Tur qanchalik tekis tarqalgan va ko‗p miqdorda o‗sgan bo‗lsa, shunchalik kam hi
soblashmaydonchalari zarur bo‗ladi. Optimal xollarda kerakli aniqlikka erishish uchun
15 ta maydoncha etarli bo‗ladi. Tur notekis tarqalganda esa maydonchalar soni 50 tag
acha etadi, lekin ko‗p hollarda hosildorlikni anikqash uchun 1 metr kvadrat bo‗lgan 25
ta maydoncha joylashtirish etarli bo‗ladi, zaruriy maydonchalar sonini formula bo‗yic
ha hisoblash mumkin.
4.2.Xosildorlikni namunaviy nusxalar usuli buyicha aniqlash Xosildorlikni namunaviy nusxalar buyicha baxolaganda ikkita kursatkichni -
tovar nusxalar (novdalar)ning maydon birligidagi soni va xar bir nusxa (novda)dan
olingan xom ashyoning o‗rtacha og‗irligini aniqlash zarur.
Bu usul bilan ishlaganda hisob birligi bulib nusxa (masalan otkulokning nusxasi)
yoki novda (mevali na‘matak
novdasi) bo‗lishi mumkin. Novdani hisob birligi qilib ishlatish, nushalar chegaralarini
ajratish qiyin bo‗lgan, alohida nushalar o‗sish darajasi bo‗yicha keskin farq qilgan va
yaxlit nusxadagi xom ashyoning yig‗ish mumkin bo‗lgan (masalan jo‗ka) xollarda qul
aydir.
Nusxa (novda)lar sonini hisoblash o‗simlik o‗sadigan maydonda joylashtirilgan
0.25 dan 10 m gacha o‗lchamidagi hisoblash maydonchalarida yoki marshrut
yo‗llarida olib boriladi.
Maydonchalar kattaligi o‗rganilayotgan tur o‗lchamlari bilan,
ularning soni -
o‗rganilayotgan turning maydonda tekis tarqalganligi bilan belgilaniladi.
O‗simlik qoplamida ancha va nisbatan tekis tekis tarqalgan o‗simliklar uchun
odatda 15-20 ta maydoncha, kamroq, va notekis tarqalganida 30-50 ta maydoncha
joylashtirish etarli bo‗ladi.
Xosildorlikni 15% aniklikda namunaviy nushalar usulida aniqlash uchun nushala
r soni va ularning xom ashyo fitomassasi miqdorini 10% aniqlikda baxolash zarur. Ag
ar nushalar soni kam bo‗lsa (1 m da o‗rtacha soni 1 nushadan kamga to‗g‗ri kelsa), ula
rni marshrut yullarida sanash
qulayrok. Bunda o‗simlik o‗sadigan
maydon sathini aniqlashda qo‗llangan marshrut yullaridan foydalanish mumkin, birok
ularni o‗simlik o‗sadigan maydon kattaligi va uning zichligiga karab 20-
30 yoki 100 qadamli bo‗laklarga bo‗lib chiqish zarur (o‗simlik o‗sadigan maydon qan
chalik katta va undagi tur qanchalik kam uchrasa, yo‗l bo‗laklari shunchalik katta olini
shi zarur).
Tovar nushalar (novdalar) soni marshrut yo‗nalishi bo‗ylab eni 1 yoki- 2 m
yo‗lakda sanaladi. Ishonchli o‗rtacha kattaliklarni olish uchun 25-40 ta marshrut
yo‗nalishdagi yo‗laklarda hisoblash olib borish kerak.
Namunaviy nushalarning xom ashyo massasini aniqlash uchun hisoblash
maydonchalarida yoki marshrut yo‗nalishi bo‗yicha barcha tovar nushalaridan
sub‘ektiv "o‗ziga xos" joylarni tanlamasdan olib boriladi. Marshrut yo‗nalishi
bo‗ylab uchragan xar ikkinchi, beshinchi yoki uchinchi nushani tanlab, bir tizimga
solib ishlash ob‘ektivroq natija beradi.
Namunaviy nushalarsoni ularning tarqalganligiga bogliq. Er ostki organlar yoki g
ul to‗plamlarining og‗irligini aniqlashda aksariyat xollarda 40-