Bunda yer maydoni mayda-mayda do‘ngliklarga bo‘linib hisob olib boriladi.
Bunday ekin ekilgan maydonda yuqoriroq bo‘lgan darajadagi agrotexnik tadbirlar
o‘tkaziladi. Bu usul bir necha yil takrorlanib yer maydonining unumdorligi bir
sharoitga yaqinlashtiriladi.
Dala tajribasining tashkiliy birliklari va o‘tkazish sharoitlari shu zona tuproq
sharoiti va uning maydonda o‘zgaruvchanligiga chambarchas bog‘liqdir. Tajriba
uchun
ajratib
olingan
yer
uchastkalarining
tuproq
unumdorligining
o‘zgaruvchanlik xususiyatlari tajriba o‘tkazishdan avval maxsus metodlar bilan
tekshirilib ko‘riladi. Bunday metodlardan bo‘lib rekognospironkalik yoki oldindan
bilib olish ekinlarini ekib ko‘rish hisoblanadi.
Oldindan bilib olish metodida tajriba o‘tkazish uchun ajratilgan yer
uchastkasiga yoppasiga bir xil o‘simlik ekiladi va bir xil tajriba maydonchalardan
olingan hosil taqqoslab ko‘riladi. Juda ko‘plab o‘tkazilgan tajribalar natijasida
ko‘riladiki, har qanday yer uchastkasida tuproq unumdorligi tasodifan va qonuniy
ravishda o‘zgaruvchanlik xususiyatlariga egadir.
Tuproq
sharoitining
tasodifan
o‘zgaruvchanlik holatida o‘xshash
maydonchalardan olingan hosil qandaydir bir o‘rtacha qiymat atrofida tebranib
turadi va bu tebranish (ya‘ni o‘rtacha qiymatdan yuqori va pastki tomonlarga
og‘ish) maydonchadan-maydonchaga o‘tishda ko‘p o‘zgarmaydi hamda bu
o‘zgarishlar statistik jihatdan ahamiyatga molik bo‘lmaydi.
Tuproq sharoitining qonuniy ravishda o‘zgaruvchanligida esa ba‘zi bir
alohida maydonchalardan olingan hosil taqlidi qandaydir bir o‘rtacha qiymatlari
statistik jihatdan farqli bo‘ladilar. Agar yer uchastkasining tuproq unumdorligi
qonuniy ravishda o‘zgaradigan holat bo‘lsa, bunda bir maydonchadan ikkinchisiga
o‘zgaradigan holat bo‘lsa, bunda bir maydonchadan ikkinchisiga o‘tilgan sari
hosildorlikning ortishi yoki kamayishi holatida bo‘ladi.
Tuproq unumdorligining qonuniy o‘zgaruv holati yer uchastkasining relefi,
ekib o‘stiriladigan o‘simlik turi, maydonlar sathi va boshqalarga chambarchas
bog‘likdir.
Umuman murakkab dala sharoitlarida (tabiiy va kishloq xo‘jalik faoliyati
natijasida) tuproq unumdorligining ekib o‘stiriladigan madaniy o‘simliklarga ta‘siri
hosilning tasodifiy va qonuniy o‘zgaruvi holatida namoyon bo‘ladi.
Er
maydonini tanlash va tajriba o‘tkazish
UCHUN
tayyorlash. yer
uchastkasining bo‘lgan talab. Tajriba o‘tkazish uchun tanlab olingan yer
uchastkasiga uyidagi 2 ta talab qo‘yiladi.
1.
Er uchastkasining umumiylik (reprezentativnost) xususiyati. Bu xususiyatga
muvofiq yer uchastkasining unumdorligi, relefi va boshqa xususiyatlar shu zona,
rayon uchun tanlab olinadigan yer maydonlarida o‘tkazilib kelingan agrotexnik
tadbirlar ham shu zona uchun xos (tiniq) bo‘lmog‘i, past darajasidagisi esa talabga
javob bermasligini qayd etish lozim.
2.
Talab bu yer maydon tuproq-unumdorlik
qavatining bir xilda bo‘lmog‘idir.
Bu talabni, ya‘ni unumdorlikning bir xildaligini absolyut tushuncha deb qarash
noto‘g‘ridir. CHunki, unumdorlikning dala sharoitida turamta bo‘lishi, bu tabiiy
holat bo‘lib, unumdorlikning bir xilligi deyilgan tushunchada yana quyidagi