246
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida tegishli ma’lumot, kasb-kor
tayyorgarligi va yuksak ahloqiy fazilatlarni o’zida namoyon eta olgan pedagogik
faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega shaxslar faoliyat yuritadi. Sud hukmi bilan
pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish taqiqlangan shaxslarga bu turdagi ta’lim
muassasalarida ishlashga ruxsat etilmaydi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o’quv-uslubiy va ilmiy
rahbarlik qilish, DTSni ishlab chiqish va joriy etish, o’quv ta’lim va kasb-hunar
dasturlarini birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash va
qayta tayyorlash Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi (O’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari,
idoralar va korxonalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shuningdek, tarmoq
vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar
tashabbusi bilan tashkil etilgan kasb-hunar kollejlari ular tomonidan o’quv va
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda moddiy va moliyaviy qo’llab-quvvatlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari hamda Sog’liqni saqlash
vazirliklari, Badiiy akademiya kasb-hunar kollejlari ularning tasarrufida bo’ladi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi bevosita direktor tomonidan
boshqariladi. U ta’lim muassasasining faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
Akademik litseylar va kasb-hunar
kollejlarida, shuningdek, vakolatli (kollegial) organ
– pedagogika Kengashi tashkil etiladi. Mazkur Kengash muayyan huquqlarga ega
bo’lib, bu huquqlar ta’lim muassasalarining Ustavi bilan belgilanadi. Ta’lim
muassasalarida jamoatchilik boshqaruvi organi – Vasiylik kengashi ham tuzilishi
mumkin.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining faoliyatini mablag’ bilan
ta’minlash amaldagi qonunchilikka muvofiq quyidagi manbalar asosida
shakllantiriladi: byudjet mablag’lari; balansida o’quv yurtlari turgan vazirliklar,
idoralar,
korporatsiyalar,
uyushmalar,
korxonalarning
mablag’lari;
ta’lim
muassasasining Ustavda ko’rsatilgan ta’lim xizmatlari (ilmiy-pedagogik faoliyat,
ishlab chiqarish faoliyati, faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish)dan olingan
daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ehsonlari, maqsadli badallari;
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari O’zbekiston Respublikasining
tegishli davlatlar yoki hukumatlararo bitimlari asosida xalqaro hamkorlikni amalga
oshiradi. Shuning ular respublika qonunchiligi asoslari va o’z Ustaviga muvofiq
vakolatlari doirasidagi masalalar bo’yicha xorijiy mutaxssislar bilan sheriklik qilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: