DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
107
kuyidagilardan ibarat. Dastlab variantlar sonlar bilanrakamlanib yoki xarflar bilan
belgilab chiqiladi. Bu belgilar bir xil kartochkalarga yoziladi. So‗ngra kartochkalar
yaxshilab aralashtirilibbittadan ochib chiqiladi.Variantlar qaytariqlar bo‗yicha
kuraga ko‗ra chek ochishga asoslanib , tasodifiy tarzda joylashtiriladi. Har bir
qaytariq uchun aldoxida rendamizatsiya olib boriladi.
Bugungi kunda zamonaviy rendamizatsiya usullari, xususan tasodifiy sonlar
jadvallari ishlab chiqilgan (2-jadval). Rakamlar tasodifiy joylashtirilganda, uning
moxiyati 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 dan iborat sonlar xech kanday konuniyatga
asoslanmagan xolda joylashtiriladi. Shu bilan birga bu sonlardan har biri xar bir
sahifada tahminan bir xil 0.1 marta ehtimoli bilan takrorlanadi. Variantlarni
rendamizatsiyalashda.jadvaldagi tasodifiy sonlardan foydalanish tartibini misol
bilan ko‗rib chiqamiz.
To‗rtta qaytarikdan iborat olti variantli dala tajribasini ko‗yilishini rejalashti
ramiz. Variantlarni 1,2,3,4,5,6 sonlari bilan belgilab chiqamiz va jadvalga ko‗ra
variantlarni qaytariqlar bo‗yicha joylashtirish tartibini belgilaymiz. Buning uchun
jadvalning hoxlagan saxifasidan tasodifiy sonlarni tavakkal qalam bilan
belgilabxisobdagi boshlang‗ichjoy va jadvalda mavjud bo‗lgan variantlar tartib
sonlarini chikishiga ko‗ra davom ettiramiz, agar variantlar to‗lik chikmasa oxirgi
sondan boshlab teskari yo‗nalishda belgilanadi. Faraz qiling, biz jadvalning
birinchi saxifasidagi6 sonini tanladik. Shu tartibda xarakat qilib kuyidagi
rendamizatsiyaon tartibsiz joylashtirishni hosil qilamiz 6,3,5,2,1,4. Oxirgi
delyankadagi variant nomeri (bizda 4) avtomatik tarzda yozib ko‗yiladi,
qaytariladigan va6 sonidan yuqori sonlar o‗tkazilib yuboriladi.
Ikkinchi, uchinchi va to‗rtinchi kaytariqlar uchun hakm variantlar shu tartibda
tartibsiz joylashtiriladi. Buning uchun har bir qaytarik uchun boshlang‗ich sonni
belgilab olish tavsiya etiladi.
Natijada variantlarni qaytariklar bo‗yicha joylashtirish kuyidagi ko‗rinishda
aks etadi.
I kaytarikII qaytariqIII kaytarik IV qaytarik
6, 3, 5, 2, 1, 42, 5, 4, 5, 1, 31, 2, 5, 3, 6, 43, 4, 2, 1, 6, 5
Shunday kilib, birinchi qaytarikning birinchi delyankasiga 6 variantni
joylashtirishimiz kerak, ikkinchi delyankaga 3 variantni, uchinchi delyankaga 5
variantni va xakazo.
Tartibsiz takrorlanish uslubi (to‘liq rendamizatsiya).
Dala tajribasida
rendamizatsiyaning zamonaviy usullari ichida eng soddasitartibsiz, sharoitlarni
tartibsiz holatda, variantlarni qaytariqlar bo‗yicha aralashtirib butunlay tasodifiy
joylashtirish. Masalan,3 variantdan iborat 4 qaytariqli tajriba ko‗yilishi
rejalashtirilgan. Ajratilgan dala maydoni 12 delyankaga bo‗linadi (3x4q12)
vatasodifiy sonlar jadvalga ko‗ra variantlarni qaytariqlar bo‗yichahar bir variant4
tadan delyankaga joylashadigan holatda ajratiladi.