514
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
doirasiga, shuningdek, davlat hokimiyatini oqilona tashkil etish, demokratiyani
rivojlantirish, inson huquqlarini ta’minlash, huquqiy tizimni liberallashtirish,
qonunchilik va yuridik amaliyotni takomillashtirish, huquqiy madaniyat va tar-
biyani yuksaltirish kabi muammolarini tadqiq etish kiradi.
Huquqshunoslik predmeti hajmdor, anchagina murakkab va serqirra.
Uning mazmunini yuridik bilimlar (huquqiy xususiyatga ega masalalar
majmui talqini) yuridik voqeliklar mushohadasi nuqtayi nazaridan quyidagi
uch elementdan
iborat tarzda tavsiflash mumkin:
– davlat va huquqning qonuniyatlari;
– davlat hokimiyati hamda huquq tizimini tashkil etuvchi tarmoqlarning
normativ-yuridik mazmuni;
– yurisprudensiyaning texnologiyalari, ya’ni: yuridik texnika, huquq
yaratish, uni qo‘llash, sharhlash, muhofaza qilish amaliyotidagi vosita va usul-
lar.
Huquqshunoslik nafaqat nazariy bilimlar tizimi, balki davlat-
huquqiy
amaliyotni
tahlil etuvchi fan sifatida salmoqli
amaliy salohiyatga
hamda ha-
yotiy ahamiyatga ega. Yuridik amaliyotda faoliyat yurituvchi xodimlar (sudya,
prokuror, tergovchi, yuristkonsultant) yuksak huquqiy tafakkur qobiliyatiga
va tegishli bilimga (qonunchilikni mukammal bilish), yuqori huquqiy madani-
yatga, yuridik texnikani qo‘llash ko‘nikmalariga hamda amaliy tajribaga ega
bo‘lishi lozim. Аmaliyotchi yuristlar har qanday masalani hal etishda yuri-
dik qadriyatlardan, adolat tamoyillari va huquq prinsiplaridan kelib chiqishi;
huquqiy tartibga solishning sinalgan mexanizmlaridan foydalana olishi; real
fakt (muammoli vaziyat)larni yuridik tushuncha va nazariy konstruksiyalar
orqali talqin eta olishi lozim.
So‘nggi yillarda huquqshunoslikning holatiga oid o‘tkazilgan tahlillar
shuni ko‘rsatmoqdaki, fanning ildam rivojlanishiga halal berayotgan omillar
va muayyan kamchiliklar mavjud. Bular qatorida quyidagilarni e’tirof etish
mumkin:
1. Huquqshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning gnoseologik va
metodologik asoslari bo‘sh, dissertatsiyalarning
ilmiy apparati
hamda
tahlil
saviyasi ancha sayoz
.
2. Tadqiqotlarda
ilmiy bahs va munozara deyarli yo‘q
, borlari ham nis-
batan yuzaki. Ko‘pincha muallifning mustaqil pozitsiyasi, nuqtayi nazari aniq
ko‘rinmaydi.
3. Ilmiy izlanish va ishlanmalarimiz mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlardan, modernizatsiyalash jarayonlaridan
ortda qolmoqda
. Ba’zi kvaziilmiy
taklif va tavsiyalarimiz
amaliyot uchun ahamiyatsiz
yoki kam ahamiyatli
bo‘lib qolmoqda.