www.ziyouz.com
kutubxonasi
79
77-bob Allohning «Darvoqe, uni ikkinchi bor ko‘rdi» so‘zi haqida
340/1. Abu Hurayra roziyallohu anhu «Darvoqe, uni ikkinchi bor ko‘rdi» oyati haqida
«Jabroil alayhissalomni ko‘rganlar», deb aytdilar.
341/2. Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Rabbilarini)
qalblari bilan ko‘rdilar», deb aytdilar.
342/3. Ibn Abbos roziyallohu anhu «(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor
etmadi. «Darvoqe, Uni ikkinchi bor ko‘rdi» oyatida haqida «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam (Rabbilarini) qalblari bilan ikki marta ko‘rdilar», deb aytdilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
343/4. Masruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Oisha onamiz huzurlarida
suyanib turgan edim, hazrati Oisha: «Ey Abu Oisha (ya’ni, Masruq)! Uch narsa borki,
kim ulardan birortasini gapirsa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on so‘zlabdi», dedilar. Men:
«U narsalar nima?» desam, Oisha roziyallohu anho: «Kim Muhammad sollallohu alayhi
vasallam Rabbilarini ko‘rganlar, deb gumon qilsa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on
so‘zlabdi», dedilar. Men suyanib turgan edim, o‘tirib oldim-da: «Ey mo‘minlar onasi!
Menga muhlat bering, shoshiltirmay turing, Alloh taolo «Darhaqiqat, u ochiq ufqda
ko‘rdi» yoki «Darvoqe, u ikkinchi bor ko‘rdi», deb aytgan-ku», desam, Oisha roziyallohu
anho: «Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘ragan ummatlaridan
birinchi shaxsman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U Jabroildir, bu ikki safardan
boshqa payt xalq qilingan suratlarida ko‘rmaganman. U zot osmondan tushayotganlarida
ulkanliklaridan yer bilan osmon oralig‘ini to‘sib qo‘yganlarini ko‘rdim», dedilar.
Eshitmaganmisan, Alloh taolo: «Ko‘zlar Unga yeta olmas, U ko‘zlarga yetar. U mehribon
va (har narsadan) ogoh Zotdir», degan. Eshitmaganmisan, Alloh taolo: «Biron odam
uchun Alloh unga so‘zlashi joiz emas, magar vahiy-ilhom orqali yo biron parda-to‘siq
ortidan yoki biron elchi-farishta yuborib, o‘sha (farishta Allohning) izni-ixtiyori bilan U
xohlagan narsani vahiy qilish orqaliginadir. Albatta U yuksak va hikmat egasidir», deb
aytgan. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Allohning kitobidan biror narsani
yashirganlar, desa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on so‘zlabdi. Chunki Alloh taolo: «Ey
payg‘ambar, sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsani yetkazing! Agar (bu
farmonga amal) qilmasangiz, Uning elchiligini (bandalariga) yetkazmagan bo‘lursiz», deb
aytgan. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertaga nima bo‘lishining xabarini bera
oladilar, desa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on so‘zlabdi. Chunki Alloh: «Ayting, osmonlar
va yerdagi biron kimsa g‘aybni bilmas, magar Allohgina (bilur)» deb aytgan», dedilar»
344/5. Oisha roziyallohu anho: «Agar Muhammad alayhissalom o‘zlariga nozil qilingan
biror narsani yashirganlarida quyidagi oyatni albatta yashirgan bo‘lardilar: «Siz Alloh
(Islomga hidoyat qilish bilan) in’om-marhamat qilgan va siz ham (qullikdan ozod qilib,
o‘zingizga o‘g‘il qilib olish bilan) in’om qilgan kishiga (ya’ni, Zayd ibn Horisaga):
«Juftingni o‘z huzuringda ushlagin (ya’ni, taloq qilishga shoshmagin), Allohdan
qo‘rqqin», deb Alloh oshkor qilguvchi bo‘lgan narsani ichingizga yashirgan edingiz va
Allohdan qo‘rqishingiz haqroq bo‘lgani holda siz odamlardan (ya’ni, ularning ta’na
qilishlardan) qo‘rqqan edingiz» (Ahzob surasi, 37-oyat)», dedilar.
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |