8.3. Geografiya o‘qitishda modulli ta’lim
1.
Modul ta’limining mohiyati.
Pedagogik adabiyotlarda modul pedogogik
texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha sifatida
qaraladi. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni modullar eng kichik bo‘laklardan hamda
200
ularning turli miqdordagi to‘plamlardan iborat bo‘ladi. “Modul”
(lot. “modulus”)
tushunchasi:
1)
tizim ichidagi o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat tugun;
2)
muayyan texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi
atama;
3)
o‘quv materiallining mantiqiy tugallangan birligi.
Geografiya ta’limida didaktik imkoniyatiga ko‘ra o‘zlashtirilishi zarur
bo‘lgan manba, o‘quv materialini mantiqan tugallangan bo‘laklarga ajratib
o‘rganish imkoniyatiga ega. Boshqacha aytganda, modul ta’limining asosiy
vositasi, tugallangan axborot bloki sifatida talqin etiladi.
Xalqaro tashkilot YUNESKO tomonidan 1982-yilda tashkil etilgan
anjumanda e’lon qilingan ma’ruzada “modul” tushunchasi “O‘quv materialini u
bilan tezkor individual tanishish va ketma-ket o‘rganish asosida yakka tartibdagi
va guruh mashg‘ulotlarida bir yoki bir necha malakani o‘zlashtirish uchun
mo‘ljallangan alohida o‘rgatuvchi to‘plam (paket)” deb ta’kidlangan.
Modul negizida geografiya o‘qitish metodikasi fanining muayyan qismi –
bo‘limi (odatda 10-12 soatli), nisbatan katta hajmga ega mavzusi (ko‘p holatlarda
5-8 soat hajmdagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil ta’lim uchun
mo‘ljallangan materialning mohiyatini yorituvchi o‘zaro bog‘liq tushuncha,
elementlar to‘plami aks etadi. Odatda, modul ko‘rinishidagi bo‘laklar kichik
modul, birlamchi modul, modullar to‘plami, modullar darajasi va modullarning
majmuaviy tuzilmasi tarzida qo‘llaniladi.
O‘quv manbai, o‘quv materialining hajmi, axborotlarni qamrab olish
ko‘lamiga ko‘ra modullar kichik, o‘rtacha va yirik bo‘laklarga ajratiladi. Misol
uchun, oliy ta’lim muassasalarida geografiya o‘qituvchilari toyyorlash yo`nashi
bo‘yicha mo‘ljallangan “Geografiya o‘qitish metodikasi” o‘quv moduli bir necha
modullar to‘plamidan iborat bo‘lib, mavjud modullar o‘zi tomonidan qamrab
olingan o‘quv materiali, mavzusi negiziga kiradigan o‘quv axborotlarining hajmi,
ko‘lamiga ko‘ra kichik, o‘rta va katta modul tarzda aks etadi. Odatda, o‘quv
moduli tarkibiga kiruvchi modullar bir-biri bilan o‘zaro mutanosib bo‘lmaydi.
Ya’ni bir o‘quv moduli tarkibida bir necha kichik, o‘rta va katta modullar mavjud
bo‘ladi.
B.P.Farberman tomonidan quydagicha:
“Modul ta’limi – o‘quv jarayonini
tashkil etishning muayyan shakli bo‘lib, unga ko‘ra o‘quv materiali mantiqiy
tugallangan birliklari – modullarga asoslangan holda ma’lum bosqich va qadamlar
asosida o‘zlashtiriladi”, deb ta’kidlangan.
Ta’limning modul tizimi haqida birinchi marta Tokio shahrida 1972-yilda
tashkil etilgan YUNESKOning Butunjahon Konferensiyasida so‘z yurtilgan.
201
Uzbekistonda N.X.Avliyakulovning “Modulli o‘qitish texnologiyalari”,
N.A.Muslimovning “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” va boshqalar tomonidan
modulli ta’limning ilmiy va metodik jihatdan ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi kunda
amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Modul ta’limi tarkibiy bo‘laklarining o‘zaro
joylashishi hamda texnologik jarayonni amalga oshirish ketma-ketligining
avvaldan belgilangan tartib-qoidalari algoritm deb yuritiladi.
Ayni vaqtda oliy ta’lim muassasalarida har bir o‘quv moduli (fani)dan o‘quv
materiallarini modullarga ajratish ular bo‘yicha yaratilgan. Davlat ta’lim
standartlari (DTS)ning tarkibiy bo‘laklariga mos keladigan bloklarga muvofiq
amalga oshirilmoqda.
Modul ta’limi zamonaviy ta’limning istiqbolli turi sanaladi. U o‘quv
materialini kodlashtirishga asoslanadi. O‘quv materialini kodlashtirishda matnga
asoslangan ma’lumotlar imkon qadar muayyan shaklga kiritiladi. Ya’ni o‘quv
axborotlarining mohiyati sur’at, grafika, tasvir, jadval, diagramma, sxema, model,
turli ramzlar, shartli geografik belgilar yordamida kodlashtiriladi. Kodlashtirish
o‘z-o‘zidan o‘quv materialining hajm jihatidan zichlanishini ta’minlaydi.
Binobarin, u inson bosh miyasining fiziologik imkoniyatlariga tayanilgan
holda asoslangan. Ya’ni modul ta’limi inson bosh miyasi to‘qimalarining modulli
tuzilishi nuqtayi nazardan asoslangan.
Inson bosh miya to‘qimasi, qariyb 15 mlrd. neyron (asab hujayralari)dan,
boshqacha aytganda, shartli modullardan iborat. Ko‘p sonli asab hujayralari bir-
birlari bilan o‘zaro to‘qnashadi. Odatda, birgina hujayra, uning o‘simtasi bilan 6
ming marta o‘zaro to‘qnashadi. Demak, bosh miya hujayralari to‘qimasidagi
to‘qnashuvlar soni 15000000000x6000 miqdorni tashkil etadi. O‘quv moduli esa
ta’lim jarayonining alohida bitta hujayrasi sifatida e’tirof etiladi. Unga ko‘ra har
bir hujayra muayyan vaqtda o‘ziga xos yaxlitlikni, tizimni tashkil etuvchi alohida
elementlardan iborat umumiy o‘quv axborotini tashkil etadi. Fiziologik
imkoniyatlariga ko‘ra inson miyasidagi hujayralar to‘qimalarining modulli
tuzilmasi axborotlarni kvant (ayrim bo‘laklar, qismlar) tarzida samarali qabul
qiladi.
Geografiyani o‘qitishda modul ta’limining samaradorligi hozirgi kunda
quyidagi omillarga bog‘liq:
-
oliy o‘quv yurtining moddiy-texnik imkoniyati;
-
professor-o‘qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;
-
talabalarning tayyorgarlik darajasi;
-
didaktik materiallarning mavjudligi;
-
o‘quv natijalarining holis baholanishi;
-
ta’lim natijalarining tizimli, izchil tahlili;
-
ta’lim natijalarining tahlili asosida modullarni maqbullashtirilishi.
202
Modulli o‘qitishda, asosan, modullar buyicha tuzilgan o‘quv dasturlari
asosida o‘qitish nazarda tutiladi. Modul kurs mazmunini uch sathda qamrab oladi:
to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Dastur materiallari bir vaqtning o‘zida
barcha ehtimol qurilagan kodlarda: geografiyaga doir rasm, test, belgilar va so‘z
bilan berilishi modul ta’limi tamoyillariga muvofiq o‘quv axborotini
“zichlashtirish”;
O‘quv rejaga ko`ra ta’lim jarayonini tashkil etishda mashg‘ulotlarni haftalik
modulli rejalashtirish va talabalar bilimini kredit modul tizimi asosida baholash
samarali hisoblanadi. Unga ko‘ra bitta o‘quv moduli (2-3 ta ma’ruza, tegishli,
amaliy mashg‘ulotlari) bir haftaga rejalashtirilib, talabalar bilimini testlar, sinov
topshiriqlari yordamida baholash bilan tugallanishi zarur.
Geografiya ta’limi metodikasida modul tizimi quyidagi tamoyillarga
asoslanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |