NOTA BENE !
Zaruriy belgilar
jinoyat tarkibi mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan
belgilar bo‘lib, ularning yig‘indisi qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun
minimal va yetarli bo‘lgan ijtimoiy xavfliligini tashkil qiladi.
Ushbu belgilarning hatto bittasi mavjud bo‘lmasa ham jinoiy
javobgarlikka tortish uchun asos ham bo‘lmaydi. Bularga quyidagilar
kiradi: jinoyat obyekti; formal jinoyat tarkibining obyektiv tomonida –
qilmish (harakat yoki harakatsizlik); moddiy jinoyat tarkibining obyektiv
tomonida esa, qilmish, oqibat va ular o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish;
tarkibning subyekt tomonida – qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ayb;
subyektda – «umumiy» subyektning alomatlari, ya’ni qonunda nazarda
tutilgan yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |