Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Noan’anaviy dars turlari. 
Ta’lim muassasalarida geografiya fanini o‘qitish 
samaradorligini  oshirishning  muhim  sharti  ta’lim  jarayonlarida  noan’anaviy 
darslardan  foydalanish  sanaladi.  Geografiya  ta’limida  quyidagi  noan’anaviy  dars 
usullaridan foydalanish va ularni dars davomida qo‘llashni tavsiya etish mumkin:
 
1.
 
Konferensiya darsi. 
2.
 
Matbuot anjumani dars. 
3.
 
Matbuot konfirensiya dars. 
4.
 
Uchrashuv darsi. 
5.
 
Musoboqa darsi. 
6.
 
Geografik o‘yin darsi. 
7.
 
Sinov darsi. 
8.
 
«Kim oshdi savdosi» darsi. 
9.
 
Zakovat darsi. 
10.
 
Ijodiy dars. 
11.
 
Sahnalashtirilgan dars. 
12.
 
Loto darsi. 
13.
 
«Ishchan o‘yinlar» darsi. 
14.
 
Mushoira darsi. 
15.
 
Ijodiyishnihimoyaqilishdarsi. 
16.
 
Munozarali dars. 
17.
 
Erkin fikrlash darsi. 
18.
 
Hayoliy sayyohat darsi. 
19.
 
Geografik diktant darsi. 
20.
 
Mo‘jizalar maydoni darsi. 
21.
 
Tayanch signallarga asoslangan dars. 
22.
 
Bayram darsi. 
23.
 
Disput darsi. 
24.
 
Geografik nomlarni bilasizmi darsi 
25.
 
Dala darsi. 


175 
 
Geografiya  darslarida  noan’anaviy  dars  usullaridan  mavzuga  mos  to‘g‘ri 
foydalanishni  uni  dars  davomida  to‘g‘ri  qo‘llash,  ko‘rgazmalilikni  oshirib  borish 
katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Zero  darsni  turli  xil  yangi  va  ko‘rgazmali  metodlar 
asosida  o‘tish  uning  ilmiyligini,  metodik  tavsiyasini  va  samarali  bo‘lishini 
ta’minlashda katta ahamiyatga ega. 
Zamonaviy  pedagogik  texnologiya  o‘z  yutuqlari  bilan  bog‘liq  holda 
yangicha mazmunga ega. Bu esa o‘quv - tarbiya jarayonini ilmiy asosda ko‘rishga 
yo‘naltirilgan,  o‘qitishning  axborot  vositalari  va  ta’limiy  materiallardan  faol 
usullardan  keng  foydalanishga  asoslangan  o‘quvchi  va  o‘qituvchi  birligi 
faoliyatiga  zamin  yaratadi.  Ta’lim  jarayonida  ta’limiy  o‘yinlar  texnologiyasi 
ta’limiy  o‘yinli  dars shaklida qo‘llaniladi.  Ushbu  darslarda o‘quvchilarning bilim 
olish jarayoni o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning 
bilim olish faoliyati bilan  uyg‘unlashgan darslar ta’limiy o‘yinlar darsi deb ataladi. 
Inson  hayotida  o‘yin  faoliyati  orqali  quyidagi  vazifalarni  amalga  oshirish 
mumkin: 
1. O‘yin orqali shaxsning ma’lum faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi. 
2. Kommunikativ muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi. 
3.  Shaxsning  o‘z  iqtidori,  qiziqishi,  bilimi  va  o‘zligini  namoyon  etishga 
imkon yaratadi. 
4.  Hayotda  va  o‘yin  jarayonida  yuz  beradigan  turli  qiyinchiliklarni 
yengishga tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarini hosil qiladi. 
5.  O‘yin  jarayonida  ijtimoiy  me’yorlarga  mos  xulq-atvorni  egallash, 
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi. 
6. Shaxsning ijobiy hislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi. 
7.  Insoniyat  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  qadriyatlar  tizimi,  ayniqsa,  ijtimoiy, 
ma’naviy  -  madaniy,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  o‘rganishga  e’tibor 
qaratiladi. 
8.  O‘yin  ishtirokchilarida  jamoa  muloqat madaniyatini  rivojlantirish ko‘zda 
tutiladi. 
O‘yin bilan bog‘liq faoliyat o‘zining to‘rtta xususiyati bilan ajralib turadi: 
1.  Erkin  rivojlantiruvchi  faoliyatning  vujudga  kelishi  (bunda  o‘yin 
ishtirokchilari  rollarini,  vazifalarini  tanlash,  o‘z  faoliyatidan  ko‘ngli  to‘q  bo‘lishi 
nazarda tutiladi). 
2.  Ijodiy  muhitning  tarkib  topishi  (o‘yin  ishtirokchilari  tegishli  ijodiy  va 
mustaqil faoliyatga ega bo‘ladilar). 


176 
 
3.  His-hayajonli  vaziyatning  paydo  bo‘lishi  (o‘yin  davomida  musobaqa, 
raqobat, hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga keladi). 
4.  O‘yin  davomida  belgilangan  qonun  -  qoidalarga  qat’iy  amal  qilinishi 
(o‘yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma - ketligi, vaqt balansi va h.k.). 
O‘yin tarkibiga quyidagi masalalar kiradi: 
a) o‘yinning sujeti; 
b) muayyan rollar, vazifalar; 
v) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amaliy uslublar; 
g) aniq o‘yinlar yoki shartli ravishdagi o‘yin vositalaridan foydalanish; 
d) o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat, muloqat. 
O‘yin faoliyatining tarkibi quyidagilardan tashkil topadi: 
1. O‘yinda ko‘zda tutilgan maqsadni aniqlash, loyihalash; 
2. Ushbu maqsadni amalga oshirish yo‘llarini belgilash; 
3. Olingan natijalarni tahlil qilish; 
4. O‘yin tuzilishiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish. 
Ta’limiy o‘yinlar darslarining bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga 
qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, 
o‘yin-mashqlariga ajratish mumkin. 
O‘qituvchi  avval  o‘quvchilarni  individual,  so‘ngra  guruhli  o‘yinlarga  
tayyorlash  va  uni  o‘tkazish,  ular  muvaffaqiyatli  chiqqandan  so‘ng,  ommaviy 
o‘yinlarga  tayyorlash  lozim.  Chunki  o‘quvchilar  ta’limiy  o‘yinlar  darslarida  faol 
ishtirok  etishlari  uchun  zaruriy  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarga  ega  bo‘lishlari, 
bundan  tashqari, sinf  jamoasi o‘rtasida hamkorlik,  o‘zaro  yordam  vujudga  kelishi 
lozim. 
O‘qituvchi  ta’limiy  o‘yinlar  darslarini  o‘tkazishda  quyidagi  ta’limiy 
talablarga amal qilishi lozim: 
1.  Ta’limiy  o‘yin  darsi  dasturda  qayd  etilgan  ta’limiy,  tarbiyaviy, 
rivojlantiruvchi vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi; 
2. Muhim muammolarga bag‘ishlanishi va ular o‘yin davomida hal qilinishi;  
3.  Barkamol  inson  shaxsni  tarbiyalash  tamoyillariga  sharqona  odob-axloq 
me’yorlariga mos kelishi; 
4. O‘yin tuzilishi mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi; 


177 
 
5.  Mazkur  darslarda  ta’limiy  tamoyillarga  amal  qilinishi  va  eng  kam  vaqt 
sarflagan  holda  ulkan  samaraga  erishish  kerak.  Quyida  biz  ta’limiy  o‘yin 
darslarining tavsifiga qisqacha to‘xtalamiz. 
Geografiya  ta’limida  o‘yinlar  texnologiyasi  bo‘yicha  muayyan  tajribalar 
to‘plangan. Geograf - o‘qituvchilarning va uslubiyotchilarning qayd qilishlaricha, 
o‘yinlarning  asosiy    vazifalari  ta’lim  beruvchi,  tarbiyalovchi,  rivojlantiruvchi 
ekanligini  ta’kidlaydilar.  Ta’limiy  o‘yinlar  o‘quvchilarning  bir-birlari  bilan 
muomala  qila  bilishlarini  tarbiyalash,  so‘zlab  berishlari,  isbotlab,  ishonch  hosil 
qilishlari uchun, ayniqsa, katta ahamiyat, kasb etadi. 
Geografik o‘yinlardan foydalanganda, o‘yinlarni o‘tkazish texnologiyasi. 
O‘yin o‘tkazish uzoq, murakkab jarayon, bu quyidagilardan iborat: 
-  tayyorlov  juda  uzoq  davom  etuvchi,  javobgarlikni  talab  etuvchi  qism  va 
o‘yin natijasiga ta’sir etadi. Bu qismning asosiy vazifasi - o‘quvchilarni o‘yinning 
maqsadi, mazmuni, qoidasi, shartlari bilan tanishtirish; 
- o‘yinni tashkil etish: o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, vazifa olishadi, qoida 
va o‘yin shartlari asosida dars shaklini belgilashadi; 
   -  o‘yinni  o‘tkazish  yakka  yoki  guruhlar  bilan  sinfda  ishlash,  berilgan 
vazifani mustaqil bajarish; 
-o‘yin  natijalari  tahlili,  o‘yin  natijasini  o‘qituvchi  bilan  birga  baholash, 
so‘ngra bir-birining ijodini va o‘zlari bajargan ishlarini baholash. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish