O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI
VAZIRLIGI
AJINIYОZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
"O`ZBEK ADABIYOTI"
fanidan
5141400 - Xorijiy tillar va adabiyoti
(Ingliz tili va adabiyoti) bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun
MA'RUZALAR MATNI
Nukus-2011 yil
1-mavzu: KIRISH. O‘ZBEK ADABIYOTI FAN SIFATIDA.
UNING METODOLOGIK
ASOSLARI
Reja:
“Adabiyot tarixi” tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o‘rni.
O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari.
Xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot.
Mavzuga oid tayanch so`z va tushunchalar: xalq tarixi, xalq og`zaki ijodi, adabiyot tarixi, adabiy
aloqalar,
badiiy adabiyot, tarjima adabiyoti, mumtoz adabiyot,
adabiyotni davrlashtirish, nazm,
nasr, epos, o`zbek adabiyoti bosqichlari, davrlashtorish, B.To`xliyev, N.Mallayev, folklore,
an’anviylik, variantlilik, badihaguylik, anonimlik
“Adabiyot tarixi” tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o‘rni.
O`zbek xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O`tmishda yaratilgan mo`tabar og`zaki va
yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o`rganish va bilish har bir o`quvchining, shu yurtda
yashayotgan kishilarning ulug` burchidir. Bugungi kunda, yurtimiz ozodlikka, xalqimiz istiqlolga
erishgandan so`ng, o`tmish merosimizga e`tibor yanada kuchaydi.
Prezidentimiz I.A.Karimov
o`zlarining qator suhbatlari, nutq va kitoblarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni
o`rganishning ahamiyatini qayta-qayta ta`kidlamoqdalar. Zero, xalqimiz mustaqillikka erishgandan
so`nggina bizga noma`lum ko`pgina ulug` shoirlarimiz, olimlarimiz, muhaddislarimiz haqida
ma`lumotga ega bo`ldik. Asarlarini o`rgana boshladik.
O`zbek adabiyoti qadimiy tarixga ega.
Adabiyot
– jamiyat hayotining o`ziga xos ifodasi. U jamiyat
tarixidagi jiddiy o`zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi.
Adabiyot, avvalo, so`z va ruhiyat san`atidir. U inson ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va
ohanglarni ilg`ashga, ularni aks ettirishga intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga
o`xshamaganlariday, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. Badiiy adabiyot bilan
adabiyot tarixi shug`ullanadi.
O`zbek adabiyoti tarixi
nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettiradigan durdonalarga boydir.
Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg`ota oladi, ularning ma`naviy boyishlariga
tegishli hissa qo`sha oladi. Ular ma`naviy kamolotga xizmat qiladi.
Adabiyot tarixi
fani badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot jarayonini o`rganadi va o`rgatadi.
Har bir
xalqning o`z tarixi, madaniyati, san`ati va adabiyoti bor. Shunga ko`ra, adabiyot tarixi ma`lum bir
xalqning, shu adabiyotni yaratgan xalqning nomi bilan ataladi.
O`zbek xalqi ma`naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o`zbek adabiyotidir.
O`zbek adabiyoti tarixi
o`zbek xalqining qadim zamonlaridan boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan
badiiy adabiyotini o`z ichiga oladi. Adabiyotshunoslikda o`zbek adabiyoti tarixi ikki nom asosida
tilga olinadi:
1. O`zbek mumtoz adabiyoti. Bunda eng qadimgi davrlardan boshlab, XX asr boshlarigacha bo`lgan
davr nazarga olinadi.
2. Hozirgi zamon o`zbek adabiyoti yoki XX-XXI asrlar o`zbek adabiyoti.
O`zbek adabiyoti tarixi xilma-xil tur va janrdagi badiiy asarlarni o`z ichiga oladi. Lirika va epos
o`tmish o`zbek adabiyotining asosiy turlaridir. G‘azal, muxammas, musaddas, noma, ruboiy,
doston, hikoyat va boshqalar keng tarqalgan adabiy janrlardir. O`zbek adabiyoti tarixi xilma-xil
adabiy