To‘rtinchi turdagi
vositaga nisbatan xato ishlatiladigan vosita har
qanday holatda ham yaroqsiz bo‘lib, buni subyekt o‘ziga dalda berishda,
o‘zining ustunligini qo‘pollikda va o‘z-o‘ziga ishonishda ishlatishda
ifodalanadi (fitnada, buzishda). Bunda jinoiy javobgarlik istisno etiladi.
Sud-tergov amaliyotida hozirga qadar haqiqatan ham shaxs o‘zi sodir
etgan qilmishining huquqqa xilofligini tushunganmi, uni jinoiy
javobgarlikka tortmaslik asosli bo‘ladimi, degan masala bahsli bo‘lib
qolmoqda. Agar mazkur turdagi xatolarning mavjud bo‘lganligi aniqlansa,
sud ishni o‘rganib chiqish uchun qo‘shimcha tergovga qaytarishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |