Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

O‘quv  ekskursiyalari. 
O‘quv  ekskursiyalarining  maqsadi  o‘quvchilarni 
o‘quv dasturi talab etgan geografik obyekt va ayrim tabiat hodisalari, shuningdek, 
aholining xo‘jalik faoliyati bilan tanishtirishdan iborat. Ekskursiya tabiatni ongli va 
to‘liq bilib olishga imkon beradi. Biron ko‘rsatmali qo‘llanma, biron badiiy tasvir 
o‘rganiladigan obyekt va hodisa haqida  ekskursiyadagidek  to‘liq  tasavvur berishi 
qiyin.  O‘quv  ekskursiyalari  o‘tkazish  uchun  o‘quvchilarni  tabiatga,  meteorologik 
stansiyaga, muzeylarga va mavzuli ko‘rgazmalarga olib borish kerak. 
 
Tabiatga  uyushtiriladigan  ekskursiyalarda  ko‘rilgan  obyekt  yoki  hodisa 
shuning  uchun  ham  ongli  o‘zlashtiriladiki,  ular  tamg‘a  bosgandek  bolalar 
miyasidan qattiq o‘rin olib qoladi. 5 - sinfda yer yuzasi shakllari va ularni tashkil 
etuvchi jinslar hamda mahalliy suvlarni o‘rganish maqsadida o‘quv yili boshlarida 
ekskursiya  o‘tkazish  mumkin.  Chunki  keyingi  tegishli  mavzularni  o‘rganishda 
mazkur ekskursiyadan olingan tushuncha va ma’lumotlarga tayaniladi. Agar o‘quv 
yili  boshida  ekskursiya  tashkil  qilinsa,  bu  ekskursiya  o‘quvchilarni  fanga  bo‘lgan 
qiziqishlarini oshirib yuboradi. 
 
Muzeyda  o‘rganiladigan  buyumlar  tabiiy  holatda  emas,  balki  sun’iy 
sharoitda,  ko‘rgazmalarga  to‘plangan  eksponatlar  shaklida  bo‘ladi.  Muzeyda  juda 
ko‘p  material  to‘plaganligidan  faqat  dars  mavzusiga  taalluqli  ko‘rgazmalargina 
o‘rganiladi.  O‘lkani  o‘rganish  muzeylari  o‘z  o‘lkasini  o‘rganish  uchun  muhim 
ahamiyatga ega. 
 
Ekskursiya samarali o‘tishi uchun o‘qituvchi:  
a) ekskursiyaga tegishli asbob-uskunalarning tayyor ekanligini ko‘zdan kechirishi;  
b) ekskursiya uyushtiriladigan joyni oldindan bilib qo‘yishi;  
v) ekskursiyaning maqsadi, mazmuni va o‘tkazish usulini aniqlab qo‘yishi;  
g) ekskursiya o‘tkazish rejasini ishlab chiqqan bo‘lishi lozim. 
 
O‘qituvchi ekskursiyaga tayyorlanar ekan, tegishli adabiyotlar bilan tanishib 
chiqqan  bo‘lishi  lozim.  Tabiatga  uyushtiriladigan  ekskursiyaning  taxminiy  rejasi 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1.
 
Sinf, oy va kun. 


164 
 
2.
 
Ekskursiya mavzusi. 
3.
 
Ekskursiyaning maqsadi. 
4.
 
Ekskursiya uyushtiriladigan joy, marshruti va kuzatish obyektlari. 
5.
 
Ekskursiya uchun tegishli o‘quv qurollari. 
6.
 
Ekskursiyaning o‘tgazilishi:  
a) o‘qituvchining axboroti;  
b)  o‘quvchilar  olib  boradigan  kuzatishlar,  tadqiqotlar  va  o‘rganadigan 
qonuniyatlar;  
v) tog‘ jinsi, tuproq, o‘simlik va mayda hayvonlar namunalarini to‘plash; g) 
rasm va sxemalar chizish. 
7.Ekskursiya materiallarini ishlab chiqish:  
a) ekskursiya marshrutini chizish;  
b) chizma va fotorasmlarni tayyorlash;  
v) o‘lkani o‘rganish muzeyi (yoki burchagi) ga material tayyorlash;  
g) devoriy gazeta uchun maqola yozish. 
O‘qituvchi  ekskursiyaga  chiqishdan  avval  o‘quvchilarning  qayerga  qachon 
yig‘ilishlari haqida, ekskursiya  vaqtida ular  qanday  ishlar bajarishlari,  ekskursiya 
uchun  zarur  o‘quv  qurollari  va  ularni  ishlatish  yo‘llari  haqida  tushuntiradi. 
O‘quvchilarni  guruhlarga  bo‘ladi.  Agar  ekskursiya  marshruti  va  ko‘lami  kichik 
bo‘lsa,  barcha  guruhlar  o‘zlari  uchun  ajratilgan  maydonlarga  bo‘linib, 
o‘qituvchining  ko‘rsatmasiga  muvofiq  o‘zlariga  topshirilgan  topshiriqlarni 
bajaradilar.  Ekskursiyada  mo‘ljallangan  ishlar  bajarilib  bo‘lgach,  o‘qituvchi 
o‘quvchilarni marshrut bo‘ylab olib o‘tadi. Agar ekskursiya marshruti va ko‘lami 
katta bo‘lsa, barcha o‘quvchilar bir marshrut yo‘nalishi bo‘ylab boradilar.  
 
Ekskursiya  so‘ngida  yakunlovchi  yig‘ilish  yoki  konferensiya  o‘tkaziladi, 
bunda  o‘quvchilar  qilingan  ishlar  haqida  axborot  beradilar,  to‘plangan 
materiallarni  ko‘rsatadilar.  Ekskursiyada  to‘plangan  materiallar  -  kolleksiyalar, 
gerbariylar bilan maktabning geografiya xonasini jihozlaydi.  

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish