v
p
h
v
p
h
u
u
(37)
Ichki energiyaning o‘zgarishi:
)
(
)
(
1
1
1
2
2
2
v
p
h
v
p
h
u
(39)
II. ATROF – MUHITNI MUHOFAZA QILISH.
Atmosfera xavosining tarkibi va sifati masalasi, pirovard natijada inson uchun
xayot-mamot masalasidir. Chunki inson xayotini yetarli mikdordagi kislorodli, sof
xavosiz tasavvur etib bulmaydi. Inson kuniga urtacha xisobda 9 kg xavo bilan
nafas oladi, 1,24 kg ovkat istemol kiladi, 2 litr suv ichadi. Birok yukorida
ta’kidlaganimizdek, inson xayoti xavoning mikdori bilangina emas, balki sifati
bilan xam chambarchas boglikdir. Atmosfera xavosining ifloslanishi insonning
sogligiga, ish kobiliyatiga va xayotiga bevosita salbiy ta’sir kursatadi. Masalan,
inson urtacha umr (70 y.) dovomida 600 ming kub metr xavoni nafas olish
jarayonida upkasi orkali utkazadi. Bu xavoning zararli moddalar bilan kisman
ifloslanishi xam inson sogligiga putur yetkazadi.
Bundan tashkari, fauna va floraning biologik maxsuldorligi, ekinlar
xosildorligi umuman tabiy lanshaftlarning iktisodiy imkoniyatlari xam bevosita
yoki bilvosita atmosfera xavosiningtarkibi va sifatiga boglik.
Atmosferaning ifloslanishi-xavodagi turli aralashmalar-xar xil gazlar, suv
buglari, kattik va suyuk zarrachalar xatto radioaktiv changlarga boglik bulib, ular
atmosferaning sifatini buzadi, tabiiy kupdan-kup salbiy okibatlarga olib keladi.
Atmosferaning ifloslanish manbalari ikkiga bulinadi. Bular-xavoning tabiiy va
sun’iy (antropogen, asosan texnogen) ifloslanishidan iborat. Atmosferaning tabiiy
ifloslanishi vulkanlar otilganda xosil bulgan kurum va gazlar, tabiiy yonginlardan
ajralib chikkan tutun, dengiz suvi mavjlanganda xavoga ajralib chikuvchi tuz
zarrachalari, tumanlar, chang-kum, usimlik changlari, mikroorganizmlar xamda
kosmik chang xisobiga ruy beradi. Bular atmosfera xavosidagi muxim sifat
uzgarishlariga olib kelmaydi, fakat ayrim kuchli vulkan otilishlaridan sung turli xil
chang tuzon atmosferada ancha vakt turib kolib, xavoning jiddiy ifloslanishiga olib
kelishi mumkin. Bunda nixoyatda katta mikdordagi zarrachalar xavoda muallak
turib kolib, yer yuzasiga yetib keladigan kuyosh energiyasi mikdoriga jiddiy ta’sir
kursatishi, anikrogi vulkan otilgan joydagi tugri radiatsiya mikdorini bir necha oy
dovomida 10-20 % gacha kamaytirishi mumkin.
Birok xozirgi vaktda atmosferaning xolatiga tabiiy ifloslanishga karaganda
sun’iy ifloslanish ancha katta salbiy ta’sir kursatmokda va buning ustiga bu ta’sir
tobora ortib xavfli tus olmokda.
Chunki inson ishlab chikarish faoliyatining xozirgi tarakkiyoti atmosferaga
zararli moddalarni tobora kuplab chikarib tashlash bilan birlikda dovom etmokda.
Natijada xar yili atmosferaga milliard tonalab xar-xil moddalar kushilmokda. Fakat
changni mikdori xozirgi vaktda barcha (tabiiy va antropogen) manbalardan yiliga
urta xisobda 2 mlrd. tonnadan ortik xosil buladi (L.A.Alibekov, S.A.Nishonov,
1983, 60 b.). Nixoyat kup mikdordagi zaxarli va zararli bu moddalar: aerozol,
changlar (chang, tutun, mikrob, usimlik changlari), gazsimon moddalar va suv
buglari (uglerod oksidi (SO), oltingugurt gazi (SO
2
), azot oksidi (NO), vodorod
sulfid (H
2
S), uglevodlar, organik moddalar, sulfidlar, nitratlar, kurgoshin (Pb),
temir(Fe), ftor birikmalari, xidli moddalar va boshkalar), radioaktiv modalar,
pestitsidlardan iboratdir. Bu barcha ximiyaviy moddalar zaxarli bulib, ularning
kupchiligi atmosferada uzgarib turadi. Kuyosh nurining ta’siri ostida va ozon
ekranining ishtirokida ancha balandda biz xali yaxshi bilmaydigan xilma-xil
ximiyaviy reaksiyalar vujudga kelib yana xam zararlirok yangi birikmalar paydo
bulmokda.
Atmosferaga chikarilgan ifloslantiruvchi moddalar 1990 yilda umumiy
mikdori (turt xil asosiy chikindilar) dunyo buyicha 401 mln.t., Rossiyada 26,2
mln.t., Uzbekistonda 1,85 mln.t. ni tashkil etdi.
Insoniyatni kundalik faoliyati natijasida atmosferada oltingugurt gazlari va
azot oksidlarining mikdori kundan kunga kupayib bormokda. Bu gazlarni boshka
gazlardan farki shundaki, bularning kupayishi natijasida yerning kislotaligi ortib
bormokda. Masalan, SO
2
ning uzidan atmosferaga xar yili 150 mln. tonna
tashlanmokda. Bu gazning atmosferaga chikishida issiklik elektr stansiyalari
muxim axamiyat kasb etadi.
Atmosferaga butun ajralayotgan SO
2
ning 50% ni shu stansiyalar bermokda.
Rangli metallurgiya 15%, kora metallurgiya 9%, isitish tizimlari 9%,
mashinasozlik sanoati 6% ni bermokda. Sanoat xududlari xavosida SO
2
ning
mikdori shaxar chekkalaridagi va ayniksa dengiz, okean xavosidagidan bir necha
bor ortik. Bu gazlarni yana boshka xususiyati xam borki, ular atmosferada 10-15
kunlab turishi va shamol natijasida bir xududdan ikkinchi xududga bemalol utishi
mumkin. Shu sababli xam sanoati kuchli rivojlangan Angliya, Germaniya, Italiya
va boshka kator mamalakatlardan sanoati uncha tarakkiy etmagan mamlakatlarga
xavo orkali utib, xavosini va yerini shu gazlar bilan va ularni birikmalari bilan
ifloslantirmokda. Maklakatimizda umumiy ifloslantiruvchi moddalarning 51,9 %
ni uglerod oksidi, 16,0 % ni oltingugurt oksidi, 17,9 % ni uglevodorodlar, 8,9 % ni
azot oksidlari, 6,1 % ni kattik moddalar va 0,2 % ni boshka zararli moddalar
tashkil etgan.
Bu gazlar atmosferada suv va bug bilan birikib, shu oksidlarning kislotalarini
xosil kiladi (H
2
SO
4
, H
2
SO
3
). Bu kislotalar uz navbatida Yevropadagi kimmatli
yodgorliklarning yemirilishiga sabab bulmokda. Keyingi yillarda insoniyatning
tabiatga salbiy ta’siri va biosferada ilgari uning tarkibiga kirmagan kuplab
chikindilarni chikarishi tufayli bir necha million yillab saklanib kelgan muvozanat
buzilmokda. Natijada kuyoshdan ultrabinafsha nurlar yergacha yetib kelmokda va
uning ta’sirida yer atmosferasida ozon mikdori ortib bormokda. Ozonning uzi esa
fotoximiyaviy smogning xosil bulishida asosiy faktorlardan biri bulib kelmokda.
Ozonning yer atmosferasida xosil bulishiga keyingi yillarda atmosferaga kuplab
tashlanayotgan azot oksidlari xam «yordam bermokda» Ammo sanoatning
rivojlanishi xar xil organik moddalarning energiya olish maksadida yokilishi va
ayniksa avtotransportlar uchun uglevodorodlarni kuplab yokilishi va ularning
yonish kamerasida kislorod bilan kushilib yonishi orkali kuplab azot oksidlari xosil
buladi. Bu oksidlar atmosfera kislorodi bilan yanada oksidlanib, uz navbatida
ozonning kuplab xosil bulishiga olib keladi. Olimlarning kuzatishlari shuni
kursatdiki, ozonning xosil bulishi azot oksidlari yordamida kuyoshdan kelayotgan
nurlarning tulkin uzunligi uncha kiska bulmagan takdirda xam bulishi mumkinligi
aniklanadi. Yana shu narsa ma’lum buldiki, ozonning xosil bulishida azot
oksidlaridan tashkari uglevodorodlar, ayniksa tuyinmagan uglevodorodlar
jumladan pentan (С
5
Н
12
) va geksanlar (С
6
Н
14
) xam katta rol uynashi ma’lum buldi.
Bu gazlarning asosiy manbai sanoat chikindilari va avtomobillardan ajralayotgan
gazlar bulishi mumkin.
Ajralayotgan uglevodorodlar konsentratsiyasi azot oksidlariga nisbatan kancha
katta bulsa, ozonning xosil bulishi shuncha tezlashadi. Bu yerda shuni ta’kidlash
kerakki, azot oksidlari issiklik elektr stansiyalarining va avtomobilning yonish
kamerasidan tezda chikib ketganligi sababli azot (IV)-oksidigacha (NO
2
) oksidlana
olmaydi. Ammo azot oksidi kuzgalgan xolatda koladi. Kuzgalgan xolatdagi azot
(II) oksid (NO) kuyosh nuri ta’sirida ma’lum energiyani yutib, azot (IV)
oksidigacha (NO
2
) oksidlanishi ma’lum.
Azot(IV) oksid esa uz navbatida kuyosh nuri ta’sirida kuzgalgan xolatga
kelishi va atmosferadagi birorta modda molekulasi bilan ximiyaviy reaksiyaga
kirishi va uz energiyasini berib, NO oksidini va atomar kislorodni yoki ozonni
xosil kilish mumkin.
Bu yerda yana shuni ta’kidlash mumkinki, azot (II)oksid ozon molekulasi
ta’sirida juda osongina azot (IV) oksidgacha oksidlanadi.
Agar bordiyu shu jarayon bulmaganida juda tez vakt ichida ozon mikdori yer
atmosferasida ortib ketgan bular edi. Atmosfera xavosining zaxarlanishida SO va
NO
2
asosiy rol uynaydi. Shu sababli, atmosfera xavosi tekshirilganda, asosan shu
gazlar konsentratsiyasi xisobga olinadi.
AKShda atmosferaning fotoximiyaviy zaxarlanishini 3 ta kategoriyaga bulib
urganiladi va shu asosda trevoga beriladi. Agar SO ning konsentratsiyasi 100
mg/m
3
, NO, NO
2
6 mg/m
3
, fotooksidantlar 1mg/m
3
bulsa,
1-darajali zaxarlanish;
agar SOning konsentratsiyasi 200 mg/m
3
, NO, NO
2
10mg/m
3
fotooksidantlar 2
mg/m
3
bulsa,
2-darajali zaxarlanish;
agar bordiyu SOning konsentratsiyasi 300
mg/m
3
, NO, NO
2
20 mg/m
3
fotooksidantlar 3 mg/m
3
bulsa,
3-darajali zaxarlanish
buladi.
Azot oksid atmosferada ozon kavatining yemirilishida katalizator rolini uynaydi,
deb yukorida aytildi. Azot oksidning xosil bulishining yerdagi bakteriyalar
faoliyati tufayli xosil buladigan N
2
O asosiy manba rolini uynaydi. N
2
O
molekulasini ancha mustaxkam tuzilgan bulib, troposferani xamma kismiga deyarli
bir xil tarkalgan. Uning molekulasi mustaxkamligi tufayli sekin-asta diffuziya
tufayli strotosferaga kirib borishi va u yerda kuzgalgan kislorod atomi bilan, azot
oksidi xosil kiladi yoki uzi erkin azotgacha tiklanishi mumkin.
Atmosfera xavosini ifloslanishidan muxofaza kilish tadbirlari.
Atmosfera uz-uzini tabiiy tozalash jarayoniga ega. Ulardagi yoginlar iflos
moddalarni, xavoni yuvadi, shamollar xavodagi ifloslanuvchi moddalarni uchirib,
bir joyda tuplashiga yul kuymaydi, tuprokka yoki suv yuzasiga tushgan iflos
moddalar esa reaksiyaga kiradi va okibatda neytrallashib koladi.
Lekin sanoat ayniksa yokilgi sanoati tarakkiy etgan, transport rivojlangan,
kishlok xujaligi mashinalashgan
va
ximiyalashgan, axolining kupayib
urbanizatsiya jarayoni kuchayotgan bizning asrimizda atmosferaning sun’iy
ifloslanishi tabiiy tozalanishiga nisbatan ustunlik kilmokda. Shu sababli atmosfera
uz uzini tabiiy tozalaydi, deb xotirjam utirish katta salbiy okibatlarni chikarishi
mumkin. Shuning uchun atmosferaning sun’iy ifloslanishidan tozalash yullarini
joriy etish, uning oldini olish bugungi kunning asosiy vazifasidir. Bularga bir
necha chora tadbirlar mavjud, ularning eng muximlari kuyidagilardir:
1. Tutun chikaruvchi dudburonlarni balandrok kurish, atmosfera ifloslanishining
oldini olishning eng kadimiy yullaridan biridir;
-buning natijasida iflos chang va gazlar keng maydonga yoyilib, uning
konsentratsiyasi kamayadi. Misol balandligi 100 m bulgan dudburondan
chikayotgan chang va gazlar radiusi 20 km bulgan mintakaga tarkalsa, balandligi
250 m bulgan dudburondan chikkan chang, gazlar radiusi 75 km mintakaga
tarkaladi.
2. Pechlarga kumir, torf, koramoy yokishning urniga elektr energiyadan,
gazlardan foydalanilsa-atmosferaga chang, kurum, tutun va zaxarli gazlar kam
chikariladi. Respublikamiz olimlarining ma’lumotiga kura, kumir bilan ishlovchi
korxonalar gazga utkazilsa, xavoga chikariladigan oltingugurt gazi mikdori 10000
marta, uglerod oksid mikdori 2000 marta, azot oksidlari mikdori 5 marta
kamayadi.
3. Sanoat korxonalarida zararli moddalarni tozalovchi uskunalar kurish. Bunda
atmosferani kuplab ifloslovchi chang, kurum, tutun va zaxarli moddalarni
atmosferaga chikarishdan oldin zararli ta’sirini yukotadigan tozalash uskunalari
yasab, ushlab kolishga va ulardan kayta foydalanishga erishish zarur.
Respublikamizda atmosferani ifloslovchi 1000 dan ortik yirik va urta korxonalar
bor. Ularda xavoning tozaligini saklashga karatilgan chora tadbirlar zamon talabiga
javob bermaydi. Natijada usha korxonalarda yiliga 4,5 mln.t. kattik va gazsimon
zararli moddalarni 35% atmosferaga chikib uni ifloslantirmokda. Kimyo
korxonalari yiliga atmosferaga 120 ming.t. uglevodorod, 40-50 ming.t. uglerod
oksidi, chang 20-25 ming.t. oltingugurt gazi, azot gazlarni chikarib Chirchik,
Fargona,
Kukon,
Samarkand,
Navoiy,
Toshkent
shaxarlari
xavosini
ifloslantirmokda.
O’zbekiston Respublikasidagi kora va rangli metallurgiya korxonalarida
(Olmalik, Bekobod) tozalovchi uskunalarining samarali ishlamasligi natijasida
yiliga atmosferaga 220 ming.t. iflos moddalar chikarilmokda. Uning 90%
oltingugurt gazidir. Vazifa-shu korxonalarning ishlash jarayonida yangi zamonaviy
texnika bilan jixozlangan tozalovchi uskunalar kurishdir. Natijada, jumxuriyatimiz
xavosi musaffo buladi va ushlab kolingan moddalardan xalk xujaligida kayta
foydalanish tufayli juda katta foyda olish mumkin.
4. Atmosfera xavosini toza saklashning muxim bir yuli bu sanoat korxonalarida,
kommunal-xujalikda ishlab chikarish texnologiyasini uzgartirish, chikindisiz
texnologiya joriy etishdir. Misol: kabelni sintetik koplama bilan uraydigan yangi
texnologiyaga utish orkali odam organizmiga zararli bulgan kurgoshinning
atmosferaga chikishi yukotildi.
Olmalik kimyo zavodida mis ishlab chikarishda yangi texnologiyani kullash
atmosferaning ifloslanishini keskin kamaytirdi va yiliga 30 ming.t. oltingugurt gazi
ushlab kolinyapti.
5. Shaxarlar xavosining ifloslanishini kamaytirishda yer osti termal suvlaridan
foydalanish yaxshi natijalar beryapti (Kamchatkada, Kuril orollarida, Kavkazda,
Markaziy Osiyoda, Kizlyar va Izberbosh shaxarlarida issik suv xarorati 900dan
ortikrokdir). Bunday suvlar shaxardagi maishiy kommunal xujalik va sanoat
korxonalarini isitish mumkin.
6. Atmosfera xavosini toza saklashda avtotransport gazlarini, dudlarini
kamaytirish juda muximdir. Avtotransport atmosferaga uta zaxarli gaz chikaradi.
Gazlarni kamaytirish uchun benzin urniga gaz va elektromobillarga utsak
atmosfera ancha toza saqlanadi. Misol: Toshkent shaxrida 1978 yildan beri benzin
urniga yoppasiga quyuqlashtirilgan propan-butan yoqilg’isi ishlatiladi.
7. Shaxar va kishloklar xavosini sog’lomlashtirishda atmosferani ifloslanishdan
saklashda ishonchli usul- yashil usimliklar iflos xavoni filtrlaydi, barglari changni
ushlab koladi, xavo xaroratini pasaytiradi, karbonat angidridni yutib, kislorodni
ishlab (fotosintez orkali) beradi. Ma’lumki, daraxtlar, butalar, utlar shaxar ichidagi
changning 80% ni, sulfat angidridning 60% ni ushlab koladi. Buyi 25 metrli bitta
80-100 yoshli buk daraxti bir soatda 2 kg karbonat angidridni yutib, 2 kg kislorod
ishlab beradi. 1 gektar karagayzor 32 t. changni ushlab koladi. Yashil usimliklar
atmosfera xavosini toza saklashdan tashkari, insonlarga psixologik ta’sir etib
ularga estetik zavk beradi. Xozirgi vaktda Markaziy Osiyo va Kozogiston
shaxarlari ichida yashil usimliklar maydonining kattaligi jixatidan Bishkek,
Olmaota shaxarlari oldingi urindadir. Olmaotada xar bir kishiga 100 m
2
yashil
usimlik (kukalamzor) tugri kelsa, Moskvada 25 m
2
, Omskda 8,9 m
2
, Kiyevda 18,7
m
2
, Bakuda 9,5 m
2
, Nyu-Yorkda 8,6 m
2
, Londonda 7,5 m
2
va Parijda 6m
2
tugri
keladi.
III. MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash.
To‘qimachilik sanoatida texnologik jarayonlarning jadallashishi, mashina
qismlarining ish tezliklari, mashina va dastgohlarning ish unumdorligining oshishi,
ularning xavfsizligini oshishini ham taqozo qiladi.
Mashina va dastgohlarning xavfsizligini ta’minlash ularni loyihalash
jarayonidan boshlab amalga oshiriladi. Birorta yangi mashina yoki dastgoh
xavfsizligi ta’minlanmagan bo‘lsa, foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Amaldagi Davlat standarti uskunalarning xavfsizlik ish prinsipi,
konstruksiyasining
xavfsiz
sxemasini
tanlash,
ularning
konstruksiyasida
mexanizatsiya, avtomatlashtirish, masofadan (distansion) boshqarish vositalarini
qo‘llash, ergonomik talablarni bajarish, xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi
tadbirlar, ularni o‘rnatish, foydalanish, sozlash, saqlash va transportirovkalash
texnik hujjatlarga kiritilishini talab qiladi.
Mashina va dastgohlar kerakli himoyalovchi va saqlovchi moslamalar bilan
ta’minlanishi kerak. Bular quyidagilarga bo‘linadi:
- to‘suvchi moslamalar. Bular mashina va uskunalarning xarakatidagi yoki
xavfli mexanizm qismlarini kishining behosdan tegib ketishidan to‘sadi. Bunga
qayishli uzatish, shesternyalar, elektr toki ostidagi qismlar kiradi;
- blokirovka qiluvchi moslamalar. Bularda to‘sqich elektrodvigatel bilan zanjir
orqali birlashtirilgan bo‘lib, to‘sqich ochilgan vaqtda mashina to‘xtaydi;
- tormozlovchi moslamalar. Mashina o‘chirilgandan so‘ng uning tezda to‘xtashi
xavfsizlik jihatidan katta ahamiyatga ega;
- signal beruvchi moslamalar. Mashina va dastgohlarda ishlash jarayonida xavf
tug‘ilganda tovushli yoki yorug‘lik signallari beriladi;
- ishchilarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirini kamaytiruvchi
yoki oldini oluvchi himoya vositalari.
Jarohatlovchi omillar va xavfli zonalar.
Ishlab chiqarishda jarohatlanish xodisalari quyidagi omillar mavjud
bo‘lganda bo‘lishi mumkin: elektr toki, mashina va dastgohlarning xarakatlanuvchi
qismlari, qayishlar, barabanlar, shkivlar, tishli ish shesternyalari va boshqalar, issiq
yuzalar, mato tukini kuydirish mashinasi, zararli kimyoviy moddalar, matolarni
pardozlashda ishlatiladigan kislota, ishqor va boshqa o‘yuvchi moddalarning
behosdan tushib ketishi, yuqoridagi ish joylarida to‘siqsiz ishlash.
Kishi hayotiga, sog‘lig‘iga doimiy yoki vaqti – vaqti bilan xavf tug‘diruvchi
joy xavfli zona deb ataladi. Bunday zonalar korxonalarda talayginadir. Mashina va
dastgohlarning har qanday aylanuvchi qismi xavflidir.
Sanoatda shovqin va titrashdan saqlanish.
Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo‘shilib
eshitilishi shovqin deb ataladi. Tovush fizik holat sifatida havoda, suvda va boshqa
tarang muhitdan kelib chiqadigan to‘lqinsimon harakatlardan iboratdir. U tovush
chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi va bizning eshitish
organimiz tomonidan qabul qilinadi.
Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada
og‘riq turg‘izadi va quloq shang‘ib, asab sistemasiga ham yomon ta’sir qiladi.
Ayniqsa fikrni to‘plab, aqliy ish bilan shug‘ullanishga imkon bermaydi, butun
diqqat – e’tiborni berib ishlash lozim bo‘lsa, ish qobiliyatini (10-60% ga)
pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas
darajada ta’sir qilishi asab sistemasini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa qattiq va kuchli tovushlar, shuningdek to‘xtovsiz ravishda bir xilda chiqib
turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir qiladi.
Shovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, masalan hazm qilish
(oshqozon shirasi sekretsiyasining o‘zgarishi) qon aylanishi (qon bosimining
ko‘tarilishi) va shunga o‘xshashlarning normal faoliyati buziladi.
Shovqinlar kelib chiqishi bo‘yicha asosan uch xil bo‘ladi:
1. Sanoat shovqini;
2. Transport shovqini;
3. Maishiy shovqinlar.
Shu bilan birga gaz va suyuqliklarning harakati natijada ham shovqin
chiqishi mumkin. Bunday shovqinlar aerodinamik shovqinlar deb ataladi. Sanoati
korxonalari ham shovqindan mustasno emasdir. Shovqin darajasi yuqori bo‘lgan
sexlarda ishlovchi ishchilarda kasbiy kasallik “ shovqin kasalligi” uchrab turadi.
Shu bilan birga ayrim ish joylarining surunkali titrashi natijasida “titrash kasalligi”
ham uchrab turadi.
Signal ranglari va xavfsizlik belgilari.
Keyingi yillarda ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida signal
ranglari va xavfsizlik belgilari keng tarqalmoqda. Xavfsizlikni ta’minlash
maqsadida asosan to‘rt xil rang qabul qilingan bo‘lib, ular quyidagilarni belgilaydi:
- Qizil – “To‘xtang”, “Ta’qiqlangan”, “Xavfli”;
- Sariq – “Diqqat”, “Xavf-xatar ehtimoli bor”;
- Yashil – “Xavfsiz”, “Ruxsat etilgan”, “Yo‘l ochiq”;
- Ko‘k – boshqa xabarlar.
Bulardan tashqari oq rang – chegaralovchi chiziqlarni belgilashda va sexning
qorong‘iroq burchaklarini bo‘yashda ishlatiladi. Qizil rang bilan mashina
uskunalarining xavfli qismlari, to‘siqlarning ichki yuzalari, to‘xtatish tugmalari
hamda o‘chirish vositalarini bo‘yash maqsadga muvofiqdir. Sariq rangga transport
vositalari
(elektrokarlar,
yuk
ko‘tarish
kranlari
va
h.k.),
qurilish
konstruksiyalarining xavfli qismlari bo‘yaladi. Yashil rang bilan xavfsizlikni
ta’minlash vositalari yordamchi eshiklar, aptechkalar va hokazolarni bo‘yashda
foydalaniladi.
Qabul qilingan xavfsizlik belgilari quyidagilardir:
- Ta’qiqlovchi – doira shaklida qizil rangga bo‘yalgan. Doiraning o‘rtasida
qora rang bilan ta’qiqlovchi obyektning ramziy rasmi tasvirlangan;
- Ogohlantiruvchi – teng tomonli sariq rangga bo‘yalgan uchburchak
shaklida bo‘lib, o‘rtasida ogohlantiruvchi obyekt ramzi qora rangda tasvirlangan
(elektr toki va radiatsion xavf bo‘lganda ramz qizil rangda tasvirlanadi);
- Ko‘rsatuvchi – ko‘k rangga bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib,
o‘rtasida qora rangda ko‘rsatuvchi obyekt ramzi tasvirlanadi. Tibbiyot xonalari va
yong‘in xavfi belgilari qizil rangda tasvirlanadi.
- Buyuruvchi – yashil rangga bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib,
o‘rtasida qora rangda buyuriluvchi obyekt ramzi tasvirlanadi.
Ish joyini tashkil qilish.
Hozirgi paytda yangi texnologik jarayon, yangi mashina va uskunalar albatta
“Mahsulot sifati va ergonomik ko‘rsatkichlar”da belgilangan talablarga javob
berishi kerak. Ish joyida narsalarning joylashtirilishi, ularning shakli, rangi va
boshqa qator omillar noto‘g‘ri joylashtirilsa ishchini charchatadi, to‘g‘ri
joylashtirilganda esa aksincha, ish unumdorligini oshiradi.
Bunda ish joylarini tashkil qilish ham katta axamiyat kasb etadi: asboblar
tugmalarining joylashtirilishi, rangi mashinaning balandligi va boshqa ishlab
chiqarish sharoitlari shular jumlasidandir. Bular shunday joylashtirilishi lozimki,
ishchi ortiqcha xarakatsiz, o‘zini zo‘riq-tirmasdan ulardan osonlik bilan
foydalansin.
Ish joyining balandligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda u 1000–
1600 mm oraliqda olingani maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari ko‘zning
imkoniyat doirasini ham hisobga olish kerak.
Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizlik shartlari.
Sanoat korxonalarida bosim ostida ishlaydigan, apparat, idish va quvurlar
ko‘p ishlatiladi. Bular ko‘pincha portlash xavfini tug‘dirishi mumkin. Bunday
portlashlarga zanglash natijasida uskuna devorlarining yemirilishi va mexanik
pishiqligining yo‘qolishi, ayrim qismlarining qizib ketishi, biror qattiq jismning
urilishi sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari portlovchi va yonuvchi
moddalarga uchqun ta’sir qilishi natijasida ham portlash sodir bo‘lishi mumkin.
Bunda yonish tezligi sekundiga yuzlab metrni tashkil qiladi.
Bosim ostida ishlaydigan idishlar qayta ta’mirlanib kavsharlangan bo‘lsa, bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chirilganda yoki uning xavfsiz ishlashiga javobgar
shaxsning talabi bilan muddatidan ilgari texnik ko‘rik o‘tkaziladi. Gidravlik sinov
esa har sakkiz yilda bir marta o‘tkaziladi. Ish harorati 2000 S gacha bo‘lgan
idishlarning gidravlik sinovi, ularga suv yoki zaharsiz va portlamaydigan boshqa
suyuqlik bilan qo‘shimcha bosim berish orqali o‘tkaziladi. Qo‘shimcha bosim
idishning ish bosimiga bog‘liq bo‘lib, quyma idishlardan tashqari barcha idishlar
uchun ish bosimidan 25-50 foiz katta bo‘ladi. Shunday bosim ostida (devorlarining
qalinligi 50 mm gacha bo‘lgan idishlarda) 10 minut ushlab turiladi va biror
sezilarli o‘zgarish bo‘lmasa, ya’ni choklardan ajralish, suyuqlik tomishi, tashqi
devorlarining terlashi, qoldiq deformatsiyalar ko‘rinmasa idishlar gidravlik
sinovdan o‘tgan hisoblanadi.
Bosim ostida ishlaydigan uskunalar normal texnologik rejimda va xavfsiz
ishlashini ta’minlash uchun quyidagi nazorat-o‘lchov asboblari va ehtiyot
uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak: ulardagi suyuqlik yoki gazning
bosimini o‘lchash uchun va doimo nazorat qilib turish uchun manometr, haroratni
nazorat qilib turish uchun termometr, bosim oshib ketgan taqdirda portlashni
oldini olish uchun saqlagich, idishda bir vaqtning o‘zida gaz va suyuqlik bo‘lgan
taqdirda suyuqlikning ko‘p yoki ozligini ko‘rsatuvchi asbob, idish ichidagi
moddani butunlay chiqarib tashlash imkonini beruvchi moslama, agar idish ichida
kondensat to‘plansa, uni chiqarib tashlash imkonini beruvchi moslama.
Quvurlarning ishonchliligini ta’minlash uchun ularning issiqdan uzayishini
hisobga olish kerak. Buning uchun ularning burilgan joylari ravon va silliq qilib
yasaladi hamda kondensator halqalari va shunga o‘xshash elementlar kiritiladi.
Issiqlik deformatsiyalarini bir tekis taqsimlash maqsadida, ularni ayrim
uchastkalarga bo‘lib chiqib, issiqdan uzayishga imkon qoldirib, oxirgi nuqtalarini
tayanchlarga mustaxkamlanadi.
Yong‘inga qarshi ishlarni tashkil qilish.
Yong‘inlar xalq xo‘jaligiga katta moddiy zarar keltiradilar. Yong‘in bir
necha minut yoki soat ichida juda katta miqdordaga xalq boyliklarini yondirib,
kulga aylantiradi. Yong‘in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbanat angidrid va
boshqa zararli hid va gazlar ko‘p miqdorda atmasferaga ko‘tarilib, nafas olish
uchun zarur bo‘lgan havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, yong‘indan
ko‘riladigan zararlarning eng yomoni shuki, unda ko‘plab kishilar jarohatlanadi va
hatto o‘lishi ham mumkin. Bularning hammasi, yong‘inga qarshi kurash
tadbirlarini, bu vaqtda paydo bo‘ladigan ishlarni xavfsiz bajarish usullari va
mehnat muhofazasi bilan birgalikda o‘rganishga majbur qiladi.
Yong‘in chiqishining oldini olishda, o‘t o‘chirishda asosiy mas’uliyat
kishilar zimmasiga tushishini va ularning yong‘inni o‘chirish texnikasining barcha
talablarini to‘liq bajarishlariga bog‘liq ekanligini unutmasligimiz kerak. Sanoat
korxonalarida bu tartibli ravishda yong‘in texnikasi haqidagi nizom, yong‘in
xavfsizligi qoidalari, yo‘riqnoma va boshqa hujjatlar asosida olib borilishi kerak.
IV. IQTISODIY QISM
Issiqlik almashinuvi qurilmasini texnikaviy – iqtisodiy hisobidan asosiy
maqsad issiqlik almashinish qurilmasini texnikaviy – iqtisodiy tomondan
asoslashdan iborat.
Odatda bunday hisoblashlar bir necha variantlar bo‘yicha bajariladi.
Tanlangan variantlarni baholash quyidagi eng maqbul belgilarning birortasi
bo‘yicha olib boriladi: foydali ish koeffitsiyenti, 1 m2 yuzaga sarflanadigan
energiya miqdori, eng maqbullikning texnik – iqtisodiy mezoni va boshqalar.
Quyida issiqlik almashinuvi qurilmasining iqtisodiy hisobi keltirilgan.
Hisoblash yuqorida keltirilgan issiqlik konstruktiv hisobini davomida sifatida
amalga oshiriladi.
Issiqlik almashinuvi qurilmasining umumiy massasi
М
ИАҚ
=1430 кг [д]
Issiqlik almashinuvi qurilmasi quvurlarining massasi
Do'stlaringiz bilan baham: |