DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
137
ta'minlanadi. Kuzgi shudgor mahsus o'rganilayotganda uni juda barvaqt ham, kech
ham o'tkazmaslik kerak. Aks holda bu tadbir salbiy oqibatlargi sabab bo'ladi:
-
erta shudgorlansa tuproq zichlashadi, dalani o't bosadi, tarkibidagi organik
modda tez parchalanadi, maydonni bahorda qo'shimcha yumshatish talab etiladi;
-
kech shudgorlanganda tuproq uvoqlanadi, serkesak bo'ladi. Kuzgi shudgor
uchun maqbul muddat O'rta Osiyo shimolida oktyabrning ikkinchi yarmida 10-15
dekabrgacha, janubda noyabrdan to turg'un sovuq tushguncha.
Ba'zi hududlarda shudgor bahorda o'tkaziladi. Shudgorni o'tkazish uchun
tegishli tehnika vositalari, moslamalar tayyorlab qo'yiladi. Ish boshlaganda ular
kerakli chuqurlikka sozlanadi. So'qa paykalda ikkinchi marta aylanganda
sozlanadi.
O'tkazilgan ko'p yillik tadqiqotlarning dalolat berishicha, kuzgi shudgor qo'sh
qavatli so'qa bilan amalga oshirilsa, katta samara beradi. Bunda shudgor chuqurligi
tuproq va iqlim mintaqalari bo'yicha tabaqalashtiriladi. Shuning uchun haydash
chuqurligi o'rganilayotganda, agar tuproq qalinligi imkon bersa, nazorat varianti
uchun muayyan mintaqada tavsiya etilgan chuqurlik olinishi zarur.
Ba'zi hollarda kuzgi shudgor chuqurligi nazorat varianti uchun 24-25 sm.
Belgilanib, u 35 yoki 40 sm. Chuqurlikda haydash bilan solishtiriladi. Bu mutlaqo
noto'g'ri, chunki u shudgorlash chuqurligining ushbu hudud uchun tavsiya etilga
chuqurligiga nisbatan samarasini ochib bera olmaydi.
Tajriba dalasida shudgor chuqurligi u o'tkazilayotganda egat o'lchagich
yordamida so'qa tegishli maydonni ikkinchi marta aylanishda egat tubidan tuproq
yuzasiga o'lchanadi (4.1-chizma).
Buning uchun egat o'lchagich tik o'rnatiladi. Bunda chizg'ichning harakatsiz
burchagi tuproq yuzasida, egat devori yonida turadi, harakatchan qismi esa egat
tubiga tushiriladi, harakatchan yuqorigi qismi haydov chuqurligini ko'rsatadi.
Haydov chuqurligi cho'qa har aylanganda dalaning uzunligiga qarab 5-10
joyidan o'lchanadi. Har bir o'lchov natijasi daftarga qayd etiladi. Bu jarayonda
nazorat haydov chuqurligining o'rtacha qiymatini, belgilangan chuqurlikdan farqini
aniqlash orqali yuritiladi.
Beda, bug'doy ang'izi va o'tlar aralashmasining tuproq unumdorligini oshirish
imkoniyatidan samarali foydalanishda ularni shudgorlash muddati va usuli muhim
ahamiyatga ega. Ammo ko'pgina hududlarda, bunga etarli ahamiyat berilmaydi,
hususan, bedazorlar noto'g'ri haydalmoqda. Unutmaslik kerakki, bedazorlar O'rta
Osiyoning shimolida oktyabr oyida va noyabrning ikkinchi yarmida, janubida-
noyabrda haydaladi.
Bedazorlar oddiy «R-5-35 M» rusumli so'qa bilan shudgorlansa, beda bahorda
yana o'sib ketadi. Bu qo'shimcha choralar qo'llab, ortiqcha mehnat va mablag'
sarflashni talab etadi. SHuning uchun bedazorlar haydashdan oldin otvali olingan
so'qa bilan 5-7 sm. chuqurlikda yumshatiladi. Besh-o'n kundan keyin, bedaning
qirqilga ildizlari quriganda, haydash chimqirqar oddiy so'qa yordamida amalga
oshiriladi. Bedazorlarda kesuvchi chimqirqari bo'lgan qo'sh qavatli so'qalarda keng
foydalanish zarur. Bunda chimqirqar 5-7 sm. chuqurlikda o'rnatiladi: Natijada beda
Do'stlaringiz bilan baham: |