VIII BOB. JINOYAT SUBYEKTI
1-§. Jinoyat subyekti tushunchasi
Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining ajralmas elementi hisoblanadi.
Jinoyat subyekti va uning belgilari JK Umumiy qismining IV bobida
belgilab berilgan bo‘lib, bu bob «Javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan
shaxslar» deb nomlanadi. Bu belgilarni umumiy jinoyat subyektiga tegishli
deb nomlash belgilab qo‘yilgan.
Jinoyat kodeksi Umumiy qismining ko‘pgina moddalarida jinoyat
tarkibining umumiy tushunchasi doirasida boshqa qo‘shimcha belgilari
ham namoyon bo‘ladi, jumladan, boshqarish tartibiga qarshi jinoyatlar va
boshqa obyektning muayyan ko‘rinishiga nisbatan tajovuzlar –
mansabdorlik jinoyatlari ko‘rib chiqilishida – jinoyatlarning mazkur
fakultativ belgilari zaruriy xususiyatga ega bo‘lib, ular jinoyatning maxsus
subyekti belgilariga xos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: