B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

Iqtisodiy  tarbiya
  –  o’quvchilarga  iqtisodiy  bilimlarni  berish  orqali  ularda 
iqtisodiy  faoliyat  (oila  byudjetini  shakllantirish,  oila  xo’jaligini  yuritish,  mavjud 
moddiy  boyliklarni  asrash,  ko’paytirish,  savdo-sotiq  munosabatlarini  to’g’ri  yo’lga 
qo’yish kabi)  ko’nikma,  malakalarini  shakllantirishga  yo’naltirilgan ijtimoiy  tarbiya 
turi;  ijtimoiy  tarbiyaning  muhim  tarkibiy  qismlaridan  biri.  Bu  yo’nalishdagi 
tarbiyaning  maqsadi  o’quvchilarga  nazariy  va  amaliy  iqtisodiy  bilimlarni  berish 
asosida  ularni  iqtisodiy  munosabatlar  jarayoni  hamda  iqtisodiy  faoliyatni  samarali 
tashkil  etishga  tayyorlashdan  iborat.  Iqtisodiy  tarbiya  iqtisodiy  ta’lim  bilan 
chambarchas  holda  olib  boriladi.  Iqtisodiy  tarbiyani  tashkil  etishda  oila,  ta’lim 
muassasasi va jamoatchilik o’rtasidagi hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni beradi.  
Iqtisodiy  tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida  quyidagi  vazifalar  hal  qilinadi: 
o’quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo’jaligini yuritish va boshqarish, 
ishlab  chiqarish  jarayonini  tashkil  etish,  ishlab  chiqarishni  moliyalashtirish,  kapital, 
tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati, kichik va o’rta biznes, ijara, shartnomalar va ularni 
tuzish,  banklar,  bank  operatsiyalari,  byujdetni  shakllantirish,  daromad,  bankrot, 
biznes-reja va b.)ni berish; o’quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, mavjud moddiy 


 
88 
boyliklarga  nisbatan  oqilona  munosabatni  tarbiyalash;  kasbiy  yoki  ishlab  chiqarish 
malakalarini shakllantirish, ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish; 
o’quvchilarda  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etishga  nisbatan  ehtiyoj  va  layoqatni 
yuzaga keltirish; o’quvchilar tomonidan tadbirkorlik faoliyatining yo’lga qo’yilishiga 
erishish. 
Iqtisodiy  tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida  o’quvchilarga  iqtisodiy  bilimlarni 
berish  asosida  mamlakat  iqtisodiy  barqarorligini  ta’minlash,  bozor  infrastrukturasi 
qoidalariga  amal  qilish,  ichki  bozorni  to’ldirish,  kichik  va  o’rta  biznesni  yaratish 
borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko’nikma, malakalarini hosil qilish, inson 
mehnati  bilan  yaratilgan  moddiy  boylikni  asrash,  ularni  ko’paytirish  borasida 
qayg’urish tuyg’ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish o’ziga xos 
ahamiyatga  ega.  Bu  turdagi  tarbiya  samaradorligi  iqtisodiy  mavzulardagi  suhbat, 
bahs-munozara,  trening,  ishlab  chiqarish  ilg’orlari  bilan  uchrashuv,  ishlab  chiqarish 
korxonalariga  uyushtiriladigan  ekskursiya,  o’quvchilarning  ishlab  chiqarish 
borasidagi  ijodiy  qobiliyatlarini  namoyish  etishga  imkon  beruvchi  ko’rik-tanlov, 
iqtisodiy  mavzularga  oid  konferensiya,  seminar,  munozara,  tadbirkorlik  yoki 
muayyan kasbiy faoliyatga doir ko’nikmalarni shakllantiruvchi ishchanlik o’yinlarini 
tashkil etish asosida ta’minlanadi. 
Bu turdagi tarbiya o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy 
qismlaridan  biri  sanaladi.  O’zbekiston  Respublikasida  bozor  munosabatlari 
shakllanayotgan sharoitda o’quvchilarga iqtisodiy  bilimlarni berish, ularda iqtisodiy 
faoliyat yurita olish ko’nikmalarini shakllantirish zarur.  
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish