«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
___________________ G‘.Xolmatov
“_____” ____________ 20_____yil
DARS REJASI № 2
Guruhlar
|
21
|
22
|
23
|
24
|
Mavzu o‘tilgan sana
|
|
|
|
|
Guruhlar
|
25
|
26
|
27
|
|
Mavzu o‘tilgan sana
|
|
|
|
|
O‘quv faninig nomi: DAVLAT VA HUQUQ TARIXI VA NAZARIYASI
Mavzu nomi: Dаvlаt vа huquq nаzаriyasining bоshqа fаnlаr bilаn аlоqаdоrligi vа funksiyalаri.
Darsning maqsadlari:
A) Ta’limiy: O‘quvchilarga mavzuni tushuntirish, mavzu bo‘yicha bilimlarni shakllantirish;
B) Tarbiyaviy: O‘quvchilarni o‘zaro hurmat, ma’naviy barkamol, sadoqatli, teran fikrlaydigan, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shaxsiy sifatlar, insonparvarlik va vatanparvarlikni shakllantirish;
C) Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarda topshiriqlarni mustaqil yechish ko‘nikmalarini shakllantirish; talabalarda fikrlashni rivojlantirish, olgan bilim va ko‘nikmalaribi keng hayotda qo‘llay olishlariga erishish.
Darsdan kutilayotgan natijalar:
Mavzuni o‘zlashtirganidan so‘ng o‘quvchilar quyidagi BKM larga ega bo‘ladilar:
1) Mavzu bo‘yicha bilimlar;
2) Mavzu yuzasidan mustaqil o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila olish;
3) Mavzu doirasida turli topshiriqlarni bajaradilar.
Ta’lim metodlari: noan’anaviy, aralash, interfaol
Baholash metodi: og‘zaki, so‘rov, tezkor savollar, test. yozma so‘rov
Axborot manbalari va texnik vositalar: darslik, kompyuter, slaydlar, sxemalar, chizmalar
Dars turi: _____________________
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 minut
Uyga vazifa: Mavzuni o‘qib konspektlashtitrish. 9-13-bet.
O‘qituvchi B.Nishanov
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
№
|
Mashg‘ulot bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg‘ulot mazmuni
|
Ta’lim metodlari
|
Ta’lim vositalari
|
1
|
Tashkiliy qism
|
__daqiqa
|
Davomat va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish, xona ozodaligiga e’tibor berish
|
og‘zaki
|
Guruh jurnali
|
2
|
Kirish qismi
(motivatsiya)
|
__daqiqa
|
Suhbat daqiqasi o‘tkazish, o‘tilgan mavzuni eslatish, uy vazifalarini tekshirish va baholash
|
Savol-javob, yozma so‘rov
|
Yozuv taxtasi
bo‘r,
tarqatma materiallar
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
__daqiqa
|
Yangi mavzuni bayon qilish
|
Tushuntirishmashq bajarish,
qiyoslash
|
Darslik,
Kompyuter
Slaydlar
|
4
|
Mustahkam-lash
|
__daqiqa
|
Yangi mavzu bo‘yicha savol-javob o‘tkazish,mustaxkamlash mashqlarini bajarish, savollarga javob berish,faollarni baholash
|
Aralash
interfaol
|
Darslik,
kompyuter
|
5
|
Yakuniy qism
|
__daqiqa
|
Mavzuni xulosalash, uyga vazifani tushuntirish
|
Savol-javob
tushuntirish
|
Jurnal,
darslik
|
O‘qituvchi B.Nishanov
2-dars.
MAVZU: Dаvlаt vа huquq nаzаriyasining bоshqа fаnlаr bilаn аlоqаdоrligi vа funksiyalаri.
REJA
1. Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o‘rni va roli
2. Davlat va huquq nazariyasining funksiyalаri.
Davlat va huquq nazariyasi fanini har tomonlama va mufassal tavsiflashda uning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish muhim ahamiyatga ega. Bu fan barcha ijtimoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas bog’liq. Davlat va huquq masalalarini faqat yuridik fanlar emas, balki boshqa ijtimoiy fanlar ham o‘rganadi. Chunki insonlarning faoliyati serqirra va turli-tuman bo‘lib, ular huquq vositasida tartibga solinadi, davlat-siyosiy munosabatlarning obyekti sifatida maydonga chiqadi.
Davlat va huquq hamisha ijtimoiy hayotning muhim masalasidir. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini tadqiq va tahlil qilishda boshqa fanlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, ularning yutuqlari, ilmiy xulosa va tavsiyalaridan foydalanadi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlar: falsafa, iqtisod, sotsiologiya, siyosatshunoslik, tarix kabi fanlar bilan mustahkam aloqada bo‘ladi.
Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi. Falsafa tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ijtimoiy falsafa davlat va huquqni jamiyat-ning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Shu bois, u davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida talqin etadi.
Davlat va huquq nazariyasi fani falsafadan ijtimoiy, shu jumladan davlat-huquqiy hodisalarni bilishning metodologiyasi sifatida foydalanadi, falsafaning qoidalari va xulosalariga tayangan holda, davlat va huquq muammolarini aniqlashtiradi hamda ularning nazariy jihatlarini o‘rganadi. Bunda falsafa bilan davlat va huquq nazariyasi bir-birini takrorla-maydi, aksincha to‘ldiradi.
Falsafa borliqning ongga, insonning uni o‘rab turgan atrof-muhitga munosabatining umumiy qonuniyatlari xaqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa davlat va huquqning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi o‘rnini aniqlaydi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa davlat va huquqning barcha ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa davlat va huquqning mohiyatini aniqlash imkonini bersa, davlat va huquq nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiy tamoyillari, ijtimoiy vazifasi va funksiyalarini ifodalash usullari bilan boyitadi. Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda amaliy foydalanish, bir tomondan, davlat va huquq sohasida to‘plangan barcha bilimlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib, bu bilimlarni davlat va huquq nazariyasining kategoriyasi sifatida bayon qilish imkonini beradi; ikkinchi tomondan, davlat va huquq nazariyasi fani to‘plagan bilimlar, ma’lumotlar falsafaning obyektiv qonunlarni ochishi va umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun amaliy ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi o‘z mavzusini tahlil etish chog’ida falsafaning“munosabat”, “erkinlik”, “jarayon”, “funksiya”, “butun va qism”, “sistema”, “evolyutsiya”, “taraqqiyot”, “aloqadorlik”, “mohiyat”, “shakl” kabi tushuncha va kategoriyalaridan keng foydalanadi. Mazkur fanlar yaratadigan bilimlar o‘zaro bir-biriga singib ketadi. Davlat va huquq zohir bo‘lishining falsafiy talqini hozirgi davrda alohida dolzarblik kasb etmoqda. Huquqshunoslik bilan falsafa hamkorligi zamirida“huquq falsafasi” degan yangi ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Davlat va huquq hodisalarini falsafa kategoriyalari va qonuniyatlari nuqtai nazaridan talqin etish huquqshunoslik fani rivojida yangi ufq va marralar ochishi shubhasizdir. Tabiiyki, davlat va huquq nazariyasi huquq falsafasi fani bilan ham o‘zaro uzviy hamkorlik qiladi. Shunday qilib, falsafa fani davlat va huquq nazariyasi uchun poydevor bo‘lib, metodologik asos vazifasini bajaradi, davlat va huquq nazariyasi esa falsafa shu jumladan huquq falsafasi uchun aniq hayotiy ma’lumotlar manbai vazifasini bajaradi. Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasi.
Iqtisodiy fanlar ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, xo‘jalik hayotini tashkil etish, tadbirkorlik, mehnat, moliya, kredit kabi masalalarni o‘rganadi. Davlat va huquq nazariyasi esa davlat va huquqni o‘zining asosiy predmeti deb hisoblaydi va ularning iqtisodiy funksiyalarini tahlil etadi. Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasining o‘zaro aloqasi davlat va huquqning iqtisodiyotga qanchalik bog’liq ekanligi va ta’sirini aniqlashga imkon beradi.
O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot yillarida barpo etilayotgan yangi jamiyat asoslangan tamoyillardan biri“iqtisodning siyosatdan ustunligidir” (I.A.Karimov). Bu tamoyil davlat va huquq sohasiga ham taalluqlidir. Ya’ni, davlat va huquqning mazmuni hamda mohiyati iqtisodiy munosabatlar tizimi, jamiyatning iqtisodiy tuzimi tomonidan belgilanadi. Bir tomondan, davlat va huquq iqtisodiy islohotlar amalga oshishini ta’minlaydi, ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning rivoj topishi davlat hokimiyati va huquqning moddiy asosini mustahkamlab, ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi, boyitadi. Jamiyat taraqqiyotining ko‘p asrlik tajribasi shundan guvohlik beradiki, iqtisodiyotning muayyan shakliga(tipi)ga davlat va huquqiy tizimning shunga xos ma’lum shakli(tipi) (davlat va huquqning quldorlik, feodal, burjua yoki boshqa tipi) muvofiq keladi.
Moddiy– iqtisodiy hayot va iqtisodiyot fani davlat va huquq nazariyasi o‘z predmetini o‘rganishda samarali ma’lumotlar va zaruriy bilimlar beradi. Ayni vaqtda, davlat va huquq nazariyasining davlatning iqtisodiy funksiyasi, huquqning iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish haqidagi ilmiy xulosalari iqtisodiyot fanini boyitishga ko‘maklashadi.
Sotsiologiya hamda davlat va huquq nazariyasi. Davlat va huquq nazariyasi sotsiologiya fani bilan ham o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi. Zero, sotsiologiya fani ham jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etib, jamiyat a’zolarining, xususan, turli jamoalar, aholi barcha qatlamlarining davlat, huquq, demokratiya va qonunga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini, ularning davlat va huquq to‘g’risidagi fikr-mulohazalarini mavjud hayotni tahlil etish asosida o‘rganadi. Shunga ko‘ra, sotsiologiya fani davlat va huquq nazariyasi fani uchun dastlabki amaliy (empirik) ma’lumotlarni to‘plab berish vazifasini bajaradi. Davlat va huquq nazariyasi esa, o‘z navbatida, sotsiologiya fani bergan ma’lumotlarni umumlashtirib, ulardan o‘ziga tegishli nazariy xulosalar chiqarishda foydalanadi. Sotsiologiya yagona tizim bo‘lmish jamiyat hamda u bilan aloqadorlikda o‘pganiladigan alohida ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy jarayonlar haqidagi fandir. Sotsiologiya jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Sotsiologiya o‘zining xulosalarida aniq hayotiy ma’lumotlarga, ijtimoiy tajribaga tayanadi. Barcha ijtimoiy hodisalar, jumladan, davlat va huquq ham sotsiologik tadqiqotlarning obyekti hisoblanadi. Sotsiologiya ham falsafa singari, davlat va huquqni bilishning umumiy ilmiy vositadir. U davlat va huquqni o‘rganish asosida o‘zining predmetini chuqurlashtiradi va oydinlashtiradi. Bu borada sotsiologiya davlat va huquq nazariyasining qoida va xulosalaridan foydalanadi. Ma’lumki, davlat va huquq ijtimoiy muhitda mavjud, ularning mohiyati sotsiologik sharoitda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shu bois davlat va huquqqa sotsiologik yondashuvga qiziqish ortmoqda. Qolaversa, sotsiologiya bilan davlat va huquq nazariyasining hamkorligida huquq sotsiologiyasi, siyosat sotsiologiyasi, davlat sotsiologiyasi nomli alohida fan tarmoqlari shakllanib ajralib chiqmoqda.
Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi. Siyosatshunoslik fani siyosat, uning shakllari, siyosiy jarayonlar va siyosiy birlashmalar, jumladan, siyosiy partiyalar, siyosiy hokimiyatga va davlat hokimiyatiga erishish vositalari, fuqarolik jamiyati, davlat va shaxsning o‘zaro munosabati kabi hodisalarni o‘rganadi. Siyosatshunoslik inson siyosiy madaniyatini ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi, ya’ni fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirilishi orqali o‘rganadi.
Davlat va huquq nazariyasining siyosatshunoslik fani bilan bog’liqligi har ikkala fanning ham bir obyektni, ya’ni jamiyat siyosiy tizimining muhim elementi bo‘lmish davlat va huquqni ilmiy jihatdan tadqiq etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, amaliy faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o‘rgansa, siyosatshunoslik fani davlat va huquqiy siyosatni, aniqrog’i, jamiyatda yuz berayotgan siyosiy hodisalar va jarayonlarni, ya’ni siyosat nazariyasi va amaliyotini o‘rganadi. Ularning har ikkalasi bir predmet– davlat va huquqni, davlatning ichki va tashqi siyosatini har tomonlama, ayni vaqtda turli jihatlarini o‘rganadi, ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan bilimlar bilan bir-birini to‘ldiradi. Pirovardida, siyosatshunoslik fani o‘zining keng qamrovliligiga ko‘ra, davlat va huquq nazariyasi fani uchun muhim asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi. O‘z navbatida, siyosatshunoslik fani ham davlat va huquq nazariyasi to‘playdigan bilimlardan foydalanadi. Masalan, fanimizning“davlat”, “davlat mexanizmi”, “siyosiy hokimiyat”, “siyosiy va davlat rejimlari”, “siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga solish” tushunchalariga bergan ta’riflaridan siyosatshunoslik fani ham keng bahramand bo‘ladi.
Davlat va huquq nazariyasi tarix fani bilan ham uzviy aloqador. Tarix jamiyatshunoslikka oid ijtimoiy fan hisoblanadi. U insoniyat madaniy va ma’naviy taraqqiyotining har xil tiplari va davrlarini, jamiyatning rivojlanish yo‘nalishlari va tiklanish bosqichlarini, insoniyatning o‘tmishdan kelajak tomon yuksalib borish sabablari va mohiyatini tadqiq etadi.
Muayyan xalqlar, davlatlarning turli davrlardagi hayotining aniq shakllari va tajribasini, shuningdek huquqiy merosi va yodgorliklarini ham o‘rganadi. Lekin tarix fani uchun vaqt chegaralari muhimdir. U umumlashma xulosalar chiqarmaydi, qonuniyatlarni ochmaydi, ayni shu jihatlari bilan davlat va huquq nazariyasidan farq qiladi. Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar tizimida quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
birinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar jumlasiga kiruvchi huquqshunoslikning tarkibiy qismidir. U huquqshunoslikka nisbatan xususiylik, boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan esa alohidalik kasb etadi;
ikkinchidan, davlat va huquq nazariyasi ham boshqa ijtimoiy fanlar singari jamiyat ijtimoiy ehtiyojlarining mahsuli sifatida paydo bo‘lgan. U boshqa ijtimoiy fanlar bilan birgalikda davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va jarayonlarni har tomonlama o‘rganadi, boshqa fanlarning metodlaridan, to‘plagan bilimlaridan foydalanadi. O‘z navbatida, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarni davlat va huquqqa oid aniq ma’lumotlar bilan ta’minlab, ularni nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantiradi;
uchinchidan, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fani orqali davlat va huquq bilan shug’ullanayotgan har qanday ijtimoiy fan sohasining ilmiy tadqiqot mavzuidan munosib o‘rin
egallaydi.
Davlat va huquq nazariyasining barcha ijtimoiy fanlar bilan aloqasi ikki tomonlama manfaatli xususiyat kasb etadi. Davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarning xulosalariga asoslangan holda xilma-xil falsafiy, tarixiy materiallarni umumlashtirib, davlat va huquqning vujudga kelishi sabablari, taraqqiyot bosqichlari, davlat va huquqning mohiyati, mazmuni va shakllarini ochib beradi. Ayni vaqtda, davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlarni takrorlamaydi, balki to‘ldiradi. Bu hol davlat va huquq nazariyasi o‘z mustaqil predmetiga va xususiyatlariga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bundan yana ham keng qamrovli xulosalar chiqarish mumkin. O‘zbekistonda davlatchilikning huquqiy asoslari takomillashib borishi, huquqiy madaniyat, fuqarolarning huquq va erkinliklari, huquqiy ta’lim rivojlanib borgani sayin davlat va huquq nazariyasi hamda barcha ijtimoiy fanlar o‘rtasidagi aloqadorlik hamda hamkorlik kuchayib boraveradi.
Davlat va huquq nazariyasining sohaviy huquqiy fanlar bilan nisbati. Yuridik fanlar– ijtimoiy hodisa sifatida davlat va huquqning tushunchasi, mohiyati, tasnifi, kelib chiqishi, rivojlanishi va amal qilinishining umumiy va maxsus qonuniyatlari to‘g’risidagi huquqiy bilimlar tizimidir. Barcha yuridik fanlar diqqat markazida davlat va huquq asosiy o‘rin egallaydi. Ayni paytda, har bir yuridik fan davlat va huquqning muayyan tomonlarini, muayyan jihatlarini o‘rganadi. Shuning uchun huquqshunoslik fanlarining har bir tarmog’i o‘zining mustaqil predmetiga ega.
Davlat va huquq nazariyasini barcha huquqiy fanlar bilan birgalikda o‘rganish bu fanning predmeti, ahamiyati va rolini yanada oydinlashtiradi. Barcha yuridik fanlarning ham o‘rganish sohasi va umumiy obyekti– davlat va huquqdir. Har bir sohaviy huquqshunoslik fani davlat va huquq masalasiga o‘ziga xos yondashadi, ularning har biri o‘zining tadqiqot obyekti va predmetiga ega.
Yuridik fanlar quyidagi tarzda klassifikatsiya (tasnif) qilinadi:
a) tarixiy-nazariy-huquqiy fanlar(davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi, siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi va hokazo);
b) maxsus yoki tarmoq huquqiy fanlar (masalan, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, mehnat huquqi, ma’muriy huquq, konstitutsiyaviy huquq, moliya huquqi, yer huquqi, jinoyat protsessual huquqi va boshqalar);
v) amaliy yuridik fanlar(masalan, kriminalistika, kriminologiya, sud tibbiyoti, sud statistikasi, sud buxgalteriyasi va hokazo).
Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat va huquq nazariyasining boshqa huquqiy fanlar bilan aloqasi ana shundan kelib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi maxsus va amaliy-huquqiy fanlarning aniq materiallariga tayanadi, ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi. Umumiy va fundamental fan sifatida huquqshunoslikning asosiy tushunchalari va qoidalarini shakllantiradi. Davlat va huquq nazariyasi metodologik fan sifatida boshqa sohaviy huquqiy fanlar uchun xususiy yuridik metodlarni va rahbariy prinsiplarni ishlab chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi bilan davlat va huquq tarixi fani bir-biri bilan chambarchas bog’langandir. Ularning har ikkisi davlat va huquq borasida bahs yuritadi. Davlat va huquq tarixi davlat va huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonini to‘liq, xronologik tarzda o‘rganadi.
Tarix va nazariya bir-birisiz bo‘lmaydi, biri ikkinchisini taqozo etadi. Davlat va huquq tarixi fani, o‘z navbatida, ayrim nazariy xulosalarni chiqaradi, nazariy prinsiplar asosida ish ko‘radi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa o‘z xulosalarini tarixiy materiallar yordamida asoslaydi, bunda u tarixiylik metodidan foydalanadi. Har qanday tarixiy faktni nazariyasiz yoritish, izohlash mumkin emas. Nazariya tarixiy voqealarga yondashish usulini belgilaydi va shu bois tarixni ilmiy o‘rganish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa huquqiy fanlar bilan ham xuddi shunday ikki yoqlama aloqadadir. Demak, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fanlari tizimida markaziy, yo‘naltiruvchi, umumlashtiruvchi ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga, barcha yuridik fanlarning yutuqlarini uyg’unlashtiradi va ularning o‘zaro boyishiga ko‘maklashadi.
Fanning funksiyasi uning e’tibori qanday vazifani bajarishga qaratilganligidan va tabiatidan kelib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani ado etish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi: Nazariy bilish(evristik) funksiyasi. Davlat va huquqni bilish turli darajada bo‘lishi mumkin. Ba’zan u davlat va huquqni izohlash yoki tushuntirishdangina (ontologik funksiyadan) iborat bo‘ladi. Lekin davlat va huquq nazariyasi bu bilan cheklanmaydi, balki o‘rganilayotgan obyektning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali yangi qonuniyatlarni ochadi, yangi bilim (“Evrika” – yunoncha so‘z bo‘lib, “topdim” degan ma’noni anglatadi. Biz uni davlat va huquq nazariyasi tomonidan yangi bilimlarni hosil qilish, yangi xususiyatlarni aniqlash, ilmiy haqiqatni topish ma’nosida qo‘llamoqdamiz) larni hosil qiladi.
Masalan, davlat va huquq rivojlanish qonuniyatlarining ochilishi, davlatning iqtisodiy rolini izohlash, huquqiy tartibga solishning yangi mexanizmlarini shakllantirish va hokazo. Nazariy bilish funksiyasini amalga oshirish tufayli davlat va huquq nazariyasi davlat-huquqiy voqeliklarni chuqur va mukammal o‘rganish asosida ularning xarakterli belgilari va muhim xususiyatlarini ta’riflab beradi. Davlat va huquqni xuddi shu tarzda tadqiq etish davlat va huquqning kelgusi rivojlanishi haqida ilmiy bashoratlar qilish imkoniyatini beradi. Umuman olganda mazkur fan ilmiy– huquqiy dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi. Metodologik funksiya. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fan sohalariga nisbatan metodologik funksiyani bajaradi. CHunki, har qanday metod– amaliy izlanishga yo‘naltirilgan nazariyadir. Nazariya fani voqelikni qanchalik to‘g’ri aks ettirsa, u bilishning metodi sifatida shunchalik samarali bo‘ladi. Davlat va huquq nazariyasi davlat, huquq, qonunchilik, huquqiy munosabat, huquqiy javobgarlik kabi tushunchalarni ishlab chiqadi. Mazkur nazariy tushunchalar tizimi davlat va huquqqa oid masalalar haqida yangi ilmiy bilimlarni yaratish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham davlat va huquq nazariyasi ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar, kategoriyalar, ta’riflar, prinsiplar va qoidalar huquq sohalarini o‘rganuvchi boshqa fanlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Amaliy tajriba funksiyasi. Barcha yuridik fanlarda bo‘lgani singari davlat va huquq nazariyasi fanida ham nazariy bilimlar amaliy faoliyat bilan uzviy qo‘shib olib boriladi. Davlat va huquq nazariyasi fani ham amaliyotga yordam ko‘rsatadi. Jumladan, u davlat faoliyatini takomillashtirishga, qonunchilikni rivojlantirish va uni amalda qo‘llanish ishini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqadi va hokazo. Yuridik amaliyotni nazariy jihatdan asoslash ham muhim ilmiy ahamiyatga ega. Mafkuraviy-tarbiyaviy funksiya. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq to‘g’risidagi g’oyalarning ilmiy tizimidan iborat. U kishilarda muhim siyosiy va huquqiy, ya’ni demokratiya, qonunchilik, davlat intizomi, shaxsning huquqi hamda erkinliklari to‘g’risida ilmiy tushunchalar, ta’limotlar, kontseptual bilimlarni shakllantiradi. Fanning mafkuraviy funksiyasi davlat va huquq masalalariga dialektik nuqtai nazardan yondashishga, dunyoqarashning mustahkamlanishiga, shuningdek kishilar ongida yangi huquqiy ong, zamonaviy demokratik huquqiy tafakkur, huquqiy madaniyat va qonunchilikka hurmat hissini tarbiyalashga yordam beradi. Davlat va huquq nazariyasi yuqoridagi funksiyalardan tashqari, siyosiy, tashkilotchilik, bashorat qilish kabi funksiyalarni ham bajaradi. Demak, davlat va huquq nazariyasi quyidagi vazifalarni bajarishga ko‘maklashadi:
1) davlat va huquqning rivojlanish qonuniyatlarini va yo‘llarini ochib berish;
2) davlat organlarining faoliyati va tuzilishini takomillashtirish;
3) huquqni qo‘llash va qonunchilikni takomillashtirish, qonunlarni sistemalashtirish va kodifikatsiyalash;
4) huquqni targ’ib qilish, fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |