www.ziyouz.com
kutubxonasi
89
qaytganimizda barchamiz xavorijlarning o‘sha fikridan qaytdik. Faqat bizdan bir kishi
ularning fikrida sobit qoldi».
Yoki Abu Nu’aym aytganlaridekdir.
(
Izoh:
Hadis rivoyat qiluvchi rivoyati o‘zgarib ketishidan xavf qilib, ehtiyot yuzasidan
ngunday deyishi odobdandir).
370/9. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Do‘zaxdan to‘rt (toifa) kishi chiqqanida ular Allohga namoyish qilindi.
Ularning biri burilib qaradi-da: «Ey Rabbim! Meni undan chiqargin, qayta u yerga
qaytarmagin», degan edi, Alloh u kishiga do‘zaxdan najot berdi», dedilar.
371/10. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Alloh qiyomat kuni odamlarni to‘plaganida ular (shafoatga) ahamiyat
berishadi. (Ibn Ubayd rivoyatlarida esa o‘sha shafoatni so‘rashga ilhom beriladi,
deyilgan.) Ular: «Agar Rabbimiz bizga shafoatchi berganida biz bu joydan (qo‘zg‘olib)
farog‘at topgan bo‘lar edik», deyishadi. Va shu holda Odam alayhissalom oldilariga
borib: «Siz butun xaloyiqning otasi Odamdirsiz. Alloh sizni o‘z qo‘li bilan yaratib, O’zining
ruhidan pufladi. Hamda farishtalariga buyurgan edi, ular sizga sajda qilishdi. Bizga
Rabbingiz huzurida shafoatchi bo‘lsangiz, biz bu yerdan (qo‘zg‘olib) taskin topsak»,
deyishadi. Odam alayhissalom: «Men buning ahli emasman», dedilar va (bug‘doyni yeb
qo‘yib) sodir etgan xatolari sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini zikr etdilar. «Lekin
sizlar Alloh (eng) avval rasul etib yuborgan Nuhning oldiga boringlar», deb aytadilar.
Ular Nuh alayhissalomning oldilariga borishsa, u zot ham sodir etib qo‘ygan xatolari
sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini aytdilar. «Lekin sizlar Alloh Uziga xalil (do‘st) qilib
olgan Ibrohim alayhissalom oldilariga boringlar», desalar, ular Ibrohim alayhissalom
huzurlariga borishdi. U zot ham: «Men buning ahli emasman», deb sodir etib qo‘ygan
xatolari sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini aytib: «Lekin sizlar Alloh bilan so‘zlashgan
va Tavrot ato etilgan Musoning huzurlariga boringlar», dedilar. Ular Muso alayhissalom
huzurlariga kelishsa, u zot ham: «Men buning ahli emasman», deb sodir etib qo‘ygan
xatolari sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini aytdilar, so‘ng: «Lekin sizlar Allohning ruhi
va kalimasi bo‘lmish Iso alayhissalom huzurlariga boringlar», dedilar. U zot ham: «Men
buning ahli emasman-u, lekin sizlar avvalgi-yu keyingi gunohlari kechirib qo‘yilgan
banda Muhammad alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytsalar, ular huzurimga
kelishadi. Rabbimdan (shafoatga) izn so‘rasam, menga izn beriladi. Men o‘shanda sajda
qilgan holimdaligimni ko‘rdim. Alloh xohlaganicha sajdada tark qilinaman. Keyin: «Ey
Muhammad, boshingizni ko‘tarib (biror narsa) deng, aytgan narsangiz eshitiladi. (Biror
narsa) so‘rang, so‘ragan narsangiz beriladi. (Bir narsada) shafoatchi bo‘ling, shafoatchi
qilinasiz», deb aytildi. Men boshimni ko‘tarib Rabbim qanday o‘rgatgan bo‘lsa, o‘shanday
hamd aytaman. Keyin shafoat qilaman, shundan keyin menga bir hudud ajratib beriladi.
Men o‘sha hududdagi kishilarni do‘zaxdan chiqarib, jannatga kiritaman, so‘ngra qaytib,
yana sajdaga yiqilaman. Alloh xohlaganicha sajda qilgan holimda tark qilinaman. Keyin:
«Boshingizni ko‘taring! Ey Muhammad, (biror narsa) deng, aytgan narsangiz eshitiladi.
(Biror narsa) so‘rang, so‘ragan narsangiz beriladi.
(Biror
narsada)
shafoatchi
bo‘ling,
shafoatchi
qilinasiz», deyildi. Men boshimni ko‘tarib Rabbim o‘rgatganidek, Unga hamd
aytaman. Keyin shafoat qilsam, menga ajratib qo‘yilgan hududdagilarni do‘zaxdan
chiqarib, jannatga kiritaman.
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |