maslahat va ko‘rsatmalar
ushbu istakni mustahkamlashga yo‘naltirilgan
taqdirda, yuqorida ta’kidlanganidek, dalolatchilik emas, yordamchilik
vositasi sifatida tan olinadi.
Ruhiy (aqliy) yordamchilikka jinoyat sodir etgan shaxsni yoki jinoyat
hodisasi bilan faktik yaxlitlikni tashkil etuvchi boshqa element va
belgilarni yashirishga va’da berish hollari kiradi. Ularga, xususan, jinoyat
qurol va vositalari, jinoyat izlari va narsalari kiradi.
Jinoyat izlari
– jinoyat hodisasi haqida guvohlik beruvchi mavjud
voqelikda aks etgan faktik, ko‘pincha, salbiy xarakterdagi ma’lumotlardir.
Ularga, jumladan, poyafzal izlari, olishuv izlari, barmoq va qo‘l izlari va
shu kabilar, biologik chiqindi va qoldiqlar (qon, suyuqlik, soch va hokazo),
murda kabilar kiradi.
Bajaruvchiga yuqorida sanab o‘tilgan jinoyat elementlarini jinoyatchi
bilan bir qatorda
Do'stlaringiz bilan baham: |