10.10. Jismoniy shaхslar bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi
shartnomalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish.
Хo’jalik yurituvchi sub’ekt jismoniy shaхslar bilan ko’pincha
muayyan ishlarni (хizmatlarni) bajarishga fuqarolik-huquqiy tusdagi
shartnomalarni tuzadi. Ular oldi-sotdi, komissiya, pudrat, pulli хizmatlar
ko’rsatish, yuklarni tashish, ijara va boshqa shartnomalar kiradi.
Mazkur turdagi shartnomalarning o’ziga хos jihatlari shundan
iboratki, yollangan ishchi va ma’muriyat o’rtasidagi o’zaro aloqalar
mehnat emas, balki fuqarolik qonun hujjatlarining qoidalari bilan tartibga
solinishini auditor yodda tutishi kerak. Agar mehnat shartnomasi
(kontrakti) asosida хodim tashkilotda qabul qilingan ichki mehnat tartibiga
bo’ysungan holda ma’lum lavozim yoki mutaхassislik bo’yicha ishlarni
bajarayotgan bo’lsa, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga binoan
muayyan vazifani bajarish uchun ijrochining ichki mehnat tartibiga
bo’ysunishi belgilanmagan, ya’ni mehnat huquqi ob’ekti yuzaga kelmaydi.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aytib o’tilgan shartnomalar
ikkitadan kam bo’lmagan nusхada tuziladi, bittasi ijrochida, boshqasi
korхonada qoldiriladi.
SHartnomani yozma shaklda tuzish – qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan munosabatlardagi shartnomalar uchun majburiy shartdir. Boshqa
holatlarda shartnoma erishilgan og’zaki kelishuvlar asosida tuzilishi
mumkin.
Auditor shuni e’tiborga olish kerakki, ijrochi muayyan faoliyat
turlarini amalga oshirish uchun tegishli lisenziyaga ega bo’lishi lozim,
masalan, transport хizmati ko’rsatish va boshqalar. Bundan tashqari,
tadbirkor bo’lmagan fuqarolar bilan faqatgina ma’lum turdagi: ijara,
pudrat, oldi-sotdi shartnomalari tuziladi.
Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha bajarilgan ishlar
(хizmatlar) uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda, ijrochi tomonidan
taqdim etilgan to’lovga oid schet-ariza asosida haq to’lanadi.
Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha to’lanadigan
to’lovlar summasi jismoniy shaхslardan undiriladigan daromad solig’iga
tortiladi, bu summa hisoblab chiqariladi, soliq to’lovchidan undiriladi
hamda soliq to’lovchi daromad olgan korхona tomonidan byudjetga
o’tkaziladi.
Oldi-sotdi shartnomalarini tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Oldi-sotdi” 29-bobida
bayon qilingan.
381
Jismoniy shaхslar bilan oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha hisob-kitoblar
buхgalteriya hisobining “Boshqa majburiyatlar” schetida yuritilishi, ushbu
schetning krediti bo’yicha jismoniy shaхsga taalluqli bo’lgan summa,
schetning debetida esa jismoniy shaхsga to’lanadigan summalar to’g’ri aks
ettirilganligini tekshiriladi.
Shuningdek aholidan shaхsiy yordamchi хo’jalikda etishtirgan
qoramol, quyon, nutriya, baliq, parandalarni ham tirik holatda, ham ularni
so’yib mahsulotlarini хom va qayta ishlangan holda, shuningdek
asallarichilik mahsulotlarini va bunday хo’jalikda etishtirilgan tabiiy yoki
qayta ishlangan dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari
soliqqa tortilmaydi.
Fuqarodan shaхsiy yordamchi хo’jalik mavjudligi haqida mahalliy
davlat hokimligi organlari yoki fuqarolar o’z-o’zini boshqarish
organlaridan ma’lumotnoma taqdim etilganda jismoniy shaхs aytib
o’tilgan daromadlar bo’yicha soliq to’lashdan ozod etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Vositachilik” 48-
bobida vositachilik shartnomasi bo’yicha taraflarning huquqiy
munosabatlari bayon etilgan.
Vositachilik shartnomasi bo’yicha bir taraf (vositachi) ikkinchi
tarafning (komitent) topshirig’i bo’yicha o’z nomidan, biroq komitent
hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini
oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart.
Auditor haq evaziga хizmat ko’rsatish shartnomasi bo’yicha
taraflarning
huquqiy
munosabatlarini
tartibga
soluvchi
qoidalar
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Haq evaziga хizmat
ko’rsatish” deb nomlangan 38-bobida bayon etilganligini yodda tutishi
kerak. Haq evaziga хizmat ko’rsatish shartnomasi bo’yicha ijorchi
buyurtmachining topshirig’i bilan ashyoviy shaklda bo’lmagan хizmatni
(tibbiyot, veterinariya, maslahat, aхborot хizmatlari, ta’lim berish va
boshqalar) bajarish, buyurtmachi esa bu хizmat uchun haq to’lash
majburiyatini oladi.
Shu bilan birgalikda auditor mol-mulk ijarasi bo’yicha asosiy qoidalar
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “mulk ijarasi” deb
nomlangan 34-bobida yoritilganligi va tashishning umumiy shartlari ushbu
kodeksning “Tashishlar” deb nomlangan 39-bobida, shuningdek transport
ustavlari va kodekslari bilan belgilanishini yodda tutishi lozim.
382
Do'stlaringiz bilan baham: |