6-§. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish
JK 40-moddasida
O‘zbekiston jinoiy-huquqiy amaliyotida birinchi
marotaba, buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek, mansab
vazifalarini qonuniy bajarish tufayli zarar yetkazilishi jinoiylikni istisno
etadigan holat sifatida qonuniy shaklda qayd etildi. Bugungi kunda mazkur
shartlar asosida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni (harakatsizlikni)
baholash qonunchilik darajasida hal etilgan.
Mazkur shartlarga asoslanib amalga oshiriladigan harakat yoki
harakatsizlik tegishli huquqiy shartlar mavjud bo‘lgandagina qonuniy deb
tavsiflanishi mumkin. «Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni,
shuningdek, mansab vazifalarini
qonunan
bajarishi tufayli zarar
yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi»
Do'stlaringiz bilan baham: |