Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/301
Sana05.01.2022
Hajmi3,25 Mb.
#320260
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   301
Bog'liq
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

Tashkiliy-iqtisodiy usullar.
 Tabiiyki, butun biznes-struktura kommunikativ 
qadamlar bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi zarur. Agar tovarlar sotishda ularni sotish 
mumkin bo‘lgan tezlik baholanmagan va tovarda sotuvda bo‘lmaydigan bo‘lsa, butun 
reklama  faoliyati  samarasiz  bo‘lib  chiqadi.  Agar  kompaniya  qurilish  uchun  ruxsat 
olishga  harakat  qilayotgan  bo‘lsa,  qurilish  esa  mablag‘lar  yo‘qligi  tufayli 
boshlanmasa  –  shunchalik  mashaqkat  bilan  tashkil  qilingan  kommunikativ  kanal 
barbod  bo‘ladi.  mijozlarga  chegirmalar  tizimi  ko‘rinishida  taqdim  etiladigan  sof 
iqtisodiy foyda raqobatli ustunlikka aylanishi mumkin. 
2.
 
Axborot-reklama  usullari.
  Bu  usullar  qatoriga  yakuniy  iste’molchi  uchun 
ham  (reklama  va  h.k.), korporativ  mijozlar uchun  ham  (tijorat takliflari, taqimotlar), 


 
203 
keng jamoatchilik uchun ham mo‘ljallangan imidj va nufuzni shakllantirish bo‘yicha 
tadbirlarni kiritish lozim. Bu ATL va BTL tadbirlari butun doirasidir. 
3.
 
SHaxslararo munosabatlar  (aloqalar) o‘rnatish usullari.
 Bu  usullar tashqi 
muhit  bilan  ham,  korxona  ichida  ham  marketing  strategiyasini  amalga  oshirish, 
«ko‘maklashuvchi»  shaxslar  bilan  o‘zaro  aloqalarni  yo‘lga  qo‘yish  ularga  bog‘liq 
bo‘lgan  ish  aloqalari  etikasini  –  o‘ta  tartiblilik  va  «nozik»  kommunikativ 
texnologiyalar  talab  qiladigan  narsalarni  ko‘zda  tutadi.  Aslida  yolg‘izgina  o‘z 
sohasini  yaxshi  biladigan  «itargich»  (amaldorlar  doirasidagi  lobbichi)  oqibatda 
qolgan  barcha  tarkibiy  qismlarni  (ham  moliya,  ham  moddiy  ta’minot)  ta’minlagan 
holda  «nolinchi»  loyihaning  yagona  resursiga  aylanishi  mumkin.  Va  aksincha, 
ko‘plab  ajoyib  tarzda  (texnologik  va  moliyaviy  jihatdan)  jihozlangan  korxonalar 
korxona  egasining  shaxsiy  xususiyatlari  tufayli  rivojlanishda  to‘xtalib  qolishi 
mumkin. 
4.
  Yuridik  usullar
  –  kompaniyalarni  qo‘shib  olish  va  birlashtirish 
jarayonlarining  faollashuvi  (axborot-reklama,  tashkiliy-iqtisodiy  boshqa  jarayonlar 
bilan  birgalikda  kuzatiladigan)  ushbu  usullarni  integratsiyalangan  marketing 
kommunikatsiyalari  qurollari  qatoriga  kiritish  zarurligidan  dalolat  beradi.  IMK 
mutaxassisining  huquqiy  jihatdan  savodxonligi  ta’lim  tizimida  ko‘zda  tutilgan 
bo‘lishi lozim. 
Marketing  kommunikatsiyalari  kompleksini  tashkil  qilishning  bir  nechta 
asosiy 
tamoyillarini 
ajratib ko‘rsatish mumkin. 
1.
  Sinergizm.
  Yuqorida  sanab  o‘tilgan  barcha  omillarni  muvofiqlashtirish  va 
barcha  elementlarni  o‘zaro  qo‘llab-quvvatlashni  integratsiyalangan  marketing 
kommunikatsiyalari  tashkil  qilishning  asosiy  tamoyili  deb  hisoblash  mumkin. 
Birgalikdagi  kommunikativ  harakatlar  ularning  yig‘indisini  chiqarishdan  ko‘ra 
ko‘proq samara beradi. 
Integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarining bitta elementi– original 
distributiv  tarmoq  tashkil  qilish  orqali  marketing  strategiyasini  muvaffaqiyatli 
amalga oshirish uchun butun kommunikatsiyalar kompleksi barpo etiladi. 


 
204 
2.
 
Hamkorlik  qilish  uchun 
ochiqlik
,  ittifoq  tuzishga,  marketing  dasturlari 
byudjetlarini  optimallashtirishga  tayyorlik.  Turli  hamkorlar  bilan  gorizontal 
kommunikatsiya biznesni yanada barqaror qiladi, shu sababli hamkorlik qilish uchun 
ochiq bo‘lish zarur. 
3.
 
Tezkorlik.
  Bu  erda  gap  strategik  kommunikatsiyalar  uchun  ham  maxsus 
tashabbus  ko‘rsatilgan,  ham  beixtiyor  ravishda  yuzaga  keladigan  hodisalar  haqida 
boradi.  To‘g‘ri  ifodalangan  har  qanday  axborot  hodisa  uchun  axborotga  oid  sabab 
bo‘lishi  mumkin.  Bu  hodisa  integratsiyalangan  marketing  kommunikatsiyalari 
kompleksini shakllantirish uchun sabab bo‘lishi mumkin. Axborotga oid sabab ichki 
axborot  oqimlarining  istalgan  bo‘linmasidan  kelib  chiqishi  mumkin  (maxsus 
tashabbus ko‘rsatiladigan sabablarni aytib o‘tirmasak ham bo‘laveradi).  
4.
 
Personallashtirish.
 
Hozirgi 
kunda 
har 
qanday 
sotuvlarni 
optimallashtiradigan  ko‘plab  konsepsiyalar  ishlab  chiqilgan  (jumladan,  g‘oyalarni 
sotish  shaklida  –  muzokaralar  jarayoni  sifatida).  Nima  sotilayotgani  muhim  emas: 
g‘oyami,  xizmatmi,  asbob-uskunami  yoki  birlamchi  zarurat  predmetlarimi,  lekin 
savdo  madaniyati,  sotuv  taktikasi  va  strategiyasini  bilish  personalizatsiya 
tamoyillarini  hisobga  olgan  holda  kommunikatsiyalar  tizimini  barpo  etishda  ham, 
mutaxassis  tayyorlashda  ham  ko‘zda  tutilishi  zarur.  Zamonaviy  marketing 
munosabatlariga  xos  xususiyat  –  personalizatsiya,  har  bir  alohida  mijoz  bilan 
personal munosabatlarni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. 
Kommunikatsiyaning asosiy shakli bu reklamadir. 
Reklama  agentligi  -  bu  reklama  beruvchilar  uchun  ixtisoslashtirilgan  xizmat 
turlarini  taklif  etuvchi  vositadir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  reklama  agentligi  bu 
ijodiy  xodimlar  va  tijoratchilardan  iborat,  mustaqil  korxonadir.  U  o‘z  tovari  uchun 
xaridor  qidirayotgan  buyurtmachilarga  reklama  tayyorlaydi  va  uni  reklama 
vositalarida joylashtiradi. 
Reklama  vositalari-ommaviy  axborot  (televizor,  radio,  ro‘znoma,  jurnal), 
qaysiki  reklama  murojaatlarini  keng  tinglovchilar  ommasiga  etkazuvchi  reklama 
mutaxassislaridir.  Jurnal,  ro‘znomalar,  televidenie  va  radiostansiyalar  o‘zlarining 


 
205 
noreklama  mazmuniga  kerakli  tinglovchilarni  jalb  qiladi,  reklama  beruvchilar  esa 
ularga murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Boshqa  reklama  vositalari  esa  ma’lum  darajadagi  kishilarni  o‘ziga  jalb  etish 
maqsadida  reklama  murojaatlariga  (to‘g‘ri  aloqa  reklamasi,  maketlar,  jamoat 
transportidagi  turli  yozuvlar,  savdo  binolarini  reklama  jihatidan  bezash)  tayanadilar. 
Reklama-  bu  ommani  xabardor  qilish  usulidir.  Iste’molchilar  bilan  yaqin  aloqa 
o‘rnatishda ommaviy axborot vositalari unga yordam qiladi. 
Savdo  reklamasining  o‘ziga  xos  xususiyati  xaridorni  chorlash  va  chiqarishdan 
iborat. SHu bilan birga, savdo reklamasi aholi salomatligi yo‘lida tovarlarning ayrim 
turlarini iste’mol qilishni ko‘paytirish maqsadida ularga ta’sir o‘tkazish vositasidir. 
Xalqning  turmush darajasi osha borishi, savdoga bo‘lgan talablar kuchayishi  va 
ko‘pincha  yangi  talablar  qo‘yilishi  reklama  bilan  bog‘liqdir,  chunki  savdo  xalq 
iste’molini qondirish jarayonidir. 
Reklama  savdo  madaniyatini  oshirishga  ko‘maklashmog‘i  lozim.  Reklama 
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, xaridorlar o‘zlariga zarur tovarlarni tez topib, oson va 
ko‘p  vaqt  sarflamay  sotib  oladigan  bo‘ladilar.  SHu  tariqa  tovarni  sotish  tezlashadi, 
savdo xodimlari mehnatining samaradorligi ortadi, muomala chiqimlari kamayadi. 
Savdo reklamasi alohida hammaga ma’lum bo‘lgan ba’zi bir tovarlar to‘g‘risida 
foydali  ma’lumotlar  berish,  shu  tovarlarning  xususiyatlari,  qimmatli  jihatlari,  ularni 
ishlatish usullarini tushuntirishi kerak. 
 

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish