Iqtisodiy ta’lim
–
o’quvchilarga iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy
faoliyatni samarali tashkil etishga doir nazariy bilimlarni berishga yo’naltirilgan
ta’lim turi.
Iqtisodiyot nazariyasi
– ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab
chiqarish kuchlarining xalq xo’jaligining mavjud holatiga muvofiq kelishi, iqtisodiy
munosabatlar jarayonining umumiy asoslarini tadqiq qiluvchi fan.
Iroda
–
shaxsning aniq maqsad sari ongli ravishda olg’a intilishi, zo’r berib
harakat qilishi. Mavjud ilmiy bilimlarni puxta egallash, o’zida eng yuksak ma’naviy-
axloqiy sifatlarni tarkib toptirish uchun shaxs irodali bo’la olishi lozim. Irodaga
egalik, shuningdek, turli hayotiy vaziyatlarda o’zini tuta olish, muvaffaqiyatsizlik
yoki omadsizlikka uchraganda ruhiy jihatdan tushkunlikka tushmaslik, aslida bu
holatlar ham inson hayotining bir qismi ekanligini to’g’ri tushunishga imkoniyat
yaratadi. Shu sababli shaxsning irodali bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Axborot
oqimi kuchli, chetdan yuborilayotgan salbiy ruhiy omillar soni ham tobora ortib
borayotgan mavjud sharoitda o’quvchilarda irodani tarbiyalashga jiddiy e’tibor
qaratish yanada dolzarblik kasb etmoqda.
O’quvchilarda irodani shakllantirish uchun, eng avvalo, ularning hayotiy
maqsadlar haqidagi tushunchalarga ega bo’lishlarini ta’minlash, o’z oldilariga oliy
hayotiy maqsadlar (m: jamiyat va xalq uchun manfaat keltiradigan faoliyatni tashkil
etish, tinchlikni himoya qilish, har qanday urush harakatlariga nisbatan nafrat bildira
89
olish, Vatan manfaati uchun kurashish, umumbashariy ekologik xavfning oldini
olishga ozgina bo’lsa-da, o’z hissasini qo’shish, jamoa sha’nini himoya qilish va
h.k.)ni qo’ya olishga o’rgatish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar yoshlikdanoq oliy
va tor, biqiq, xudbinona maqsadlar (nima qilib bo’lsa-da, guruhda birinchi bo’lish,
qanday yo’l bilan bo’lsa-da, manfaatli lavozimni egallash, qiyin vaziyatlarda jamoa
a’zolari to’g’risida emas, balki o’zi haqida o’ylash, ma’lum jarayonlarda
javobgarlikni o’z zimmasidan soqit qilish, “hech kim menga tegmasa bo’ldi” qabilida
hayot kechirish va b.)ni farqlashga o’rganishlari lozim.
Iroda go’daklik davrida ko’zga tashlanadigan ixtiyorsiz faollik negizida
shakllanadi. Bu davrda go’dak tashqi ta’sirlarga ixtiyorsiz ravishda, o’ylab
o’tirmagan holda qarshilik ko’rsatadi. Uning salbiy tashqi ta’sirlarga nisbatan
harakatlari o’z-o’zidan paydo bo’ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab
bolalarda ixtiyorsiz faollik asosida irodaviy faollik taraqqiy eta boshlaydi. Bu davrda
u o’yinlar chog’ida albatta g’olib bo’lishga, tengdoshiga yordam berishga intiladi,
garchi jismonan kuchi yetmasa-da, ayrim yumushlarni (m: ukasini yoki og’ir sumkani
ko’tarishni, yuqorida turgan buyumni olishni va h.k.) bajarishga intiladi. Bu kabi
yumushlar uchun imkoniyatlari darajasida bo’lmasa-da, biroq, bolaning bunday
yondashuvini rag’batlantirish lozim. Zero, ana shunday intilishlarning uzluksiz, izchil
sodir etilishi bolalarda irodaviy faollikni kuchaytiradi.
Shaxsda irodaviy harakatlarning namoyon bo’lishi quyidagi bosqichlarda
kechadi: maqsadni aniqlashtirish; maqsadga erishish vositalarini belgilash;
motivatsiyalash (sabablarni asoslash); motiv (rag’bat, sabab)lar kurashi; qaror qabul
qilish (unda qat’iyat va qa’tiyatsizlik namoyon bo’ladi); qarorni ijro etish; ichki
qarshiliklarni yengish; tashqi qarshiliklarni yengish; bajarilgan ishga baho berish.
Iroda ma’lum bir qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon
bo’ladi. Inson hayotining barcha davrlarida go’daklikdagi ixtiyorsiz faollik shaxs
taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yuzaga keladigan irodaviy harakatlarga turlicha
ta’sir qiladi. Bu ta’sir irodaviy harakatlarni yanada faollashtirishi ham, susaytirishi
ham mumkin.
Iroda negizida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi: aniq maqsadga intilish
(sobitqadamlik); qat’iyat; matonat, izchil harakat qilish, qaysarlik, sabr-toqat,
barqarorlik.
Har bir shaxsda irodalilik darajasi turlicha bo’ladi. Bir hayotiy faoliyatni tashkil
etayotgan shaxslarda iroda yuqori darajada bo’lishi mumkin. Bu o’rinda Genri
Fordning to’rt silindrli motorni yaratish jarayonidagi irodasini misol qilib keltirish
mumkin. Genri Ford mutaxassislar bunday motorni yaratishning iloji yo’q
deyishganda ham o’z qaroridan qaytmay, “Toki uni yaratmaguncha, ishni
to’xtatmanglar! Qancha mablag’, qancha vaqt sarflanishi meni qiziqtirmaydi” deb
javob bergan. Aslida buyuk ixtirolarning kashf etilishi ana shunday jarayonda
kechadi.
Shuningdek, o’quvchilarda iroda sifatlarini shakllantirishda hayotiy misollardan
foydalanish, imkon qadar sharoit yaratib, ularning o’z irodalarini chiniqtirishlarini
ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Bu o’rinda irodali shaxs, jasoratli, uchuvchi, inson
matonatining yorqin timsoli A.P.Maresevning hayoti haqida hikoya qilingan
B.Polevoyning “Chin inson qissasi” asarini individual, guruh va jamoa bo’lib o’qish,
90
muhokama qilish pedagogik jihatdan samarali yo’l sanaladi. Qolaversa, turli
ommaviy axborot vositalarida berilgan inson irodasi, uni shakllantirish va
chiniqtirishga oid materiallarni tahlil qilish, faqat irodaviylik emas, irodasizlik ham
yoritilgan manbalar mazmuni yuzasidan o’quvchilarning o’z fikr-mulohazalarini
bildirishlarini ta’minlash ham ularni o’z irodalarini chiniqtirishga rag’batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |