DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
63
Vegetatsiya tajribasi dasturiga hosil strukturasini o'rganish ham kiritilgan bo'lsa,
bu ish yig'im-terim paytida bajariladi. Hosilni yig'ishtirish paytida agrokimyoviy
tahlillar uchun tuproq va o'simlik (don, tugunak, tola, somon, palak va b.) dan
namunalar olinadi.
Hosilni yig'ishtirish va hisobga olish olingan natijalarni statistik tahlili bilan
yakunlanadi. Bitta variantga xos idishlardagi hosildorlik o'rtasidagi farq 5-20% dan
oshmasligi shart.
V.O.Mineyevning qayd qilishicha, o'g'itlar va kimyoviy birikmalardan unumli
foydalanishda quyidagi funksional vazifalar turadi, ya‘ni:
— ekilgan madaniy o'simliklarni makro va mikro biogen elementlar bilan
optimal oziqlantirishda o'sim iklarga toksik moddalarning o'tishiga to'sqinlik qiladigan
fiziologik to'siqlarni tezlashtiradigan faoliyatni o'simlik tanasida kuchaytirish
yo'llarini topish;
— tuproq tarkibi, hosildorligi va uning gumusli holatini tiklash;
— agroekosistemalarda olib boriladigan dehqonchilik yerlarida biogen
elementlarning kichik aylanishi va ularning tuproqdagi balansini optimal holda
saqlash;
— turli tabiiy hududlar talablarini inobatga oigan holda va ularning maqsadlariga
javob beradigan optimal madaniy agrolandshaftlar tashkil etish;
— agroekosistemalarning turli texnogen ifloslanishning oqibatlari;
— og'ir metallar va toksikant elem entlar ta ‘sirini kamaytirish;
— agroekosistemalarda radiatsiya — ekologik holatlarni yaxshilash;
— agroekosistemalarning biologik ko'rsatkichlarini boshqarish;
— o'simlik mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va ozuqaviy sifatini yaxshilash.
Ma‘lumki, tiriklikning hayot faoliyati uchun dorivor o‘simliklar mahsulotlarini
ko‗paytirish, sifatini yaxshilash va dorivor o‘simliklar ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish asosida agrokimyoning mohiyati kattadir. Sababi agrokimyo
uslub va regíamentlarini buzish dehqonchilikda juda katta salbiy oqibatlarga olib
keladi, ya‘ni mineral o‗g‗itlardan noto‗g‗ri foydalanishdan atrof-muhitning ekologik
holati buziladi, tuproq, suv, havo ifloslanadi, tuproq hosildorligi pasayadi,
agrokimyoviy xususiyati va fitosanitar holati yomonlashadi, o'simliklar kasallanishi
kuchayadi, yerdan olingan o'sim liklar hosilining ekologik sifati pasayadi. Yerga
yuqori miqdorda azot o'g'itlarini berilganda modda almashishi buziladi, ya‘ni
oltingugurt o ‗tishi kuchayadi va natijada mahsulotining sifati buziladi o'simlikning
fosfor bilan oziqlanishi yomonlashadi.
Tuproqda natriy, xlor, sulfat birikmalari ko‗p bo‗lsa, bunday tuproq, ekologik
nuqtayi nazardan, o'simliklarning rivojlanishi uchun noqulay hisoblanadi. Shuning
uchun tuproqning rizosfera qatlamida uchraydigan asosiy kimyoviy elementlarni
optimal miqdor va nisbatda solish lozim.
Mineral o‗g‗itlardan foydalanish jarayonida ko'p ekologik salbiy holatlar kelib
Do'stlaringiz bilan baham: |