Ma’lumki, lokal hisoblash tarmog‘i – bu odatda nisbattan katta bo‘lmagan
Bizning holda bu ma’lum bir shaklda bir-biri bilan bog‘langan atigi 6 ta ishchi
stantsiyadir. Buning uchun biz tarmoq kontsentratorlari (xablar) va kommutatorlari
6
1.1-rasm. Loyihalanuvchi tarmoq
1.
Quyi qismning chap burchagida joylashgan «Tarmoq kommutatorlari»
qurilmalarini tanlaymiz va o‘ng tomondagi ro‘yhatdan sichqonchaning chap
tugmasini bosgan holda 2950-24 kommutatorini tanlaymiz va uni ishchi sohaga
joylashtiramiz. Xuddi shunday «Tarmoq kontsentratori (Hub-PT)» va «Ishchi
stantsiyalar (PC-PT»ni tanlab, ishchi sohaga olib o‘tamiz.
2.
So‘ngra qurilmalarni 1-rasmda ko‘rsatilganidek, mos interfeyslardan
foydalanib ulash kerak bo‘ladi. «Ulanish tipi» bandida kerakli ulanish tipini
tanlaymiz va qurilmalarni bir biri bilan bog‘laymiz.
3.
So‘ng eng muhim bosqich – sozlash keladi. Biz OSI tarmoq modelining
boshlang‘ich sathlarida ishlovchi qurilmalaridan (2-sathda kommutator, 1-sathda
kontsentrator) foydalanar ekanmiz, u holda ularni sozlash kerak emas. Faqat ishchi
stantsiyalarni sozlash kerak, ya’ni: IP-adres, tarmoqosti niqobi, shlyuz.
Quyida bitta stantsiya (PC1)ni sozlanishi keltirilgan, qolgan stantsiyalar ham
shu kabi sozlanadi.
Kerakli ishchi stantsiya ustida sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosib,
ochilgan oynadan Ishchi stol ilovasini tanlaymiz, so‘ng – interfeys konfiguratsiyasi
va kerakli sozlashlarni amalga oshiramiz:
IP-adres
. Ma’lumki, IP protokollariga asoslangan lokal tarmoqlarda quyidagi
adreslar ishlatilishi mumkin:
• 10.0.0.0—10.255.255.255;
• 172.16.0.0—172.31.255.255;
• 192.168.0.0—192.168.255.255.
7
Shu sababli mazkur diapazonlar ichidan IP-adres tanlaymiz, masalan
192.168.0.1
Izoh! barcha ishchi stantsiyalarning IP-adreslari aynan bitta tarmoqostida
joylashgan bo‘lishi kerak (ya’ni bitta diapazonda), aks holda ping jarayoni amalga
oshmaydi.
Tarmoqosti niqobi
. IP-adres kiritilganda, qiymat avtomatik ravishda yoziladi.
Shlyuz.
Maydonni to‘ldirmasa ham bo‘ladi.
4.
Sozlashni tugatganimizdan so‘ng, majg’ulotini ikkinchi qismiga
o‘tishimiz mumkin – ping-jarayonini ishga tushirish. Masalan, uni PC5 dan
tushiramiz va PC1 bilan aloqa mavjudligini tekshiramiz.
Buning uchun kerakli ishchi stantsiya ustida sichqonchani chap tugmasini bir
marta bosamiz, ochilgan oynadan «Ishchi stol» ilovasini tanlaymiz, so‘ng –
«Buyruqlar satri». Bizga quyidagi buyruqni kiritish taklif qilinadi:
PC>ping 192.168.0.1
va Enter tugmasi bosiladi.
Packet Tracer 53 da Ping utilitining qanday ishlashini to‘liq yorituvchi va
ko‘rsatuvchi modellashtirish rejimi mavjud. Shu sababli mazkur rejimga ishchi
sohaning quyida chap qismida joylashgan belgiga bosish orqali yoki Shift+S
klavishlar kombinatsiyasini bosish orqali o‘tish zarur. «Modellashtirish paneli»
ochiladi, unda ping-jarayoni bilan bog‘liq barcha hodisalar aks etadi.
Endi ping-jarayonini qayta ishga tushirish zarur. Ishga tushirgandan so‘ng,
loyihalangan tarmoqda paketlarni jo‘natish/qabul qilish jarayonini kuzatish uchun
«Modellashtirish paneli»ni chetga surish mumkin.
Xulosa
IP-tarmoqlarida adresatsiyalash. Tarmoqdagi kompyuterlarning adress tiplari,
belgili adreslarni IP-adreslarda aks ettirish: DNS xizmati, tarmoq tugunlariga IP-
adreslarni avtomatik tayinlash jarayoni – DHCP protokoli bilan tanishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: