qarash kerak: yuza birligiga toʻgʻri keladigan axborot miqdorining ortishi (fazoviy
zichlanish) va vaqt birligi ichida odamga kelayotgan axborotning koʻpayishi (vaqt
Axborotni aks ettiruvchi qurilmalar oʻlchamlarining kichrayishi odamning
psixofiziologik imkoniyatlari bilan bogʻliq ma’lum bir chegaralargacha boʻlgani
ma’qul. Masalan, masofa (oʻlchov kattaliklarini aniq oʻqish imkonini beradigan),
- 39 -
darajalash vositalaridagi aniqlik sinfi (shkala chiziqlari orasidagi masofa), turli
tezliklar bilan harakatlanuvchi ob’ektlarga reaktsiya vaqti.
Asboblar oʻlchovlarini kichraytirish axborot kiritish qurilmalarini ham
kichraytiradi. Optimal oʻlchamlarni topish bilan birga odam indikatorlarni toʻgʻri
kuzatishiga ham (vizual yoki akustik) e’tibor qaratish lozim.
Axborotni vaqt boʻyicha zichlash uni mashina yordamida qayta ishlash
tezligiga bogʻlik. Buni odamning oʻzi qayta ishlashi bilan taqqoslab boʻlmaydi.
Garchi hozir axborotni zichlashning aniq chegaralarini aytib boʻlmasa – da,
texnikaning rivojlanishi koʻrsatadiki, odamga boʻladigan axborot yuklamalariga
talablar ortib borayapti. Bu talablar ergonomik omillarni hisobga olish zaruratini
tugʻdiradi.
Ma’lumki, boshqarish tizimining xususiyatlari uning elementlari tavsiflari
bilan aniqlanadi. Bunda odamning dinamik imkoniyatlari (latent – reaktsiyasining
(yashirin) davri, ya’ni signal berilgan ondan boshlab, operatorning javob harakatlari
boshlanguncha vaqt oraligʻi muhim ahamiyatga ega. Mana shu yashirin davr
operatorning dinamik xususiyatlarini tavsiflaydi.
Quyida yashirin davrning oddiy sensomator reaktsiyalar davridagi qiymatlari
berilgan: bunda odam oʻzining maksimal imkoniyatlari bilan oldindan tanish, lekin
qoʻqisdan paydo boʻlgan signalga javoban u yoki bu harakatni (tugmani bosish,
richagni surish va h. k.)bajaradi.
Qoʻzgʻatuvchi turi
Latent davr
diapazoni, ms
Qoʻzgʻatuvchi turi
Latent
davr
diapazoni, ms
Taktil (tekkizish,
titrash)
90-12
Issiqlikka oid (iliq,
sovuq )
280-1600
Eshitish (tovush)
120-180
Maza, tam (shoʻr,
shirin, nordon, achchiq)
310-1080
Koʻrish
(yorugʻlik)
150-220
Ogʻriq (ukol)
130-890
Hid bilish (hid)
310-390
- 40 -
Transport
vositasining
tezligi
toʻxtovsiz oshib borayotgan, uni
boshqarayotgan odamning vaqti doimo ziq boʻlib qoladigan sharoitlarda reaktsiya –
aksilamalning amaliy ahamiyati beqiyos. Ishlab chiqarishda band odamning
aksilamal vaqtiga koʻp omillar ta’sir etadi. Bulardan asosiylari qoʻzgʻatuvchi turi,
jadalligi, odamning jinsi va yoshi, psixofiziologik xususiyatlari va holati,
koʻnikmalar darajasi. Boshqarayotgan odamning faoliyat sharoitlarini ergonomik
baholashda oʻtkazish qobiliyatini hisoblash katta ahamiyatga ega; bu qobiliyat
masalaning turi, chiqarib olinadigan axborot hajmi, operatorning ishtirok darajasi va
boshqalarga bogʻliq. Axborotni aks ettiruvchi vositalarni ishlab chiqarishda tablo
yoki boshqaruv taxtasiga tushadigan axborot oqimi – Gʻ
ao
va odamning oʻtkazish
qobiliyati (SO) orasida quyidagicha bogʻlanish bor:
Do'stlaringiz bilan baham: