Materialshunoslik indd



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana06.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#322483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3.1.

 

Po„lat olishning kislorodli-konverter usuli. 

Bu  usulda  po‟lat  faqat  suyuq  cho‟yandan  olinadi.  Bessemer  va  Tomas  konverterlarida  sifatli 

po‟lat  olish  cheklanganligi  tufayli  oxirgi  paytlarda  kislorodli-konverter  usuli  qo‟llaniladi  (1-rasm). 

Konverterdagi suyuq cho‟yanga kislorod soploli furma (naycha) orqali konverter tepasidan bosim ostida 

haydladi


16

Furma  yuqori  haroratda  erimasligi  uchun,  uni  suv  oqimi  bilan  sovitilib  turiladi.  Bu  usul  bilan 



turli markali uglerodli va kam legirlangan po‟latlar olinadi. U oddiy, ixcham, yoqilg‟i talab qilmaydi va 

uning ish unumi yuqori. 

Konverterning  sig‟imi  250  t  ga  etadi.  1  t  po‟lat  olish  uchun  60m

3

  gacha  kislorod  sarflanadi. 



Konvertorning umumiy ko‟rinishi 3-rasmda keltirilgan. 

Bu pechlar ma„lum afzallik va kamchiliklarga ega. 




 

kislorod 

 

2

-rasm.  Kislorod  konvertorining  umumiy  ko„rinishi. 



 

Bessemer  konvertori  nok  shaklidagi  qurilma  bo‟lib,  ichki  devorlari  o‟tga  chidamli  materiallar 

va sirti po‟lat list bilan qoplanadi. Qurilmaning o‟rtasi ikkita tsapfadan iborat metall halqa bilan o‟raladi 

(2–rasm).  Tsapfa  3  ning  ichi  g‟ovak.  Tsapfalar  poydevorga  o‟rnatilgan  ustunlar  6  ga  tayanadi.  Qurilma 

tubida  diametri  15  mmli  teshiklar  bo‟lib,  havo  qutisi  1  bilan  tutashgan.  Tsapfa  3  ga  gidravlik  porshen 

bilan bog‟langan shesternya 4 o‟rnatilgan. Gidravlik porshen harakatga kelganda konvertor tishli reyka 5 

va shesternya 4 orqali o‟z o‟qi atrofida aylanadi

17



Konvertorni  ishga  tushirayotganda  yotiq  (gorizontal)  holatga  keltirilib,  unga  suyuq  cho‟yan 

quyiladi.  Keyin  past  bosimda  havo  haydaladi.  Havo  kanallari  suyuq  cho‟yan  bilan  bekilib  qolishini 

bartaraf etish maqsadida konvertor tik (vertikal) holatga asta–sekin keltiriladi. 

Konvertorni  tik  holatga  keltirish  mobaynida  havo  bosimi  2,5  atm.  oshirib 

boriladi. Bu vaqtda suyuq cho‟yan shiddat bilan oksidlana boshlaydi: 

2Fe+O

2

= 2FeO+Q kkal; 

2Mn+O

2

=2MnO+Q kkal 

Si+2FeO=SiO

2

+2Fe+Q kkal; 

Si+O

2

=SiO

2

+Q kkal 

Mn+FeO=MnO+Fe+Q kkal 

Oksidlar o‟zaro birikib silikat tarzida shlak hosil qiladi: 



MnO+SiO

2

=MnSiO

2

 

FeO+SiO

2

=FeOSiO

2

 

Dastlab  uglerod  yonmaydi,  chunki  vannadagi  harorat  uning  yonishi  uchun  yetarli  bo‟lmaydi. 

Kremniy  va  marganeslarning  oksidlanishi  natijasida  vannadagi  harorat  ko‟tarilib,  uglerod  yona 

boshlaydi: 



2C+O

2

=2CO–Q kkal 

C+FeO=CO+Fe–Q kkal 


 

 

3–rasm


Bessemer konvertori 

Konvertorning  sig‟imi,  qayta  ishlanayotgan  cho‟yan  tarkibi  va  ularning  miqdoriga  ko‟ra 

uglerodning  yonishi  8–10  minut  davom  etadi.  Cho‟yan  tarkibidagi uglerod  yonib  kamayishi  natijasida 

alanga pasayib qo‟ng‟ir tutun chiqa boshlaydi

18



Bu  esa  cho‟yan  tarkibidagi  qo‟shimchalar  deyarli  yonib  tugaganligini 

 

 



 

 

 



bildiradi.  Kutilgan  tarkibdagi  po‟lat  olingach,  jarayonni  tugatish  uchun  konvertorni  yotiq  holatga 

keltira borish bilan havo bosimi asta-sekin pasaytirib boriladi va to‟xtatiladi. 

Ingliz  metallurgi  S.Tomas  fosforga  boy  cho‟yandan  po‟lat  olish  maqsadida  Bessemer 

konvertorining  ichki  devorlarini  asosan  o‟tga  chidamli  dolomit  g‟ishtidan  terishni  va  suyuq  cho‟yanni 

quyishdan  oldin  flyus  sifatida  ohaktosh  kristallari  kiritishni  taklif  qilgan.  O‟zgartirilgan  Bessemer 

konvertori Tomas usuli deb ataldi. 

1953–yildan  etiboran  asosli  konvertorlarga quyilgan  qayta  ishlanadigan cho‟yan  sathiga  texnik 

toza kislorod haydash yo‟li bilan turli  markalardagi uglerodli va kam  legirlangan po‟latlar olish usullari 

qo‟llanila  boshlandi.  Bu  usulning  oddiy  konvertor  usulidan  farqi  shundaki,  jarayonning  boshidanoq 

metall yaxshi aralashgani uchun uglerod, kremniy va boshqa qo‟shimchalar yaxshi oksidlanadi. Natijada 

kislorodning  ta„sir  doirasida  harorat  3000°C  gacha  ko‟tariladi.  Konvertorda  metall  tez  qizib,  yaxshi 

qizigan faol shlak hosil bo‟ladi. Bunda fosfor va oltingugurt shlakka o‟tadi. Bu usul sanoatda borgan sari 

keng  qo‟llanilmoqda,  chunki  u  oddiyligi,  ixchamligi,  yoqilg‟i  talab  etmasligi,  ish  unumi  yuqoriligi, 

ishlash sharoitining yaxshiligi, po‟latda azot va vodorod gazining kamligi, kapital mablag‟larni kam talab 

etishi,  chiqindilarni  qayta  ishlashga  imkon  berishi  kabi  afzalliklarga  ega.  Pechning  kamchiligi  shuki,  u 

suyuq  cho‟yanni  ko‟proq  talab  etadi.  Bundan  tashqari,  metall  kuyindisi  ko‟p,  ancha  miqdorda  chang 

ajralib chiqadi. 


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish