qilmish sodir etgan deb o‘ylashga asos bo‘lgan holda namoyon bo‘ladi, bu
esa quyidagilar bilan tasdiqlanishi lozim:
– shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga
tushsa;
– jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir
etgan shaxs tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatsalar;
– uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan
jinoyatning yaqqol izlari topilsa;
– shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan
ma’lumotlar mavjud bo‘lib, u qochmoqchi bo‘lsa yoki doimiy yashaydigan
joyi yo‘q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa.
Ushlanishi mumkin bo‘lgan shaxs faqat jinoyat sodir etgan hamda
ushlashdan immuniteti bo‘lmagan shaxslargina bo‘lishi mumkinligini
ta’kidlash lozim. Xususan, deputatlar, sudyalar va prokurorlar,
shuningdek, diplomatik yoki boshqa daxlsizlikka ega bo‘lgan shaxslar
ushlanishi mumkin emas, ular jinoyatni sodir etish paytida yoki uni sodir
etganidan keyin darhol ushlangan holatlar bundan istisno (JPK 4-moddasi
2-qismi, 221-moddasi). Lekin bunday ushlash faqat ularning shaxsini
aniqlash: ularni taqdim etuvchilar u yoki bu turdagi daxlsizlikka ega
ekanligini ko‘rsatuvchi diplomatik yoki konsullik kartochkasini, xizmat
guvohnomasi yoki boshqa hujjatlarni taqdim etishgacha davom etadi.
Shaxsni ushlash subyekti etib tan olishga faqat uning jinoiy qilmishni
sodir etishi holati ta’sir etadi, bunda uning yoshi, aqli rasoligi, ijtimoiy
maqomi va qilmishga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlari e’tiborga
olinmaydi.
JPK 83-moddasi va 84-moddasining 1-qismiga muvofiq, ijtimoiy
xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqi jinoiy ish bo‘yicha ish
yurituvga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi holatlar bo‘lganda yo‘qoladi:
– jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va uning yuzasidan tergov yoki sud
muhokamasi o‘tkazilib jinoyat voqeasi mavjud emasligi aniqlangan;
– jinoyat tarkibi mavjud emas;
– shaxsning jinoyatni sodir etishga daxli yo‘q;
416
– sodir etilgan jinoyat yoki shaxs amnistiya akti ta’sir doirasiga
tushadi;
– shaxsga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori (ajrimi)
yoki vakolatli mansabdor shaxsning ishni qo‘zg‘atishni rad etish yoki
ushbu ayblov yuzasidan uni tugatish to‘g‘risidagi bekor qilinmagan qarori
mavjud;
– JPK 325-moddasida ko‘zda tutilmagan holatlardan tashqari, ish
faqat jabrlanuvchining shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lsa,
jabrlanuvchining shikoyati bo‘lmagan holda;
– shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtiga kelib jinoiy
javobgarlikka tortiladigan yoshga yetmaganligi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni qisqa muddatli
ozodlikdan mahrum etish harakatlari faqat ular qonunda
Do'stlaringiz bilan baham: