40. Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo‘lishlari mumkin, quyidagilar bundan
sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan deb e’tirof
qonun bilan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani uchun vasiylik yoki
o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki ularni lozim darajada
bajarmaganligi, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik
bilan muomalada bo‘lganliklari, shuningdek, muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo
bo‘lganliklari uchun farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, ilgari farzandlikka bola olgan
sog‘lig‘ining yomonligi tufayli bola tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar.
Qaysi kasallikka chalingan taqdirda bolani tarbiyaga olish taqiqlanadigan kasalliklar ro‘yxati
41. Bolani (bolalarni) farzandlikka olishni xohlovchi shaxslar o‘z yashash joyidagi vasiylik va homiylik
organiga tutingan ota-onalar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi iltimos bildirilgan arizani beradilar.
nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda bo‘lsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi
22.09.2021, 02:10
739-сон 21.11.2020. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolala…
https://lex.uz/docs/-5117079
42/51
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan bo‘lsa, boshqasining roziligi (agar er-xotin oilaviy
munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo‘lsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi
noma’lum bo‘lsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa, farzandlikka olishda uning
roziligi talab qilinmaydi);
ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi ko‘rsatilgan yoki boshqa daromad manbalari to‘g‘risidagi
ma’lumotnoma;
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sog‘lig‘i holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga
qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari ma’lumotnomalari);
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida ichki ishlar organining axborot
markazidan olingan ma’lumotnoma;
sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lgan mulk huquqidagi, ijara (ijaraga olish) shartlaridagi
yoki boshqa asoslardagi uy-joy mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.
Ariza berishda shaxsni tasdiqlaydigan hujjat ko‘rsatiladi.
Vasiylik va homiylik organi ariza berilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida oilaning turmush
sharoitlarini, bolalarni tarbiyaga olishni istaganlarning moddiy ta’minlanganlik holatini tekshiradi, tekshirish
dalolatnomasini tuzadi va tekshirish dalolatnomasi asosida ularni hisobga qo‘yadi. Hisobga qo‘yish yoki hisobga
qo‘yishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilar e’tiboriga qaror qabul qilingan kunidan boshlab 5 kun
muddatda yetkaziladi. Hisobga qo‘yish rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror
yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hisobda turgan shaxs vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda
vasiylik va homiylik organlarida hisobda turgan va ota-onalar qarovisiz qolgan, shu jumladan, tarbiyalash va
davolash muassasalaridagi, shuningdek, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridagi voyaga yetmagan
bolalarning dastlabki tanlab olinishini amalga oshiradi;
42. Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
43. Bolalarni oilaga tarbiyaga berish ularning xohishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. O‘n
yoshga to‘lgan bolalarni faqat ularning roziligi bilan oilaga tarbiyaga berish mumkin.
O‘zaro qarindosh bo‘lgan bolalar, qoidaga ko‘ra, bitta oilaga beriladi, tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki
boshqa sabablarga ko‘ra ular birga tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: