Zаnglаmаs po„lаtlаr turli аtrоf-muhitdаgi vа аsоsаn ochiq аtmоsfеrа kоrrоziyasigа
qаrshi turа оlish хususiyatigа egа bo„lgаn mаtеriаllаr guruhini tаshkil qiladi. Bundаy qоtishmаlаrning аsоsiy
qo„shimchа elеmеnti-хrоmdir. Bundа qоtishmаdа хrоmning kоnsеntrаtsiyasi 11% dаn kаm bo„lmаsligi
lоzim. Nikеl vа mоlibdеn elеmеntlаri hаm qo„shilishi qоtishmаning kоrrоziyagа qаrshilik хоssаsini
yaхshilаydi.
Zаnglаmаs po„lаtlаr qo„shimchаlаr turigа vа mikrоstrukturаsigа nisbаtаn 3 turgа bo„linаdi: – mаrtеnsitli,
kоrrоziyabаrdоshli qаtоr vаriаntlаri ulаrni аniq maqsadli yo„nаl- tirilgаn turli sоhаlаrdа qo„llаsh imkоnini
Mаrtеnsit zаnglаmаs po„lаtlаri tеrmik ishlаsh yo„li bilаn bu- tun qоtishmа mikrоkоmpоnеntlаrini
Fеrritli zаnglаmаs po„lаtlаr α-fеrrit (hаjmi mаrkаzlаshgаn kristаll) dаn tаshkil tоpаdi. Аustеnit vа fеrrit
po„lаtlаrni sоvuqlаyin ishlоv bеrish оrqаli mustаhkаmligini оshirish mumkin.
Аustеnit zаnglаmаs po„lаtlаrining ko„p qismi kоrrоziyabаrdоsh po„lаtlаr hisоbigа kirаdi, nikеl vа хrоm
miqdоrigа qаrаb bеlgilаnаdi. Bu po„lаtlаr ko„p miqdоrdа ishlаb chiqаrilаdi. Mаrtеnsit vа fеrrit po„lаtlаr
mаgnit хоssаlаrigа egа, аustеnit zаnglаmаs po„lаtlаri mаgnit хоssаlаrni nаmоyon etmаydi.
Аyrim zаnglаmаs po„lаtlаr ko„pinchа yuqоri hаrоrаtli vа judа оg„ir shаrоitdаgi muhitlаrdа ishlаtilаdi.
Bundа ulаr оksidlаnishgа qаrshilik bilаn birgа yuqori mехаnik хоssаlаrini hаm sаqlаb turishi lоzim. Bu
mаtеriаllаrning оksidlоvchi muhitdа ishlаsh qоbiliyati 1000
0
C gаchа sаqlаnib turаdi.
Zаnglаmаs po„lаtlаrning bundаy turlаrigа quvurlar, yuqоri hаrоrаtli bug„ quvurlar, eritish pеchlаrini,
samolyot, rаkеtа vа аtоm elеktr stаnsiyalаrining qurilmаlаrini tаyyorlаshdа ishlаtilаdi.
Po„latlarning doimiy qo„shimchalari (unsurlari, begona jinslari) ga marganets, kremniy, fosfor va
oltingugurt, shuningdek, kislorod va vodorod gazlari kiradi. Birinchilarining miqdori, odatda, 0,8% (Mn),
0,5% (Si), 0,05% (P va S)dan oshmaydi. Bu elementlarning miqdori maxsus po„latlarda ko„proq bo„ladi.
Marganets va krem- niy foydali unsurlar hisoblanadi. Masalan, marganetsni po„latga, uni
“nordonlashtirish”, ya‟ni zararli temir oksidini yo„qotish uchun qo„shiladi: Mn+FeO→MnO+Fe. Bundan
tashqari, u oltingugurtning zararli birikmalarini bog„lab tashlaydi: Mn+FeS→MnS+Fe. Shu tu- fayli
po„latning mustahkamligi sezilarli oshadi, lekin plastikligi ilga- rigidek saqlanib qoladi, FeS bor bo„lgani
uchun yuqori haroratlarda po„latning mo„rtligi (krasnolomkost) yo„qoladi. Kremniy ham po„latni
“nordonlashtiradi”: 2FeO+Si→2Fe+SiO
2
. U po„latning oquvchanlik chegarasini ko„taradi, natijada sovuq
holatda bosim bilan ishlov be- rish yomonlashadi. Shu sababdan shtamplab ishlanadigan po„latlar tarkibida
kremniy miqdori kam bo„lishiga harakat qilinadi.
Fosfor va oltingugurt zararli jinslar hisoblanadi. Fosfor po„latning plastikligi va qovushqoqligini
kamaytiradi, sovuq holatda sinuv- chanligini oshiradi, shuning uchun uning miqdorini cheklashga
(0,025…0,045%) harakat qilinadi. Biroq ba‟zan, po„latni qirqib ish- lashni osonlashtirish va po„lat mis bilan
tutashib ishlaganda korro- ziya bardoshliligini oshirish uchun ataylab qo„shiladi. Oltingugurt po„latlarda
sulfid – FeS ko„rinishida bo„ladi, u temir bilan birga erish harorati 988
0
C bo„lgan evtektika hosil qiladi.
Evtektika donlarning chegaralari bo„yicha joylashadi va issiq holda bosim ostida ishlash ha- roratlarida po„latni
mo„rt qilib qo„yadi (evtektika erib ketib, donlar ora- sidagi bog„lanish kuchsizlanib qoladi). Marganets
qo„shilganda temir sulfid plastinkasimon marganets sulfidga aylanadi, uning erish harorati 1620
0
C. Oltingugurt
po„latlarning zarbali qovushqoqligini, plastikligi- ni, chidamlilik chegarasini, payvandlanuvchanligi va
korroziyabar- doshliligini pasaytiradi. U po„latga rudalarni eritishda, shuningdek, metall pech gazlari bilan
o„zaro ta‟sir qilganda tushib qoladi.
Azot va kislorod po„latda mo„rt oksidlar va nitridlar (FeO, SiO
2
, Al
2
O
3
, Fe
4
N va b.) ko„rinishida yoki erkin
holida nuqsonlarga joylashib (g„ovaklar, darzlar) uchraydi. Bu elementlar po„latning sovuq holda mo„rtligini
oshiradi va chidamlilik chegarasini pasaytiradi. Azotning miqdori ko„p bo„lsa, po„lat “deformatsiyali
qarish”ga uchraydi, chun- ki azot dislokatsiyalarning harakatiga xalal beradi va plastiklikni kamaytiradi.
Vodorod qattiq qotishmaga yoki g„ovaklarga joylashib oladi, po„latni g„oyatda mo„rt qilib qo„yadi. Uning
miqdori bolg„ala- nayotgan po„latda ko„p bo„lsa, flokenlar- oval shaklli darzlar hosil bo„ladi. Ularning siniq
joylari oq dog„ ko„rinishida bo„ladi. Bunday nuqson – metall ichdan uzilgani haqida xabar beradi.
Flokenlarning oldini olish uchun po„latni qizigan holda deformatsiyalab bo„lib, asta sovitiladi yoki 250
0
C
haroratda uzoq ushlab turiladi.
Zararli unsurlar (begona jinslar)ning miqdori po„latni olish va nordonlashtirish usullariga ko„p darajada
bog„liq. Masalan, kislorod, vodorod va azot gazlarini kamaytirish uchun po„lat qayta eritiladi va vakuum
sharoitida quyiladi.
Uglerod mashinasozlik cho„yanlari strukturasida grafit ko„rinishida bo„ladi. Grafit miqdori cho„yanda ko„p
(bir necha foizgacha), mexa- nik xususiyatlari atrofidagi metall fazaning xususiyatlaridan yomon bo„lgani
sababli grafit qo„shilmalar mustahkam matritsada darzlar va bo„shliqlar hosil qilib, cho„yanni ojizlantirib
qo„yadi.
Tabiiyki, cho„yanda uglerod grafit ko„rinishida qancha ko„p va uning qo„shilmalari qanchalik siyrak
bo„lsa, cho„yanning mustah- kamligi, ayniqsa, cho„zilishda, shunchalik past bo„ladi. Biroq ba‟zi holatlarda,
grafit ijobiy omil sifatida namoyon bo„ladi – cho„yanning qirqib ishlanuvchanligini yaxshilaydi, unga
antifriksion xususiyatlar beradi, titrashlar va zarbalarni so„ndiradi.
Cho„yanning strukturasi va xususiyatlari kremniy miqdoriga (0,3…5,0%) jiddiy bog„liq, u grafitlanish
jarayonini kuchaytiradi. Marganetsning doimiy (ya‟ni tabiiy) qo„shilmalari (0,5…0,8%) cho„yanlarning
mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi va ular grafit- lanishiga qarshilik qiladi. Fosfor cho„yanda (odatda,
ko„pi bilan 0,2…0,3%) erigan holatda uchraydi. U cho„yanning suyuq oquvchan- ligini va yeyilishga
bardoshliligini oshiradi, shuningdek, mo„rtligiga
sabab bo„ladi, chunki miqdori 0,5…0,7% bo„lganda erish harorati
950
0
C bo„lgan, mo„rt fosfidli evtektika (Fe+Fe P+Fe C) hosil qiladi.
3
3
Shunga qaramay, fosfor cho„yanning qirqib ishlanuvchanligini yomonlashtiradi, shuning uchun miqdori
cheklanadi (0,12%), yuqori bardoshli cho„yanlarda undan ham kam (0,03%). “Temir-uglerod” qotishmasiga,
uning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida maxsus elementlar qo„shiladi, ular “
Do'stlaringiz bilan baham: