Tovar bozori
— tovarning (shu jumladan bir-birining o‘rnini bosadigan
tovarning) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala
doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos
kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki
realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Moliya bozori
— banklar hamda boshqa kredit, sug‘urta va o‘zga moliya
tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli
qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi
hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston
Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur
17
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risidagi” Qonuni.
220
muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko‘rsatish imkoniyati mavjud
bo‘ladi.
Mazkur qonunning maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, hozirgi vaqtda mulk turi har-xil
bo‘lgan, lekin ishlab chiqarayotgan mahsuloti bir xil bo‘lgan korxonalar (firmalar)
o‘rtasidagi musobaqani qonuniylashtirish va insofsiz raqobatni cheklashdan iborat.
Ushbu qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar sub’ektlariga nisbatan bu
qoidalarning qo‘llanilishi mazkur sub’ektlarning o‘ziga xos vazifalari bajarilishini
cheklab qo‘ymaydigan holatlarda tadbiq etiladi.
Raqobat umumijtimoiy kategoriya bo‘lib, ijtimoiy jarayonlar qatnashchilari
o‘rtasidagi yaxshiroq yashash sharoiti uchun bo‘ladigan kurashni anglatadi. U
kishilik jamiyati hayotining hamma jabhalariga xos bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi o‘z
imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish, ayrim sohalarda o‘z ustunliklarini namoyon
qilish, farovonroq hayot kechirish, jamoa o‘rtasida obro‘liroq bo‘lish uchun bo‘lgan
qurashni aks ettiradi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshqa faoliyatlarning asosini
tashkil qilgani uchun kishilik jamiyati hayotida iqtisodiy sohadagi raqobat muhim rol
o‘ynaydi. Iqtisodiy sohadagi raqobat ishlab chiqarish munosabatlarining sub’ektlari
(ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar, tadbirkorlar, yollanma ishchilar va hokazolar)
o‘rtasida qulayroq ishlab chiqarish sharoiti (arzon ishlab chiqarish resurslari va
ishchi kuchi)ga ega bo‘lish unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo‘lga
olish, umuman, yuqori daromad olish imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan
iborat.
Iqtisoddagi raqobat ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, yaxshi daromad ko‘rish, o‘z
qobiliyatini to‘laroq ishga solish, o‘zi mashg‘ul ishni rivojlantirish, o‘z sohasida
imijga ega bo‘lish uchun kurashni bildiradi.
Bozor raqobatini yuzaga keltiruvchi bir necha omillar ta’sirini ko‘rsatish zarur.
Bu omillarni 3 ta guruhga ajratish mumkin(13.1-rasm):
•
iste’molchilar doirasining cheklanganligi;
•
resurslarning cheklanganligi;
•
mahsulotlarni siljitishdagi cheklanganlik.
221
Do'stlaringiz bilan baham: |