Bog'liq DORIVOR O’SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI MAJMUA 2020 (2)
1.Tajriba uchun ajratilgan yerdagi tuproqqa ishlov berish, yer maydonini bo‟lish talablari. Dala tajribasini o‘tkazishdan avval tajriba o‘tkaziladigan yer uchastkasining
yer sharoitini, tuproq unumdorligini bilib olish zarur. Buning uchun ana shu
maydonga rekognostsirovka yoki bilib olish ekinlari ekib ko‘riladi. YOki bunda
ma‘lum yer maydonining hammasiga bir xil o‘simlik ekib o‘rganiladi.
Er maydonini tanlash va tajriba o‘tkazish uchun tayyorlash. yer maydoniga
bo‘lgan talab. Tajriba o‘tkazish uchun tanlab olinadigan yer maydoni ana shu
rayon uchun umumiy, ya‘ni bir xil tipda bo‘lishi lozim (unumdorligi, relefi, boshqa
xususiyatlari bir xil bo‘lmog‘i lozim).
Shu zona uchun tipik (o‘xshash) bo‘lmagan maydonda o‘tkazilgan tajriba
natijasini keyinchalik ishlab chiqarishga tavsiya etib bo‘lmaydi.
Tajriba maydonining tarixi. Xo‘jalik tarixi ma‘lum bo‘lmagan yer sharoitida
tajriba o‘tkazish mumkin emas, tajriba o‘tkazish uchun tanlab olingan yer maydoni
kamida 3-4 yillik tarixini bilish lozim. Iloji boricha ana shu maydonda bir xil
agrotexnik tadbirlar, bir turda qishloq xo‘jalik ekinlari o‘stirilib borilgan bo‘lishi
lozim (3-4 yilda). Bundan tashqari tajriba maydoni xonadonlardan 50-100 metr
(chorva, o‘rmonlar ham) yildan 10-20 metr uzoqda bo‘lishi lozim.
Tuproq sharoiti. yer maydonining tarixi ma‘lum va u eksperiment o‘tkazish
uchun to‘g‘ri kelgan taqdirda keyingi vazifa bu shu yer maydoninnig tuprog‘ini
o‘rganishdir. Buning uchun shu yer maydonining tuproq kartasidan foydalanish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar bunday karta bo‘lmagan takdirda tuproq analiz
qilib tekshirib ko‘riladi.
Umuman, tuproq sharoiti tajriba maydonida bir xil bo‘lmog‘i lozim.
Er maydonining relefi. yer maydonining relefi tekis bo‘lmog‘i lozim. Bu
sharoitga erishish qiyin bo‘lganda bir yo‘nalishda bo‘lgan qiyalik yer relefi ham
qabul qilinadi (100 pogon metrga 1-2,5 m).
Er maydonining makrorelefini o‘rganish bilan bir qatorda uning
mikrorel‘efini ham ko‘zda tutmoq lozim bo‘ladi. Ayniqsa sug‘orish bilan
o‘tkaziladigan tajribalarda ayrim do‘ngliklar, chuqurliklarni yaxshilab tekislash
zarurdir.
Tajriba maydonini tayyorlash va o‘rganish. Tajriba maydonining xo‘jalik
tarixini bilish bilan shu yer maydoni hakida to‘liq ma‘lumotga ega bo‘lish mumkin
emas, bu ma‘lumotni to‘ldirish uchun, ya‘ni yer sharoiti, tuproq unumdorligini
o‘rganish uchun yuqorida aytilganidek rekognostsirovkalik tajriba o‘tkazib
ko‘riladi.