13-bob Hayz sababli g‘usl qiluvchi xotinning konga xushbo‘y paxta yoki (jun yo
latta) ishlatishi mahbub ekani haqida
587/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir xotin Nabiy sollallohu alayhi
vasallamdan hayzdan (poklanayotganda) qanday g‘usl qilishi haqida so‘raganida,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u xotinga qanday g‘usl qilishni o‘rgatib, so‘ngra:
«Xushbo‘y paxta yoki (latta yo jun) olib, u bilan tozalaysan», dedilar. U xotin: «Qanday
qilib u paxta bilan tozalayman?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Subhanalloh (ajablanilganda shunday deyiladi), uni paxta bilan tozalaysan-da», deb
yuzlarini to‘sib oldilar. Sufyon ibn Uyayna qo‘li bilan u zotning yuzlariga ishora qildi.
Oisha roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nimani xohlaganlarini bilib
u xotinni o‘zimga tortdim-da, qonning izidan yurgizib (artasan), deb aytdim», dedilar.
Ibn Abu Umarning rivoyatlarida «Qon izi o‘rniga qonlar izidan yurgizib (artasan)», deb
aytilgan.
Bu yerda yuqorida hadis takror kelgan. Lekin «Xushbo‘y paxtani olgin-da, u bilan
tozalagin», degandagi «tozalagin» so‘zi arabcha matnda «tavazzaiy» bo‘lib kelgan.
588/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Asmo roziyallohu anho Nabiy
sollallohu alayhi vasallamdan hayz bo‘lgandagi g‘usl haqida so‘raganlarida, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz (yuvinadigan) suvining xushbo‘y
o‘simligini olib (iflos bo‘lgan joylarini) tozalab, tahoratini chiroyli tarzda ado qilib, so‘ngra
boshidan suv quyadi. Va shu asnoda boshini suyagigacha yetkazib qattiq ishqalab, keyin
ustidan suv quyadi. So‘ngra xushbo‘y paxtani olib, u bilan tozalaydi», dedilar. Asmo
roziyallohu anho: «Qanday qilib u bilan tozalaydi?» degandilaro, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Subhanalloh! Usha paxta bilan tozalaydi-da», dedilar. Oisha
roziyallohu anho go‘yoki unga maxfiy qilib: «Ana shu paxta bilan qon asoratiga yurgizib
(artasan)», dedilar. Keyin Asmo roziyallohu anho janobat bo‘lgandagi g‘usl haqida
so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Suv olib (iflos bo‘lgan joylarni)
tozalaydi va tahoratni chiroyli suratda yoki yetuk qilib bajaradi, so‘ngra boshini ustidan
(suv) quyib, ishqab boshi suyagigacha yetkazadi. Keyin yana ustidan suv quyadi»,
dedilar. Oisha roziyallohu anho: «Ansoriya ayollar muncha ham yaxshi ayollarki, dinda
faqih (bilimdon) bo‘lishdan hayolari man etmaydi, ya’ni dindagi zaruriy narsalarni
so‘rashdan uyalishmaydi», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta kelgan. Ikkinchisida janobatdan g‘usl qilish zikr
etilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |