MTM bolalarining kompyuter savodxonligini shakllantirish.
MTMlarida
multimediali kompyuterli ta’limni amalga oshirishning asosiy talablaridan biri -
bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish va ularni kompyuterda
mustaqil ishlashini ta’minlashdan iborat. TPuning uchun, tarbiyachi (pedagog)
ushbu muammoga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Kompyuterning tuzilishi va undan foydalanish ko’pgina adabiyotlarda bayon
etilgan. MTMlari tarbiyalanuvchilariga kompyuterning tuzilishini va undan
foydalanishni juda sodda shaklda bayon etish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida elementar kompyuter
savodxonlikni shakllantirish dolzarb vazifadir. Uning dolzarbligi: birinchidan,
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da maktabgacha ta’lim muassasalarini
zamonaviy
texnik
vositalar
bilan
ta’minlash,
kompyuterlashtirish,
tarbiyalanuvchilarga
kompyuter
savodxonlikni
shakllantirish
vazifasini
quyilganligi; ikkinchidan, hozirgi kunda jamiyatni shu jumladan, barcha
maktabgacha ta’lim muassasalarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlanishi;
uchinchidan, multimedia texnologiyasining asosiy vositasisiz maktabgacha ta’lim
muassasalarida ushbu vazifani amalga oshirib bo’lmasligi bilan belgilanadi.
MTM tarbiyachi (pedagog)larining kompyuter savodxonligi oliy o’quv
yurtlarida "Informatika va axborot texnologiyalari" fanini o’rganish jarayonida
shakllantiriladi. MTMdagi ish faoliyati davrida esa, masofali ta’lim tizimidagi
maxsus kurslarga yozilish, viloyat va shahar miqyosidagi kompyuterlarni
o’rgatishga qaratilgan maxsus seminarlarda, malaka oshirish kurslarida qatnashish,
nihoyat, mustaqil o’rganish yo’li bilan amalga oshiriladi. Eng muhimi va zaruri
tarbiyalanuvchi (bola)larning kompyuter savodxonligini shakllantirish va undan
foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
40
MTM
tarbiyalanuvchilarida
elementar
kompyuter
savodxonlikni
shakllantirishda
turli
usullar
(masalan,
analogiya
va
modellashtirish)dan
foydalanish mumkin. Bu usullardan foydalanilganda kompyuterning tashki
qurilmalarini o’rganish va ulardan foydalanib amaliy ishlarni bajarish oson
kechadi. O’rganish jarayoni esa, bosqichma-bosqich amalga oshirilib, dastlab
oddiy elementlardan boshlanadi, so’ngra murakkablariga o’tiladi. Analogiya -
kompyuterni televizor bilan taqqoslash asosida olib boriladi (hozirgi davrda barcha
MTMlarida va har bir oilada televizorlar mavjud).
Tashqi uxshashlik:
1.
Tarbiyalanuvchilarga kompyuterda televizor ekraniga uxshash ekran
borligi ta’kidlanadi.
2.
Televizor ham, kompyuter ham ishlatish oldidan elektr tarmog’iga
ulanadi (tarbiyachi yoki pedagog bir vaktning o’zida ko’rsatib boradi).
3.
Televizor antenna yordamida telemarkazdan yuborilayotgan tasvirlarni
(ma’lumotlarni) qabul qiladi. Kompyuter esa, uning xotirasiga kirgiziladigan
ma’lumotlar va axborotlarni qabul qiladi.
4.
Televizor maxsus pultlar orqali boshkariladi (kanallar va tovush
o’zgartiriladi). Kompyuter esa, maxsus tugmachalar va "Sichqoncha" orqali
boshqariladi. Bularni ham tarbiyachi bir vaqtning o’zida ko’rsatib boradi.
5.
Televizor da DVD qurilmasi yordamida kompakt disklardagi tasvirlarni
qayta ko’rsatish mumkin. Kompyuterda esa, kompakt disklardan tashqari, uning
xotirasiga kiritilgan tasvirlarni qayta ko’rsatish mumkin.
6.
Televizorda yozuv ishlarini bajarib bo’lmaydi, kompyuterda esa,
klaviatura yordamida yozuvlarni yozish mumkin (tarbiyalanuvchilarga klaviatura
qurilmasi ko’rsatiladi). Printer qurilmasi esa, yozuvlarni chop etib beradi (printer
qurilmasi ham ko’rsatiladi). Televizor ekranida markaz yuborayotgan turli xil
o’yinlarni (masalan, stadiondan futbol o’yinini) ko’rish mumkin. Kompyuter
monitorida esa, uning xotirasiga kiritilgan dasturdagi va Internetdan olingan turli
xil o’yinlar ko’rsatiladi (tarbiyachi biror-bir kompyuter o’yinini namoyish etadi).
41
A)
Tarbiyachi
kompyuterning
afzalliklarini
ko’rsatadigan
yana
bir
taqqoslashlar keltiradi. Jumladan:
1.
Tarbiyalanuvchining daftariga chizgan rasmi xarakatlanmaydi (statik
holat). Kompyuter xotirasidagi rasm harakatlanib turishi mumkin (animasiya).
2.
Tarbiyalanuvchi daftariga 15-20 ta rasm chizganda daftari to’lib qoladi.
Kompyuter esa, minglab rasmlarni xotirasyda saqlashi mumkin.
3.
Tarbiyachi "A" harfini doskaga yozib ko’rsatadi va ma’lum vaqgdan
keyin u o’chirib tashlanadi. Kompyuterga kiritilgan "A" harfi uning xotirasida
uzoq vaqt saqlanib turadi va istalgan vaqtda ochib ko’rsatilishi mumkin.
Tarbiyalanuvchi
geometrik
shakllar
-
uchburchak,
turtburchak,
ko’pburchaklarni chizish uchun ko’p vaqt yearflaydi, kompyuterda bu jarayon
qisqa vaqtda va oson bajariladi.
B) MTM tarbiyalanuvchilarining yoshiga mos kompyuter qurilmalari bilan
tanishish va ishlash algoritmi beriladi hamda ishlash jarayoni o’rgatiladi.
Jumladan, kompyuterda ishni boshlash uchun:
a)
dastlab u elektr tarmog’iga o’lanadi;
b) o’zini-o’zi tekshirish amali bajariladi;
v) operasion tizim yuklanib, maxsus belgi kiritiladi va viruslar ta’siri
tekshiriladi;
g) "Sichqoncha" yordamida kompyuterda belgilangan vazifalar
bajariladi;
d) belgilangan vazifalar bajarilib bo’lingach, yuklangan dasturlarning
ishlashi to’xtatiladi, ko’rsatuv oynasi va boshqaruv qismi o’chiriladi;
ye) kompyuter elektr tarmog’idan uziladi.
Yuqoridagilar MTM tarbiyalanuvchilari uchun o’rgatilishi kerak bo’lgan
minimal elementar bilimlardir (yosh bolalarga kompyuterning ichki tuzi lishi
o’rgatilmaydi).
V) Ma’lumki, MTMlarining tarbiyalanuvchilarida elementar kompyuter
savodxonlikni shakllantirish deganda, yuqoridagilardan tashqari, ularning amaliy
faoliyati va kompyuterda ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda amaliy
42
malakalarini shakllantirish ko’zda tutilgan. Tabiiyki, ta’lim-tarbiya jarayonini
amalga
-
oshirishda
tarbiyalanuvchilar
birdaniga
klaviaturadan
yoki
"Sichqoncha"dan foydalana olmaydilar. Buning uchun, ular dastlab o’z
malakalarini
oshirishlari
kerak.
Tarbiyalanuvchilarning
malaka
oshirishlari
quyidagicha amalga oshiriladi:
MTM sharoitida klaviaturaning kattalashtirilgan modeli va "Sichqoncha"ning
o’ziga uxshash modeli tayyorlanadi. Tarbiyachi dastavval tarbiyalanuvchilarni
klaviatura modelida mashq qildiradi. Jumladan, ularni harflarni va kompyuterni
boshqarishga tegishli tugmachalarni birin-ketin barmoqlari bilan bostirib chiqadi
va tushuntirib boradi. So’ngra tarbiyalanuvchilar "Sichqoncha" modeli bilan
mashq qiladilar.
Bunda "Sichqoncha" modeliga ulangan ko’rsatgichlar kompyuter ekraniga
uxshash va vertikal joylashtirilgan taxtaning tarbiyachi belgilab bergan nuqtasiga
olib boradi. Shundan keyin, tarbiyalanuvchilar tarbiyachi yoki pedagog nazorati
ostida xaqiqiy klaviaturada va "Sichqoncha" bilan ishlashga o’tadilar. Dastlab
klaviaturada biron-bir harfni, masalan, "A" harfiga mos tugmachalarni bosib uni
kompyuter ekranida hosil qilish bo’yicha mashq bajaradilar va ekrandagi harflarni
printerdan chiqaradilar.
G) Tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantiri- lishdan
asosiy maqsad ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda kompyuterdan
foydalanishga qaratilgani sababli, tarbiyachi o’zining nazorati ostida "Sichqoncha"
yordamida turli ta’lim o’yinlarini, matematik amallarni, ekologik topshiriqlarni va
shularga
uxshash
vazifalarni
bajartirishga
o’tadi.
Tarbiyalanuvchilar
"Sichqoncha"dan foydalanish bo’yicha to’la amaliy malaka va ko’nikma hosil
qilganlaridan so’ng mustaqil ish bajara boshlaydilar. Bu holda ham tarbiyachi
ularning ishini doimiy kuzatib turadi.
D) MTM tarbiyalanuvchilarida kompyuter savodxonligini shakllanti- rishning
yana bir qo’lay tomoni shundan iboratki, multimedia texnologiyasidan foydalanish
jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash ham kompyuter xotirasiga
kiritilgan test savollari, rasmlar, o’yinlar, mashqlar, taqdimotlar orqali amalga
43
oshiriladi. Bu holda tarbiyalanuvchilar berilgan savollarga to’g’ri javob topishlari
shart.
MTMlarida masofali ta’lim texnologiyasidan foydalanish jarayonida ham
kompyuterdan foydalanish qo’l keladi. Internetdan foydalanish tarbiyachining
bevosita nazorati va ko’rsatmasi asosida o’tkaziladi.
Kompyuterni televizorga taqqoslash jarayonida tarbiyalanuvchilarga DVD
qurilmasi, uning pulti va undan foydalanish kompyuter bilan ta’minlanmagan
ba’zi bir MTMlaridagi tarbiyachi-pedagoglarga multimedia texnologiyasidan
foydalanishda
qo’l keladi, ya’ni ta’lim muassasasi kompyuter bilan
ta’minlangunga qadar vaqtinchalik ta’lim- tarbiya jarayonida televizor va DVDdan
foydalanib turiladi. Buning uchun, u yoki bu yo’nalish bo’yicha ta’lim materialiga
tegishli kompakt disk tayyorlash kifoya.
Kompyuterli mashgulotlar an’anaviy mashg’ulotlarga nisbatan qiziqarli
o’tadi, hatto passiv bo’lgan tarbiyalanuvchilar ham kompyuterli mashg’ulotlarda
faol
qatnashadilar.
Masalan,
"Turnacha"
MTMidagi
faol
bo’lmagan
tarbiyalanuvchilar, kompyuterda o’rganiladigan o’yinni kuzatib, tarbiyachiga bu
to’g’rida savol bera boshladilar. Bu esa, faol bo’lmagan tarbiyalanuvchilarning
o’rganiladigan material (o’yin)ga qiziqishlari oshganini bildiradi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |