Metodologik madaniyatning shakllanganlik darajalari:
Nolevoy daraja - metodologik madaniyat elementlari shakllanmagan.
Beqaror-empirik daraja - tasavvur etish darajasida noto‘!iq
Metodologik bilimlar, ayrim metodologik, rasmiy-mantiqiy va vositatexnologik
ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqot ishining mavzusi dolzarb emas
nuqtai nazardan noto‘g ‘ri va asoslanmagan;
Tadqiqotchi olim eksperimental vaziyatning markazidir. U eksperiment maqsadini ko‘yadi, eksperimentni o‘tkazadi, uning natijalarini analizdan o‘tkazadi va baxrlaydi. Hozir gi zamon eksperimentlarini o‘tkazish uchun tayyor standart asbob uskunalarning o‘zi kifoya qilmaydi. Tadqiqotchi mutaxas sislarning ijodiy faolligi murakkab, o‘ziga xos eksperimental moslamalarni, yaratuvchilaridan fan va texnikaning tur li sohalarini chuqur bilishni talab etadigan komplekslarni (masalan, elementar zarralarning harxil tezlatgichlarini) yaratishga yo‘naltirilgan. Ilmiy eksperimentda ishtirok etishdan boshqa hech narsa ijodiy yondashishga yaxshiroq o‘rgata olmaydi.
Hozirgi zamon ilmiy eksperimenti ijodiy barkamollikni, natijalarni baholashda xolislik va obyektivlikni, ko‘pincha betakror va qimmatbaho eksperimental alparaturada ishlash madaniyatiga bo‘lishni talab etadi. Eksperimentchining ijodiy, zaxmatli mehnatigina tadqiqotchining zarur sifatlarini shak llantiradi, chunki buzilgan, ishdan chiqkan eksperimental mos lama bu yеrda harakatsizlikka maxkumdir, noto‘g‘ri natija esa ilmiy xodimning obro‘siga ta’sir eta olmaydi, zotan, xatolardan hech kim himoyalanmagan.
Eksperimental tadqiqotchilik ishida ijodiy faollik olimda muhim sifat— ratsionalizmni shakllantiradi. Hozirgi zamon ilmiy eksperimentlari katta vaqt sarfi va moddiy harajatlarni talab etadi. Shuning uchun ham tadqiqotlarga kirishayotib mutaxassis rejalashtirilgan eksperiment ko‘yilgan savolga javob berish bermasligi, amalga oshiriluvchi o‘lchashlar ning aniqligini ta’minlash ta’minlamasligi, ishonchli xulo sa va еchimlarga ega bo‘lish imkonini berish bermasligini ol dindan aniq nazarda tutishi kerak.
Eksperimentchining bosh ijodiy vazifasi quyidagilardan iborat:
• eksperimentni kuzatishlar va o‘lchashlarning aniqligi qo‘yilgan maqsadga muvofiq keladigan qilib rejalashti rish;
• surunkali xatolar va nuqsonlar bo‘lishi mumkinligini e’tiborga olish, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
• eksperiment natijalarini tankidiy analizdan o‘tkazish va to‘g‘ri xulosalar chiqarish;
• sinov tajribalarining aniqligini baholash;
• qayta ishlangan natijalarni qisqa va ko‘rgazmali (jad val, grafik, sxema va hokazo) shaklda taqdim etish.
Eksperimental ijod bilan shug‘ullanar ekanmiz, biz o‘rga nilayotgan hodisaning muhim jihatlarini ajratamiz. So‘ng ularni umumlashtirib, ishchi gipoteza tuzamiz va undan u yoki bu xulosalar chiqaramiz. Xulosalarni ham eksperiment yo‘li bilan tekshirib ko‘ramiz. Ularni tekshirish uchun murakkab, tartibsizlikka tuda atrof olamda «sof», sodsa modelni yara tish zarur. Tadqiqotchining ijodiy qobiliyati o‘z eksperiment larini o‘tkazish uchun mana shunday aniq, ilmiy jihatdan be nukson vaziyatni yaratishda to‘laqonli ro‘yobga chiqadi. Bu еrda tadqiqotchi olimshshg iste’dodi, sezgisi, xotirasi, butun bi limi va x ayotiy tajribasi namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha eksperi mentlar olimning sog‘lig‘i va hayotiga xavf soluvchi sharoit larda o‘tkaziladiki, bu undan mardlik, jasorat va tavakkal qilishni talab etadi.
Fransuz olimlari Mariya va Per Kyuri radioaktivlikni o‘rganish bo‘yicha xavfli eksperimentlar o‘tkazishda ongli ravishda o‘z hayotlarini xavf ostita qo‘yganlar. Ko‘pgina mikrobiolog va tibbiyotchi olimlar yangi tibbiy dori darmonlarning ta’ sirini o‘zida sinab ko‘radi. Yangi ilmiy bilimga erishish yo‘lida beg‘araz va sadoqat bilan xizmat qilishga bunday misollarni fan tarixidan ko‘plab keltirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
MirziyoevSh.Erkinvafarovon,demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent: O‘zbekiston, 2016..
Turakulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. - T.: Fan, 2006.
ChorievA., ChorievI. Pedagogikaning fanlararo bog‘liqlik metodologiyasi. – T.: Fan, 2011.
Choriev A., Choriev I. Pedagogika tarixi metodologiyasi. – T.: Fan, 2011.
To‘raqulov X.A., Hasanboev J.J., Usmanov N.O‘., Alqarov I.Sh., To‘raqulov O.X. Ilmiy tadqiqot asoslari. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2011.
Kraevskiy, V.V. Metodologiya pedagogicheskogo issledovaniya: Posobie dlya pedagoga-issledovatelya. – Samara: Izd-vo SamGPI, 1994.
Shermuhammedova N.A. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2014
Do'stlaringiz bilan baham: |