www.ziyouz.com
kutubxonasi
80
345/6. Masruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Oisha roziyallohu anhodan
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rabbilarini ko‘rganlarmi?» deb so‘rasam, Oisha
roziyallohu anho: «Subhonalloh (taajjublanganda shunday deyiladi)! Aytgan so‘zingdan
sochim tikka bo‘ldi...», dedilar», deb yuqoridagi hadisni oxirigacha keltirganlar.
346/7. Masruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Oisha roziyallohu anhodan: «(Siz)
«So‘ngra yaqinlashib pastladi. Bas, ikki kamon o‘qi masofasida yo undan-da, yaqinroq
bo‘lib, O’z bandasiga tushirgan vahiyni keltirdi» oyati haqida nima deysiz?» deb
so‘rasam, Oisha roziyallohu anho: «Albatta u Jabroildirlar, odam suratida kelardilar, bu
gal o‘z suratlarida kelib, osmon ufqini to‘sib qo‘ydilar», deb aytdilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |