Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
87
qo‘ysa, u kishi: «Ey Rabbim!
Meni bu daraxtga olib bor, men uning soyasidan
bahramand bo‘lay», deydi», deb roviy yuqorida Ibn Mas’uddan qilingan rivoyatdagi kabi
davom ettirib, «Ey odam bolasi! Men bilan sening o‘rtangdagi savolni nima to‘xtatadi»
so‘zidan oxirigacha zirk qilmaganlar. Lekin hadis oxirida «Alloh
unday
va
bunday
narsani
so‘ragin,
deb
eslatadi.
Qachonki,
u kishidagi umid uzilganida, Alloh taolo: «Bu narsa va
unga qo‘shib o‘n barobari senga», deydi. Keyin u kishi uyiga kiradi. Va hurlardan bo‘lgan
xotini ham kiradi. Ikkovi: «Seni
biz uchun, bizni sen uchun yaratgan Allohga hamd
bo‘lsin. Bizga ato qilingan narsa biror kishiga ato etilmagan», deb aytishadi», deyilgan.
363/2. Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Muso alayhissalom
Rabbilaridan jannat ahlining eng past darajadagisini so‘raganlarida, Alloh: «U shunday
kishiki, jannat ahli jannatga kiritilganidan keyin olib kelinib, «Jannatga kirgin», deyiladi.
U: «Ey Rabbim, qanday qilib kiraman?
Odamlar manzillarini egallab, oladigan narsalarni
olib bo‘lishgan-ku», deydi. Keyin unga: «Dunyo podshohlaridan bir podshohga berilgan
mulk kabi narsa berilishiga rozimisan?» deb aytilsa, u: «Roziman, ey Rabbim!» deydi.
Shunda Alloh: «Senga u kabi, u kabi, u kabi, u kabi», deb beshinchisini aytganida, u
kishi: «Rozi bo‘ldim, ey Rabbim», deydi. Yana Alloh: «Bu va bunga o‘n
barobar narsa
hamda nafsing ishtaha qilib, ko‘zing lazzatlanadigan narsalar senga», desa, u: «Rabbim,
rozi bo‘ldim, mana shu manzillarning oliysidir», deydi. Alloh: «Men ularga ko‘rsatiladigan
karomatlarni o‘z qo‘lim bilan ekdim, ya’ni karomatlariga hech bir o‘zgarish kirmaydi. Va
unga Uzim muhr urganman. U narsani biror ko‘z ko‘rmagan, biror quloq eshitmagan va
biror inson qalbi his etmagan», deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu
so‘zning tasdig‘iga dalil qilib Allohning kitobidan quyidagi oyatni aytdilar: «Ular
uchun
berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biron jon bilmas» (Sajda
surasi, 17-oyat).
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
364/3. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Men jannatga oxirgi bo‘lib kiruvchi va oxirgi do‘zaxdan chiquvchi kishini
bilaman. Bir kishi qiyomat kuni olib kelinib: «Kichik gunohlarini ko‘rsatib, katta
gunohlarini undan ko‘taringlar», deb aytilsa, kichik gunohlari ko‘rsatiladi. Va unga: «Shu
kuni shunday, shunday va shunday,
falon kuni shunday, shunday va shunday
qilganmiding?» deyilsa, u: «Ha!» deb katta gunohlarida shafqat qilinishi uchun kichigini
inkor etishga qodir bo‘lmaydi. Shunda unga: «Har bir qilgan yomonliging barobaridagi
yaxshilik sen uchun», deyilsa, u kishi: «Ey Rabbim! Men ko‘p (katta gunohlarni) sodir
qilganman. Men ularni ko‘rmayapman-ku», deydi», deb aytdilar. Roviy: «Men
Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam ushbu so‘zlarni aytayotib kulganlarida tishlari ko‘rinib
qolganini ko‘rdim», deb aytdilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
365/4. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zotdan (jannat yoki
do‘zaxga) tushuvchilar haqida so‘ralganida u zot: «Biz qiyomat kuni unday va bunday
bo‘lib kelamiz. Buni odamlarning qiyofasiga qarab (bilgin). Ummatlar o‘zlari ibodat
qilgan but-sanamlari bilan chaqiriladi. Avval ibodat qilganlari birinchi bo‘lib kelishadi.
Ana shundan keyin Rabbimiz keladi. Va: «Kimni ko‘ryapsizlar?» deydi. Ular: «Rabbimizni
ko‘ryapmiz», deyishadi. U: «Men sizlarning Rabbingizman», deydi. Ular: «Biz Senga
qaramoqchimiz», deyishsa, Alloh ularga kulgan holda ko‘rinadi.
U ular bilan birga yuradi,