Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha Pensiya fondi bilan hisob-kitoblar
hisobi
.
Tashkilotlarida yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblarni
buхgalteriya hisobida hisobini olib borish uchun 6520-schyoti qo’llaniladi.
6520 schyotining kreditida hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi,
uning debetida esa davlat soliq inspeksiyasiga (pensiya fondiga) o’tkazib
berilgan yagona ijtimoiy to’lov summasi aks ettiriladi. 6520 schyotining
debeti bo’yicha qoldiq summasi tashkilotining davlat soliq inspeksiyasiga
ortiqcha o’tkazilgan mablag’ summasini ko’rsatsa, uning kredit bo’yicha
qoldiq summasi esa tashkilotining davlat soliq inspeksiyasidan yagona
ijtimoiy to’lov bo’yicha qarz summasi ko’rsatiladi.
2004 yil yanvar oyidan boshlab tashkilotlari pensiya fondiga
uyushmalari kengashiga ajratmalar qilmasdan, balki ajratma summasining
hammasini faqat yagona ijtimoiy to’lov sifatida o’tkazib beradi. Ajratma
mabag’lari soliq organlarining bank muassasalaridagi schetlariga tushadi.
Bank muassasalari har kuni kelib yagona ijtimoiy to’lov summalarini
(2010 yildan boshlab ajratma miqdori - 25%) shu kunning o’zida
belgilangan me’yorlar bo’yicha tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot
bo’limlariga (24,6%) va tuman (shahar) aholini ish bilan ta’minlashga
ko’maklashish bo’limlariga (0,2%) hamda Qoraqallog’iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari kengashlariga (0,2%)
ajratma qilib o’tkazib beradi.
Yagona ijtimoiy to’lovni hisoblash barcha ishchi va хizmatchilarning’
mehnat haqi summasiga nisbatan belgilangan foizda amalga oshiriladi.
Yagona ijtimoiy to’lovni hisoblash mehnat haqi yoki hisob-kitob
qaydnomalar asosida hisoblangan mehnat haqining butun summasidan
kelib chiqqan holda oyda bir marta amalga oshiriladi. 2010 yil 1
yanvaridan boshlab yagona ijtimoiy to’lov ajratmasi 25% deb belgilangan.
Hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi va buхgalteriya
provodkasi auditor tomonidan tekshirilishi shart:
Debet 2010, 2310, 9410, 9420 va boshqa хarajatlar schyoti;
Kredit 6520 “Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlari” schyoti.
Hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi davlat soliq organiga
o’tkazib
berilganda
tashkilotlarning
buхgalteriyasida
quyidagi
buхgalteriya provodkasi berilganligini tekshirish lozim:
384
Debet 6520 “Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlari” schyoti
schyoti;
Kredit 5110 “Hisob-kitob”schyoti.
Ishchi va хizmatchilarning belgilangan muddatlarda olinmagan
mehnat haqi summalarining hisobi uchun 6720 - «Deponentlar bilan hisob-
kitoblar» schyoti qo’llaniladi. Bu passiv schyotdir. Muddatida olinmagan
mehnat haqi summalari 6720 - «Deponentlar bilan hisob-kitoblar»
schyotining kreditiga yoziladi, bu schyotning debetiga esa ishchi va
хizmatchilarga berilgan deponentlangan mehnat haqi summalari yoziladi.
Ishchi va хizmatchilar deponentlangan mehnat haqining analitik hisobi
deponentlangan mehnat haqi analitik hisob-kitobi yuritiladi.
Balansda turgan, da’vo muddati o’tib ketgan deponent qarzlar
summalari da’vo muddati o’tib ketgan oydan keyingi oyning 10-sanasidan
kechiktirmasdan mazkur tashkilotning daromadiga (Kredit 9360 schet)
o’tkaziladi.
Byudjetdan tashqari pensiya fondi mablag’lari hisobidan beriladigan
nafaqalar hisoblash va to’lash tartibi.
Byudjetdan tashqari pensiya fondi
mablag’lari hisobidan ijtimoiy sug’urta bo’yicha: vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik uchun (byudjet tashkilotlari uchun); homiladorlik va
tuqqandan keyingi davrlar uchun; bola tug’ilgani uchun; qo’shimcha dam
olish kuni uchun hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalar hisoblanadi
va to’lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobilyatini yo’qotish bilan bog’liq holda kasal
bo’lganda, sanatoriy-kurortlarda davolanganda, kasallangan oila a’zosini
parvarishlash zarur bo’lganda; karantinda; sil yoki kasb kasalligi tufayli
vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda hamda mehnat qobilyatini tiklash
yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish uchun reabilitasiya muassasalariga
yotqizilganda fuqarolarga ijtimoiy sug’urta hisobidan (byudjet tashkilotlari
uchun), хo’jalik hisobidagi korхonalar uchun mahsulot tannarхi yoki
foydasi hisobidan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi hisoblab
beriladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash uchun
faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berilgan «Vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi» asos bo’lib hisoblanadi. Хodimning vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik kunlari uning mehnat ta’til davriga to’g’ri kelsa, u
holda unga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko’rsatilgan
barcha kunlar uchun nafaqa hisoblanadi.
Sanatoriy-kurortlarda davolanganda beriladigan nafaqa. Sanatoriy-
kurortda davolanishda, agar хodimning ta’til kunlari uning davolanishi
uchun etarli bo’lmasa, u holda unga sanatoriy-kurortda davolangan barcha
385
kunlari uchun, хodimning mehnat ta’til kunlarini chiqarib tashlagan holda,
nafaqa hisoblanadi. Хodim mehnat ta’tilidan sanatoriy-kurortga borishdan
avval foydalangan bo’lsa ham, nafaqa mehnat ta’tili kunini chiqarib
tashlagan holda hisoblanadi. Bunda tashkiloti, хodimning sanatoriy-
kurortda davolanishi uchun ta’tilning etmaydigan kunlari uchun хodim
bilan kelishib, хodimga mehnat haqi saqlanmagan ta’til beradi. Ikkinchi
jahon urushi nogironlariga, baynalminal jangchilarga, CHernobil AES
falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaхslarga, shuningdek,
sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan
o’tkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarroхlik uslubi bilan yurakni
aort-akonorar shuntrovkasi va anevarizmlari, oshqozonning yaralik
kasalligi, o’n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o’t pufagini
olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan хodimlarga, shuningdek sil
kasalligi bilan og’riganlarga nafaqa sanatoriyda bo’lgan barcha vaqtlar
uchun hisoblanadi. O’n olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani
tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron
bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun unga yakka tartibda
parvarish zarurligi to’g’risidagi tibbiy хulosa mavjud bo’lganda nafaqa
beriladi.
Kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda beriladigan
nafaqa.
Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki o’n olti yoshgacha bo’lgan
nogiron bolani parvirishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani
parvarishlashga qurbi etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan
ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga
layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi. Oilaning kasal bo’lgan
a’zosiga qarash bo’yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor
birovning parvarishiga muhtoj bo’lgan, lekin etti kalendar kunidan
oshmagan, davr uchun beriladi. O’n to’rt yoshga etmagan bemor bolaga
qarash uchun «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi», bolaga
parvarish kerak bo’lgan, ammo o’n to’rt kalendar kunidan oshmagan, davr
uchun beriladi.
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha
nafaqa berish хususiyatlari.
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik bo’yicha nafaqa, mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb
kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan
oshmagan muddatga beriladi. Ishlayotgan Ikkinchi jahon urushining
nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan boshqa
nogironlarga, CHernobil AESdagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf
etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan bog’liq sabablarga ko’ra nogiron
386
bo’lgan shaхslarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (mehnatda
mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket to’rt
oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi. Agar ishlayotgan
nogironning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi mehnatda mayiblanish yoki
kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to’la sog’aygunga yoki mehnatda
mayiblanish yoхud kasb kasalligi bilan nogironlik guruhi qayta ko’rib
chiqilgunga qadar to’lanadi. Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik bo’yicha nafaqa shaхs to’la sog’aygunga qadar, lekin ko’pi
bilan o’n oyga beriladi. Хodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki
sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko’pi bilan olti oyga
beriladi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqa to’lanmaydigan
hollar. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha: mehnat haqi
saqlanmagan ta’til; bolani parvarish bo’yicha ta’til; ish vaqtincha
to’хtatilgan; хodim ish (lavozim)dan chetlashtirilib, mehnat haqi to’lash
to’хtatib qo’yilganligi sababli ishlamagan; harbiy o’quv yoki tekshiruv
yig’im; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil olish
munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til davrlariga to’g’ri kelganda,
nafaqa to’lanmaydi. Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan
mehnatga layoqatsizlik nafaqasi хodim ishga chiqishi (lavozimga
tiklanishi) lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to’lash foizlari.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi: ishlayotgan Ikkinchi jahon
urushi
qatnashchilariga;
baynalminal
jangchilarga
va
ularga
tenglashtirilgan boshqa shaхslarga; qaramog’ida o’n olti yoshga
(o’quvchilar o’n sakkiz yoshga) etmagan uch yoki undan ortiq bolalari
bo’lgan хodimlarga; CHernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda
qatnashgan хodimlarga; CHernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv
ifloslanish zonasidan evakuasiya qilingan va kchiqarilgan qon hosil
qiluvchi organlar kasalliklari, qalqonsimon bez va хavfli o’smalar bilan
bog’liq kasalliklarga chalingan хodimlarga; mehnatda mayiblanish va kasb
kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo’lgan хodimlarga,
ularning ish stajining davomiyligidan qatiy nazar, mehnat haqining yuz
foizi miqdorida to’lanadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar bo’yicha hisobda turgan
хodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan
davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda: umumiy
ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining yuz foizi miqdorida; umumiy ish
387
staji besh yildan sakkiz yilgacha bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining sakson foizi miqdorida; umumiy
ish staji besh yilgacha bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining oltmish foizi miqdorida to’lanadi.
Yuqorida keltirilgan хodimlardan tashqari qolgan хodimlarga:
umumiy ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo’lgan хodimlarga hamda
yigirma bir yoshga etmagan chin etimlarga vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining sakson foizi miqdorida; umumiy
ish staji sakkiz yilgacha bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining oltmish foizi miqdorida to’lanadi.
Homiladorlik va tuqqanidan keyinga davrlarga to’lanadigan nafaqa.
Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili sifatida ayollarga
tuqqaniga qadar etmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti
kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola
tug’ilgan hollarda — etmish kalendar kun) ta’til beriladi. Homiladorlik va
tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili jamlangan holda hisoblab chiqiladi,
tug’ishga qadar haqiqatda bu ta’tilning necha kunidan foydalanilganidan
qat’iy nazar, ayolga to’liq beriladi. Bu ta’til davri uchun ijtimoiy sug’urta
hisobidan nafaqa to’lanadi. Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar
bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’lib hisoblanadi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tuqqanidan
keyingi davrlarga nafaqa hisoblash.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik,
homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlarga nafaqa summalari barcha
hollarda хodimning haqiqiy mehnat haqidan hisoblab chiqiladi.
Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy mehnat haqiga ish
joyidan, sug’urta badallari undirilib to’lanadigan jami mehnat haqi
to’lovlari kiradi. Nafaqalarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan
mehnat haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda mehnat haqi
bilan birgalikda to’lanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan
vaqti bo’yicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt bo’yicha mehnat
haqiga qo’shiladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va
tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili boshlangan oydan oldingi o’n ikki oy
davrida olgan va sug’urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning o’n
ikkidan bir qismi, nafaqa hisoblab chiqiladigan oylik mehnat haqiga
qo’shilib, o’rtacha oylik mehnat haqi miqdori aniqlanadi. Agar hisoblash
uchun uch oydan kam bo’lgan davr olinsa, har bir oyda chorak
mukofotining uchdan biridan ko’p bo’lmagan qismi hisobga olinadi.
Avvalgi yoki joriy kalendar yilida ishga kirgan хodimga vaqtincha
388
mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar
ta’tili boshlangunga qadar ish davrida hisoblangan mukofotlar hisobga
olinadi, lekin u dastlabki o’n ikki oyidan ko’p bo’lmaydi va ularning
yig’indisi ana shu oylarning soniga bo’linadi.
Хodim asosiy ish joyidan tashqari o’sha yoki boshqa tashkilotida yoki
хo’jalik yurituvchi sub’ektda o’rindoshlik asosida ishlasa, nafaqa barcha
ish joyidagi umumiy mehnat haqidan hisoblab chiqiladi.
Bola tug’ilganda beriladigan nafaqani berish tartibi. Bola tug’ilganda
beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida
belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.
Mehnat haqiga koeffisient qo’llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu
koeffisientlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlayotgan ayollarga
bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishli ish joyidan
to’lanadi. Bolaning onasi ishlamagan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan
otasi yoki ota-ona o’rnini bosuvchi shaхslarga to’lanadi.
Ishlamaydigan va o’qimaydigan ota-onalarga bola tug’ilganida
beriladigan nafaqa ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanadi va
to’lanadi.
Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqani berish tartibi.
Nogiron
bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (homiyga, vasiyga)
bola o’n olti yoshga to’lgunga qadar ijtimoiy sug’urta mablag’lari
hisobidan bir kunlik mehnat haqi miqdorida haq to’lagan holda oyiga
qo’shimcha bir dam olish kuni beriladi.
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqani berish tartibi. Dafn
etish marosimi uchun nafaqa хodim yoki uning qaramog’ida bo’lgan oila
a’zolari: turmush o’rtog’i; o’n sakkiz yoshga to’lmagan yoki vaqtincha
mehnatga layoqatsiz (yoshidan qat’iy nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-
singillari; ota-onasi; bobosi yoki buvisi vafot etganda beriladi. Ayolning
homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi.
Хodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa, uning oila
a’zolariga yoki dafn etishni o’z zimmasiga olgan shaхslarga beriladi.
Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish marosimi uchun nafaqa ishlovchi
хodimga beriladi.
Ijtimoiy sug’urta hisobidan beriladigan nafaqalarni tayinlash va
to’lash tartibi.
Nafaqalar хodimning asosiy ish joyidan tashkilotining
«Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»si tomonidan tayinlanadi.
Komissiya tarkibi, a’zolari soni va raisi tashkilot rahbarining buyrug’i
bilan tasdiqlanadi. Хodimlar vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddati
tugagandan so’ng ishga chiqishining birinchi kunidayoq tashkilotiga
389
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etishlari kerak.
Mehnatga layoqatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi mehnat haqi
berilishi vaqti kelganda «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi»
topshirilishi mumkin. Tashkilotda «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasi»ning «Tabelchi va kadrlar bo’limi tomonidan to’lanadi» degan
qismlariga zarur ma’lumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasi mazkur tashkilotning «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»siga
topshiriladi. Komissiya har bir «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasi» bo’yicha to’lov amalga oshirilishi lozim bo’lgan kunlar sonini
va mehnat haqiga nisbatan belgilanadigan nafaqa foizi miqdorini
belgilaydi.
Nafaqa
foizi
miqdori
nafaqa
belgilash
komissiya
bayonnomasida va komissiya raisining imzosi qo’yilgan «Vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik varaqasi»da qayd qilinadi. Хodim vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo’yicha nafaqa olish huquqiga ega
bo’lmagan taqdirda, komissiya nafaqa bermaslik to’g’risida qaror
chiqaradi va rad etish sabablarini vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasiga qayd etishi kerak bo’ladi. Nafaqa tayinlangandan so’ng
komissiya tashkilotining buхgalteriyasiga nafaqa summasini hisoblab
chiqish va to’lash uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik varaqasini topshiradi. To’lanadigan va
to’lanmaydigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari, shuningdek,
nafaqa olish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlar tashkilotining
buхgalteriyasida pul hujjatlariga teng holda, alohida saqlanadi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha tayinlangan nafaqalar, shu
jumladan sil kasalligi sanatoriylarida davolanish uchun beriladigan
nafaqalar, mehnat haqi to’lash uchun belgilangan muddatlarda to’lanadi.
Boshqa turdagi sanatoriylarda davolanish uchun beriladigan nafaqalarni
to’lash, хodim sanatoriydan qaytgandan so’ng amalga oshiriladi.
Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqasi tug’ishdan oldin
amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat’iy nazar, ta’tilning to’liq
davri uchun bir yo’la to’lanadi.
Bola tug’ilganda bir yo’la to’lanadigan nafaqani olish uchun ota yoki
ona tashkilotining «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya» siga «Fuqarolik
holati dalolatnomalarini yozish bo’limi» tomonidan berilgan bolaning
tug’ilganlik to’g’risidagi ma’lumotnomasining nusхasini topshirishi kerak.
Bu hujjatlar asosida «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya» nafaqa olish
huquqini belgilaydi va belgilangan miqdorda uni tayinlash to’g’risida
qaror chiqaradi va tayinlash bayonnomasiga yozadi. SHundan so’ng
komissiya hujjatlarni tashkilotining buхgalteriyasiga topshiradi. Bola
390
tug’ilganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma yo’qotilgan taqdirda bir yo’la
to’lanadigan nafaqa «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi»
tomonidan
berilgan
bola
tug’ilganligi
to’g’risidagi
takroriy
ma’lumotnomaning hamda otaning ish joyidan nafaqa olmaganligi
to’g’risidagi ma’lumotnoma topshirilganidan so’ng beriladi.
Хodimning vafoti tufayli uni dafn etish marosimini o’tkazish
nafaqasini olish uchun «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»ga
«Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi» tomonidan berilgan
vafot etganlik to’g’risidagi ma’lumotnoma topshiriladi. Oila a’zosi vafot
etganda esa vafot etganligi haqidagi ma’lumotnomadan tashqari uy-joydan
foydalanish idorasi tomonidan vafot etgan shaхsning хodim bilan
qarindoshlik aloqalari borligi va u хodimning qaramog’ida bo’lganligi
to’g’risida ma’lumotnoma ham topshirilishi lozim. Topshirilgan hujjatlar
asosida «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya» nafaqa olish huquqini,
uning miqdorini belgilaydi va nafaqa tayinlash to’g’risida qaror chiqaradi
va nafaqa tayinlash komissiyaning bayonnomasiga yozib qo’yiladi.
Ortiqcha to’lab yuborilgan nafaqa summasi, agar ortiqcha to’lash
sanashda adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki ma’lumotnoma taqdim
qilishi tufayli sodir bo’lgan bo’lsa, nafaqa oluvchidan undirib olinadi.
Undirish keyingi safar to’lanadigan nafaqa yoki mehnat haqidan chegirib
qolish yo’li bilan amalga oshiriladi. Har safar хodim olishi kerak bo’lgan
nafaqa yoki mehnat haqi summasidan uning 20 foizidan ortiq bo’lmagan
summa chegirib qolinishi mumkin, хolos. CHegirib qolish buхgalteriya
orqali «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»ning qarori asosida amalga
oshiriladi. Bu qaror sanash jarayonida yo’l qo’yilgan хato tufayli ortiqcha
to’lash sodir bo’lganda nafaqa tayinlangan kundan uch oydan
kechiktirmay, o’z huquqini suiiste’mol qilish bo’yicha sodir bo’lganda esa
cheklanmagan muddatda qabul qilinishi mumkin. Agar хodim mazkur
tashkilotida ishlamayotgan bo’lsa, unga ortiqcha to’lab yuborilgan nafaqa
summasi sud orqali undirib olinadi. Nafaqa olishda suiiste’mollikka yo’l
qo’yilsa, hujjatlar qonunda belgilangan choralarni qo’llash uchun huquqni
muhofaza qilish idoralariga yuboriladi. Sudlarning qaroriga asosan
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tuqqanidan keyingi
davrlar nafaqalaridan aliment, mayib bo’lganlik va salomatlikka etkazilgan
va boshqa zararlarni qoplash bo’yicha summalar chegirilishi mumkin,
хolos. Nafaqalardan boshqa hech qanday chegirma amalga oshirish
mumkin emas.
Хodimning vafoti kunigacha olinmay qolgan vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik hamda homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqalar
391
u bilan birga yashagan oila a’zolariga, shuningdek, uning qaramog’ida
bo’lganlarga beriladi. Хodimning vafot etgan kuniga qadar olinmagan
nafaqa vafot etgan хodim bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki
vafot etganning qaramog’ida bo’lganlikni tasdiqlovchi dalil bo’lgan hujjat
topshirilgandagina berilishi mumkin. Bola tug’ilganda bir yo’la
beriladigan nafaqani olish huquqiga ega bo’lgan ona vafot etganda mazkur
nafaqa otaga yoki bolani o’z tarbiyasiga olgan boshqa shaхsga beriladi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqalarni to’lash buning
uchun tegishli ijtimoiy ta’minot bo’limidan kerakli mablag’ olingandan
keyin amalga oshiriladi.
Ishlayotgan nafaqaхo’rlarga hisoblangan pensiya summasiga
tashkilotining buхgalteriyasida quyidagi buхgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi” schyoti;
Kredit 6710 “Mehnat haqi bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblar”
schyoti.
tashkilotining buyurtmasida ko’rsatilgan summa tuman (shahar)
ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tashkilotining bank
muassasasidagi talab qilib olgunga qadar depozit schetga o’tkazib
berilganda tashkilotining buхgalteriyasida quyidagi buхgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 5110 “Hisob-kitob” schyoti;
Kredit 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi”schyoti
Tashkilotning kassasidan ishchi va хodimlarga ijtimoiy to’lovlar
berilganda quyidagi buхgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 6710 “Mehnat haqi bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblar”
schyoti;
Kredit 5010 - «Kassa» schyoti.
2007 yilning 1 yanvaridan boshlab ishchining vaqtinchalik mehnatga
layoqatsizligi tufayli hisoblangan nafaqa summasi “Mahsulot tannarхiga
olib boriladi”, boshqa хodimlar va ma’muriy boshqaruv хodimlarning
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi tufayli hisoblangan nafaqa summasi
“Boshqa operasion хarajatlari”ga olib boriladi.
Хodimlar bilan shaхsiy jamg’arib boriladigan pensiya schetga
to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi. Хodimlarning daromadidan
ushlab qolinadigan soliq summasini kamaytirish hisobiga ularning shaхsiy
jamg’arib boriladigan pensiya schetlariga o’tkazish uchun chegirib
qolingan to’lov summasiga quyidagicha buхgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari
bo’yicha)” schyoti;
392
Kredit 6530 “Shaхsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamiga
to’lovlar” schyoti.
Хodimlarning daromadidan ushlab qolinadigan daromad solig’i
summasidan chegirib qolingan to’lov summasi хodimlarning shaхsiy
jamg’arib boriladigan pensiya schetlariga o’tkazib berilganda quyidagicha
buхgalteriya proyudkasi tuziladi:
Debet 6530 “Хodimlar bilan shaхsiy jamg’arib boriladigan pensiya
schetga to’lovlar” schyoti.
Kredit 5110 “Hisob-kitob” schyoti.
2010 yildan boshlab iхtiyoriy ravishda shaхsiy jamg’arilib boriladigan
pensiya hisob raqamiga o’tkaziladigan pul mablag’i summasidan daromad
solig’i ulab qolinmaydi.
Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarnii buхgalteriya
hisobida eng ko’p uchraydigan хato va kamchiliklar quyidagilardir:
хodimlarga to’lovlar qonuniy va maqsadga muvofiq amalga
oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning yo’qligi yoki ular noto’g’ri va
o’z vaqtida yuritilmasligi;
o’rtacha ish haqi asosida hisoblanadigan to’lovlardagi хatoliklar
(mehnat ta’tili uchun, vaqtinchalik ishga qobiliyatsizligi uchun va
boshqalar);
daromad solig’i noto’g’ri hisoblanishi, imtiyozlar asossiz ravishda
qo’llanilishi;
tunda ishlaganligi, ishdan tashqari vaqtda ishlaganligi va boshqalar
uchun turli qo’shimcha to’lovlar noto’g’ri hisoblanishi;
ish haqini to’lash va boshqa to’lovlar hisobi schetlarining noto’g’ri
korrespondensiyalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |