Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom
Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
131
590/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Habiba binti Jahsh Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘rab: «Men istihoza qoni ko‘rib turaman»,
deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «G’usl qilgin-da, so‘ngra namoz
o‘qigin», dedilar. Ummu Habibaga barcha namoz oldidan g‘usl qilish odat edi.
Lays ibn Sa’d roviylardan biri Ibn Shihobni zikr etmasdan: «Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam Ummu Habiba binti Jahshga har namoz oldidan g‘usl qilishni buyurdilar. Lekin
bu narsani faqat u o‘zi bajarar edi», dedilar. (Demak, bu narsa faqat Ummu Habiba
uchun xos ekan... -
tarj.
) Ibn Rumhning rivoyatlarida Ummu Habiba so‘zini zikr qilmay,
Ibnatu Jahsh deb aytish bilan kifoyalanganlar.
591/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam
xotinlari tomonidan bo‘lgan qarindoshlari (xotinlari Zaynab binti Jahshning singillari),
Abdurahmon ibn Avfning xotinlari Ummu Habiba binti Jahsh yetti yil hayz ko‘rib, bu
haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Bu narsa hayz qoni emas, lekin bu (ozil, deb ataluvchi) tomirdan keladigan
qondir. Bas, sen g‘usl qilib namoz o‘qiyvergin», dedilar.
Oisha roziyallohu anho: «U singlisi Zaynab binti Jahshning xonasida tog‘orada g‘usl qilar,
hatto suv ustiga qonning qizil rangi chiqib qolar edi», dedilar.
Ibn Shihob: «Men bu haqda Abu
Bakr ibn Abdurahmonga gapirsam, u zot: «Alloh Hindni
rahm qilsin, agar bu fatvoni tirikligida eshitganida, Alloh nomiga qasam, yig‘lar edi.
Chunki u mana shunday holatda namoz o‘qimas edi», dedilar», deb aytdilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta Ibn Shihobning so‘zlariga takror kelgan.
592/4. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Habiba
Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamdan qon haqida so‘radi. Oisha: «Men uning tog‘orasi qonga to‘lganini
ko‘rdim», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Hayz qoning keladigan
vaqt miqdoricha o‘zingni (unda man etilgan narsalardan) to‘xtatib turgin-da, so‘ngra
g‘usl qilib namoz o‘qiyvergin», dedilar.
593/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Abdurahmon ibn Avfning xotinlari
Ummu Habiba binti Jahsh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (oqayotgan) qonidan
shikoyat
qilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Hayz qoning keladigan
vaqt miqdoricha o‘zingni (unda man etilgan narsalardan) to‘xtatib turgin-da, so‘ngra
g‘usl qilgin», dedilar. U har namoz oldidan g‘usl qilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: