185
Angliya 1967-yil Pedagogik texnologiya bo‘yicha Milliy kengash 1964-yildan
boshlab “Pedagogik texnologiya va o‘qitishni dasturlashtirish” (
Yeducational
Technologyprograttedtearning
) jurnalini, 1971-yildan “Pedagogik texnologiya”
jurnalini nashr eta boshladi.
Yaponiyada pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilot
shug‘ullanadi. 1967-yilda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy kengash”
tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965-
yildan boshlab yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz
tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali
nashr etiladi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha umumyapon Markaziy
kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo‘yicha xalqaro aloqalar o‘rnatish bilan
ham shug‘ullanadi.
Italiyada 1971-yili pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy markaz tashkil
etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi.
Vengriyada 1973-yili o‘qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi.
SSSRda 1965-yili SSSR PFA qoshida maktab ta’limi va o‘qitish texnik
vositalari ITI (NII) tashkil etildi.
“Texnologiya” tushunchasi bu vaqtda ideologik nuqtayi nazardan qabul
qilinmagan edi. “Maktab va ishlab chiqarish” jurnali nashr etila boshlandi.
O‘qitish texnologiyasi bo‘yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) sovet
olimi S.G.Shapovalenko o‘qitish jarayonining uchta texnologik prinsiplarini
ko‘rsatdi:
1.
Bilim va texnikani mukammal egallash.
2.
Audiovizual materiallari fondi bilan tanishish.
3.
Ulardan samarali foydalanish metodikasini bilish, shu jumladan, ijodiy
yondoshishning rivojlanishi ham.
Vengriya olimi L. Salai “o‘qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish,
maqsadlarni tahlil qilish, o‘quv-tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish,
samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni
kiritib o‘qitish jarayonini tashkil etuvchilarni doirasini ancha kengaytirdi.
E.Bisterski va J.Sellerlar (AQSh) to‘plagan ma’lumotlar bo‘yicha o‘qitish
texnikasi faqatgina yordamchi vosita va yangi sistemadan iborat bo‘libgina
qolmay, balki o‘qish jarayoni tashkiliy shaklini, metodi va mazmunini o‘zgartirib
uning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilar va
o‘quvchilar pedagogik fikrlashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Shunday qilib, o‘tgan asrning 70-yillari oxiri, 80-yillari boshlarida texnika
rivojlanishi va chet elda ta’limning kompyuterlashtirilishi boshlanishi oqibatida
“o‘qitish texnologiyasi” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari o‘quv
tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va boshqarish vositalari, metodlari sistemasi
sifatida tushunila boshlandi va mazmunan quyidagicha guruhlarga bo`lindi:
1.
Amaliy masalalarni yechish uchun sistemali bilimlarni qo‘llash.
2.
O‘quv jarayonida texnik vositalardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: