199
12 - BOB. KOMMUNIKATSIYA SIYOSATI
1
2
.1. Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari
Marketingda kommunikatsiya deb biz har xil auditoriyalar adresiga, shu
jumladan, xaridorlar, sotuvchilar, ta’minotchilar, aksionerlar, boshqaruv organlariga
firmadan yuboriladigan signallar majmuini tushunamiz.
Marketing kommunikatsiyalari deganda bozorda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida belgilangan bozor segmentlari bilan,
shuningdek, muloqot doiralari bilan kommunikatsiyalarni ta’minlashga imkon
beradigan texnologiya (fan, vositalar) tushuniladi.
Aynan turli marketing kommunikatsiyalarining integratsion jarayonlari
kommunikativ jarayonlarni boshqarishning turli vositalari va tamoyillarini sintez
qiladigan ochiq joriy (shuningdek, istiqboldagi) resurslardan maksimal iqtisodiy va
ijtimoiy foyda olishga qaratilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati to‘laqonli
tizimi sifatida integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalari shakllantiradi.
Kommunikatsiya faoliyatining asosiy vazifalari marketing strategiyasini amalga
oshirish maqsadida korxonaning barcha bo‘g‘inlari samaraliroq ishlashi va texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish hisoblanadi. SHu sababli qo‘yilgan vazifani
bajarish uchun korxonaning turli bo‘linmalari qalin o‘zaro aloqa qilishi zarur, bu esa,
eng avvalo, korxona ichida yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiyalarni hamda tashqi
muhit bilan kommunikatsiyalar yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun ulkan hajmdagi
xilma-xil vositalar yig‘indisini taqozo etadi. Aynan marketing makoniga kiritilganlik,
yoki marketing kommunikatsiyalari kompleksi kompaniyaning investitsion jalb
etuvchanligi va rivojlanish dinamikasini ta’minlaydigan asl qimmatini shakllantiradi.
Kommunikatsiya siyosati – bu tovarni bozorga siljitish usullari yig‘indisidir.
Kommunikatsiyaning asosiy vositalari bo‘lib pablik rileyshnz – jamoat bilan aloqa;
reklama; sotishni rag‘batlantirish; maxsus ko‘rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi.
200
Reklama- bir tomonlama ommaviy kommunikatsiyaning to‘lovli turi bo‘lib, u
aniq bir homiydan chiqib, firma faoliyatini bevosita yoki bilvosita qo‘llab-
quvvatlashga xizmat qiladi.
Shaxsiy sotuv - bu «o‘lchalik» kommunikatsiya yakka ikki tomonlama bo‘lib
(dialog) maqsadi mijozni to‘xtovsiz tarzda harakatga keltirishga undashdan iborat.
Bir vaqtning o‘zida firma uchun axborot manbai hamdir.
Savdoni avj oldirish - shaxsiy reklama va shaxsiy savdoni to‘ldiruvchi hamma
tovarni sotishni tezlashtirish va ma’lum kengaytirishga qaratilgan vaqtincha
choralarni o‘z ichiga oladi.
Jamoatchilik bilan aloqa - aniq maqsadga qaratilgan xarajatlar tashkilot va uning
turli auditoriyalari orasida, o‘zaro bir-birini tushunish va ishonchli ruhiy holat
yaratishga xizmat qiladi. Bu erdagi kommunikatsiyaning maqsadi faqat sotishgina
emas, balki firma faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamdir. Bu an’anaviy muloqot
vositalaridan tashqari quyidagi bevosita kommunikatsiya turlari: salonlar,
yarmarkalar, ko‘rgazmalar, pochta orqali tarqatish, telemarketing, kataloglar orqali
savdo ham mavjud.
Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili bo‘lib hisoblanadi.
Korxona o‘z firmasining yaxshi imijini yaratish uchun ko‘plab kommunikativ
jarayonlar bilan o‘zaro kelishishga majburdir. Korxona tovar bilan raqobatlashib
kommunikativ raqobatga chuqurroq, ya’ni bozorni muhimroq maqsadli segmenti va
xaridorlari e’tiborini erishishga kurashib jalb etiladi.
Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga oluvchi
faqat kompleks yondashish imkoniyati qo‘yiladi. Buning uchun korxonadan
tadbirkorlikning integratsiyalangan kommunikativ konsepsiyasini yaratish va
rivojlantirish talab qilinadi.
Integratsiyalangan
kommunikativ
jarayonning
xususiyati
bo‘lib,
kommunikatsiya vosita va jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turli-tumanligi
hisoblanadi.
201
Do'stlaringiz bilan baham: |