmorillolit) minerallarni aniqlash kerak bo’ladi. Bulardan tashqari, tog’ jinslari 
hamda tuproq tarkibida ko’p miqdorda organik moddalar uchraydi. 
 
Minerallarni  tashqi  ko’rinishi  orqali  farqlash  va  taxminiy  tarkibini 
aniqlash uchun ularning fizik xususiyatlarini bilish kerak. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish