2.b Pul oqimlarini diskontlash usuli
Korxonani uning kelgusi sof
daromadlari asosida baholash negizida diskontlash yotadi. SHu usul bilan
korxonani baholashning eng murakkab va mas’uliyatli usuli, korxona
daromadlarini (yoki pul oqimlarini) yaqin 5 yilga mo‘ljallangan bashoratini
tuzishdan iboratdir.
3. Qiyosiy yondoshuv usullari
Sotuvni qiyoslash usuli, shuningdek bozor va bozor axboroti usuli,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiyoslash usuli baholashning keng qo‘llaniladigan usuli
hisoblanadi. Har xil nomlariga, turli mamlakatlarda har xil qo‘llanishiga
qaramasdan, usulning mohiyati bir xil, yaoni mulk qiymati o‘xshash ob’ektlarning
yaqindagi oldi-sotdi baholariga solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Baholash usullarining mohiyati, mazmuni va qo‘llash ketma-ketliklari
kitobning keyingi boblarida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |