katlanishining ijtimoiy (sotsial) mexanizmi
deb yuritiladi.
Huquq harakatlanishining yoki huquqiy tartibga solishning ijtimoiy
mexanizmi deganda, huquqiy prinsiplar va normalarning talablarini huquq sub-
yektlari xulq-atvori hamda yurish-turishiga aylantirish (singdirish) bilan bog‘liq
jarayonga ta’sir etuvchi ijtimoiy va boshqa hayotiy omillarning yalpi umumiy
tizimi tushuniladi. Mazkur jarayonning asosiy bosqichlariga quyidagilar kiradi:
huquq prinsiplari va normalari mazmunini barchaning e’tiboriga yetkazish;
huquqiy aktlarda ijtimoiy foydali maqsadni ifodalash orqali huquqqa muvofiq
xulq-atvorni yo‘naltirib turish; huquqiy ko‘rsatmalar yordamida ijtimoiy foy-
dali huquqqa muvofiq xulq-atvorni shakllantirish; ijtimoiy-huquqiy nazoratni
amalga oshirish.
Huquqiy tartibga solishning ijtimoiy mexanizmini tavsiflashda uning
ushbu jihatlari alohida o‘rin tutadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |