Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
 
7.5. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. 
Geografiya  darslarining  asosiy  maqsadi  o‘quvchilarda  yangi  geografik 
tasavvur va tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. 
Geografiya  o‘qituvchisining  eng  asosiy  vazifasi  darsning  maqsadini  to‘g‘ri 
aniqlashdan iborat. Buning uchun o‘qituvchi, avvalo, quyidagilarga doimo e’tibor 
qilishi lozim: 
1.  Darsda  o‘quvchilar  qanday  bilimlar,  tushunchalar,  qonuniyatlar 
g‘oyalarini egallashlari; 
2.  Ilgari  o‘quvchilar  egallagan  qanday  ko‘nikma  va  malakalar  bu  darsda 
takomillashuvi hamda qanday ko‘nikmalar birinchi marta berilishi lozimligi; 
3.  Dars davomida o‘quvchilarni tarbiyalay oladigan qanday ishlar bajarilishi 
lozimligi; 
4. Darsning maqsadiga pedagogika nazariyasi, ilg‘or o‘quvchilar va o‘zining 
shaxsiy tajribasiga asoslangan ijodiy yakun deb qarash mumkinligi: 
Darsning  maqsadiga  ko‘ra,  uning  mazmuni  belgilanadi.  Demak,  dars 
maqsadi  qanchalik  puxta  belgilansa,  mazmun  shunchalik  samarador  bo‘ladi. 
Quyida 5 - sinfda «Atmosfera haqida tushuncha» mavzusida dars maqsadi qanday 
bo‘lishi kerakligini keltiramiz: 
1. Atmosfera va uning tuzilishi haqida tushuncha hosil qilish, atmosferaning 
ahamiyati, uni o‘rganish, atmosferani qo‘riqlash haqida bilim berish; 
2. Darslikdagi rasmlarni bilim manbasi sifatida qo‘llab, o‘quvchilarda zarur 
ko‘nikmalar hosil qilish; 
3.  Atmosferani  qo‘riqlash  inson  sog‘lig‘i  uchun  katta  ahamiyatga  egaligini 
ko‘rsatib, o‘quvchilarga ekologik tarbiya berish. 
Dars mazmuni belgilaydigan asosiy hujjat geografiya dasturidir. 
Unda  har  bir  kurs  bo‘yicha  o‘quvchilar  qanday  bilimlar  va  ko‘nikmalar 
egallashi  lozimligi  aniq  ko‘rsatilgan.  Dars  mazmuni  darslikda  berilgan 
ma’lumotlarga ham  bog‘liq. Imkoni boricha, darslikdagi ma’lumotlardan tashqari  
yangi ma’lumot ham berilishi kerak. 
O‘qituvchi darslik va dastur asosida darsga tayyorlanishda uni diqqat bilan 
ko‘zdan  kechirishi,  qanday  Blis  so‘rov  darsda  o‘rganiladi,  qaysilari  uyga  vazifa 
qilib berilishini aniqlab olishi kerak. Dars mazmunidan kelib chiqqan holda uning 
vazifalari  belgilanadi.  Dars  vazifalari  o‘quvchilarga  aniq  yetkazilishi  lozim.  Ular 
darsda  nimalarni  egallashlarini  tasavvur  qila  olsagina,  ko‘zlangan  maqsadga 
erishishi  mumkin.  Dars  vazifalari  o‘quvchilarga  qisqa  va  aniq  holda  berilishi 
kerak.  


166 
 
 
Darsning  maqsadi  va  o‘quv  materiallari  mazmuni,  o‘quvchilarning 
tayyorgarligi  (mavjud  tayanch  bilim  va  ko‘nikmalar,  o‘quvchilarning  bilish 
qobilyatilari) zarur ta’lim metodlari va vositalarini tanlashni taqozo etadi. 
Agar  o‘quvchilarda  tayanch  bilim  va  ko‘nikmalar  bo‘lmasa,  tasvirli 
tushuntirish  yoki  muammoli  bayon  metodini  qo‘llash  yaxshi  natija  beradi. 
Qachonki,  o‘quvchilarda  oldingi  o‘rganilgan  kurslardan  nazariy  bilim  va 
ko‘nikmalar bo‘lsa, birinchi o‘rinda reproduktiv va qisman izlanuvchan muammoli 
metodlarni  tanlash  mumkin.  Agar  o‘quv  materiali  ijodiy  va  muammoli 
topshiriqlarni  shakllantirishni  talab  etsa,  bunday  paytda  ta’limning  tadqiqot 
metodini  qo‘llagan  ma’qul.  Ta’lim  metodlarini  tanlash  har  bir  dars  uchun  o‘ziga 
xos xarakterga ega. Har darsda bir necha xilma-xil metodlar qo‘llaniladi. 
Geografiya  o‘qituvchisi  o‘z  imkoniyatidan  kelib  chiqqan  holda,  metod 
tanlaydi.  Demak,  ta’lim  metodlari  va  vositalarini  belgilash  darsning  maqsadi  va 
mazmuniga, 
o‘quvchilarning  bilim  darajalariga,  ularning  o‘zlashtirish 
qobiliyatlariga,  shuningdek,  o‘quv  qurollarining  mavjudligiga  bog‘liq.  Eng 
muhimi,  tanlab  olingan  ta’lim  vositalari  va  metodlari  bilimlarni  to‘g‘ri,  ilmiy 
asosda o‘zlashtirilishini ta’minlashi kerak. Geografiya darslarida fanlararo aloqalar 
o‘rnatish,  ekologik-iqtisodiy  tarbiya  yo‘nalishlarini  amalga  oshirish  dars 
samaradorligini yuqori pog‘onaga ko‘tarishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish