Mavzu: Pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogikadagi asosiy metodologik yondashuvlar. Metodologik madaniyat- pedagogik faoliyat refleksiyasining natijasi sifatida Reja



Download 25,12 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi25,12 Kb.
#332624
  1   2   3
Bog'liq
Metodologiya 4-mavzu


Mavzu: Pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogikadagi asosiy metodologik yondashuvlar. Metodologik madaniyat- pedagogik faoliyat refleksiyasining natijasi sifatida

Reja:

  1. Pedagogika fanining metodologiyasi bilim va faoliyat tizimi sifatida.

  2. Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati.

  3. . Pedagogik tajriba-sinov ishlari dasturini ishlab chiqish tamoyillari.

Bugungi kunda, uchinchi to‘lqin sivilizatsiyasi, postindustri­al, axborot jamiyati davrida fan va ilmiy texnika taraqqiyoti jamiyat rivojlanishini, shu jumladan uning moddiy, iqtisodiy negizi ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishini belgilovchi omillar hisoblanadi.

“Falsafa fanlari ensiklopediyasi”da Gegel fan tizimli xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatar ekan, shu jumladan: “Fan mohiyat e’tibori bilan tizimdir, chunki haqiqiylik aniqlik kabi o’z ichida avj oluvchi birlikdir, ya’ni bir butunlikdir”, deb qayd etadi Gegel.

Ilmiy fakt, g‘oya, gipoteza, konsepsiya, nazariya, ilmiy qonun ilmiy bilish tizimining tarkibiy elementlaridir. Ilmiy ijod fan tizimidagi barcha tarkibiy elementlarning mazmunini rivojlantiradi va boyitadi. Bu yеrda ijod tizim sifatida ishtirok etadi va fan tizimi oshanur taratib turadi. Ilmiy ijod bu olim, tadqiqotchi, yaratuvchining qobiliyatlari va mahoratining, irodasi, tirishqoqligi va qat’iyatining, yakuniy maqsad — yangi haqqoniy ilmiy bilim olishga intilishining ifodasidir. Chinakam olim borlig’ining mohiyati ijodiy intilishda, muttasil ilmiy chanqoqlikda o‘z aksini topadi.



Fan — bu rivojlanuvchi, o‘suvchi bilim tizimi, insonning atrof olamni surunkali o’zlashtirishiga, o‘zini qurshagan voqelikning borligi haqida aniq va teran axborot olishi, bunday axborotni saqlash, kayta ishlash va undan foydalanishiga yo‘nalt rilgan ijtimoiy ongning alohida shaklidir.

Bugungi kunda fan ijtimoiy ong shakli sifatida hozirgi zamon postindustrial, axborot jamiyatining arxetipidan mustahkamo‘rin olgan. Hozirgi zamon ijtimoiy borlig‘idaga jadal rivojlanayotgan ijtimoiy institutlardan biri sifatida fan ko‘plab ijtimoiy muhim rollar o‘ynamoqda, evristik, epistemologik, axborot, amaliy, texnikaviy texnologik funksiyalarni bajarmoqsa.

Hozirgi zamon jamiyati uchun fan ulkan ijtimoiy qimmatga ega. Gap shundaki, turmushni tashkil qilishning ijtimoiy darajasi yuksak darajada ratsionalligi bilan ajralib turadi. Butun insoniyat, tabiiy resurslari cheklanganligiga qaramay, fanga investitsiyalarni muttasil oshirib borayotganligi kishilik jamiyatining ijtimoiy ongi ilmiy bilimni uzluksiz o‘stirishdan manfaatdor ekanligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda fan butun jamiyatni bilish faoliyati ijodiy faoliyatga jipslashtiruvchi baynalmilal ijtimoiy institut ekanligi hech kimga sir emas.

Inson ilmiy tadqiqotlar yordamida o‘zini qurshagan olamga muttasil ravishda chuqur va keng kirib boradi. O‘sib boruvchi ilmiy bilishning muhim jihatdan bunday faolligi murakkab, kompleksli hodisadir. Buhodisaning bir ma’noli talqinini berish juda qiyin.

Fanning epistemologik sabablari orasida insoniyatning o‘z hayotiy faoliyatining tashqi sharoitlariga moslashish borasidagi faoliyatini tilga olish o‘rinli bo‘ladi.

Insoniyat tabiat qo‘ynida vujudga kelgan, yashaydi va rivojlanadi. Atrof muhit, bir tomondan, insoniyat mavjudligining zarur va yеtarli sharti bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tabiatning o‘zi eng maqbul holatda insonga befarq , eng nomaqbul holatda esa unga nisbatan salbiy kayfiyatdadir. Yashab qolish uchun insoniyat murakkab, ba’zan o‘ziga nisbatan salbiy kayfiyatdagi tashqisharoitlarga moslashishi zarur, shuning uchun ham u ilmiy bilimni tabiatga ijtimoiy qalqon, tabiatning so‘qir va ayovsiz kuchlaridan o‘ziga xos himoya vositasi sifatida qarshi qo‘yadi. Fan bu yеrda butun kishilik jamiyatining rivojlanish, moslashish va yashab qolish jarayonida himoya vosi­tasi bo‘lib xizmat qiladi.

Ilmiy bilish obyektiga chuqur kirib borish uchun fan ijtimoiy institut sifatida ilmiy kadrlar bilan uzluksiz to‘ldirilib borishi kerak. Shuning uchun ham ujamiyatda ma’rifiy, o‘qituvchilik funksiyasini bajaradi, zotan, olimlarning o‘sishi, shakllanishi aynan ilmiy jamoalarda sodir bo‘ladi. Bu yеrda, shuningdek, ilmiy xodimlarning qobiliyati, bilimi va ko‘nikmalariga qarab saralab, tanlab olish ham sodir bo‘ladi. M. Polani qayd etib o‘tganidek: “Fan­ni mahoratli odamlar yaratadi”.

Jamiyatning ma’naviy madaniyati elementi sifatida fanning funksiyasi jamiyatning ilmiy bilim bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlari, maqsadlari, manfaatlarini jamlab borishni nazarda tutadi. Fan odamlarga o‘z kuchiga, inson zakovatining bilish qudratiga ishonch tuyg‘usini beradi.

Ilmiy faoliyat ijod bilan chambarchas bog‘liq. Ilmiy xodimning bilimi, iste’dodi, qobiliyati, ko‘nikmalari, ilmiy haqiqatning tagiga yеtishga bo‘lgan intilishlari ilmiy ijodda uz aksini topadi. Ilmiy kashfiyot, fanda yangi nazariya yoki yo‘nalish yaratish ijodning fandagi oliy ifodasidir. Boshlang’ich ta’lim metodologiyasisohasida yuksak natijalarga erishgan olimlarninhaqiqiyistedod egasi deb atalishi bejiz emas.

Masalan, A. Eynshteynning ilmiy faoliyati yuksak darajada ilmiy faolligi bilan ajralib turadi. Uning ilmiy kashfiyotlari nafaqat hozirgi zamin fizikasining qiyofasini, balki dunyoning hozirgi zamon manzarasini ham o‘zgartirib yubordi. Eyn­shteynning kashfiyotlari natijasida hozirgi zamon olimlari ilmiy faoliyatining ruhi, xususiyati ham o‘zgarib ketdi.

Ilmiy ijod ilmiy muammoni qo‘yishdan boshlanadi. Ilmiy tadqiqotning maqsadi yuzaga kelgan muammolarni hal qilish, olingan yеchimlardan voqelikni amaliy ijodiy o’zlashtirishda, borlikqning moyiyatini yanada teran bilish, tushunish va anglab yеtishda foydalanishdir.

Yangini kashf etish, atrof olam haqida shu paytgacha ma’lum bo’lmagan axborotni olish bilan bir qatorda, ilmiy ijod mavjud ilmiy bilimni egallash, uni ijodiy o‘zlashtirish, ilmiy kashfiyotlar, eksperimentlar, kuzatishlarning natijalaridan faol foydalanishni ham o‘z ichiga oladi.

Olimning ijodiy fantaziyasi, olim aqlining faolligi il­miy abstraksiyalar yaratishda namoyon bo‘ladi. Ilmiy abstraksiyalar o‘rganilayotgan hodisalarning shu paytgacha ma’lum bo‘lmagan yashirin mohiyati haqida to‘g‘ri bilimlar beradi. Il­miy abstraksiyasiz o‘rganilayotgan faktlar va jarayonlarning biror bir jihatini bilish, tushunib еtish mumkin emas. Olim faqat ilmiy abstraksiya yordamida obyektning mohiyatiga kirib borishi mumkin va lozimdir. Shunda u ilmiy bilish jarayonida mazkur obyektning mohiyatini ijodiy tiklaydi va unga xos bo‘lgan qonunlarni, obyekt borlig‘ining ichki mantig‘ini kashf etadi.

Mavhumlashtirish ijodiy jarayon sifatida fanda ilmiy bilishning nazariy bosqichida yorqin na­moyon bo‘ladi. Bunda olimning tafakkuri ilmiy bilimni to‘liq egallagandan so‘ng uni yangilik yaratish uchun amalda ijodiy qo‘llash maqsadida jonli mushohadadan abstrakt tafakkur darajasiga ko‘tariladi.

Eksperimentning ijodiy xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u qat’iy ishlab chikqilgan rejaga ko’ra amalga oshiriladi, ma’lum maqsadga erishishga — mavjud farazlar va nazariyalarni tekshirishga yoki mavjud nazariy qoidalarni boyitishga yo‘naltiriladi.




Download 25,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish